Mavzu. Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari
Download 82.78 Kb.
|
Mavzu. Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi.
- 8. Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish funksiyasi. Tayanch iboralar: kredit, iqtisodiy munosabat, tamoyillari, xarakterli tomonlari
MAVZU. KREDITNING ZARURLIGI, MOHIYATI VA FUNKSIYALARI Reja: 1. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida. Kreditning zarurligini belgilovchi omillar. 2. Kreditning mohiyati. Kreditning funksiyalari. “Kredit” tushunchasining mazmuni. 3. Kreditning prinsiplari.Kreditning zarurligini belgilovchi omillar. 4. Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi. 5. Aholining kreditga bo‘lgan talabining paydo bo‘lishi. Davlatning kredit resurslariga bo‘lgan talabining paydo bo‘lishi. Kreditning shakllari. 6. Kredit qonunlarining zarurligi va obyektivligi. 7. Kreditning xarakterli va xususiyatli belgilari. 8. Kreditning qayta taqsimlash va muomala vositalarini yaratish funksiyasi. Tayanch iboralar: kredit, iqtisodiy munosabat, tamoyillari, xarakterli tomonlari, xususiyatlari, qiymat xarakati, 1. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida. Kreditning zarurligini belgilovchi omillar. ,,Kredit” –so‘zi lotincha ,,kredit” so‘zidan olingan bo‘lib ishonch degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo‘lib pul va tovar hisoblanadi. Bank kreditining obekti bo‘lib pul mablag‘lari hisoblanadi. Tijorat kreditining obekti Hozirgi kunda kreditning sudxo‘rlik shakli mavjud emas, bu shakl kredit munosabatlarining dastlabki shakllanish bosqichlarida mavjud edi. Kredit insoniyatning buyuk kashfiyoti hisoblanadi: Kredit xo‘jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Kredit mamlakatning eksportning salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi. Kredit iqtisodiyotdagi to‘lovning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Kredit davlatning o‘z funksiyalarini bajarilishini taminlashda muhim o‘rin tutadi. Kredit aholining turmush farovonligini ta’minlsh imkonini berdi. Kredit o‘zining aniq prinsiplariga ega: Qaytarib berishlilik prinsipi; Muddatlilik prinsipi; Foiz to‘lashlilik prinsipi; Ta’minlanganlik prinsipi.Kreditlar odatda birinchi toifali garov obyektlari bilan ta’minlanadi (er, oltin va boshqa metallar). Maqsadlilik prinsipi. Kreditnin zarurligini belgilovchi omillar. 1) Kreditning zarurligini belgilovchi eng asosiy omil bu kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishidir. (CП ishlab chiqarish vositalari –П ishlab chiqarish jarayoni -T`- P`- Д) bu jarayonnig takrorlanishi capital aulanmasi deyiladi 2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga ega ekanligi. 3) davlat budjetining defitsitinig mavjudligi. 4) aholining turmush farovonligini ta’minlashning zarurligi. Kreditning obyekti ikkitaga bo‘linadi: -pul mablag‘lari; -tovarlar. Bank kreditlarni pul mablag‘lari shaklida beriladi. Obyekti tovar bo‘lgan kredit tijorat krediti deyiladi. Bunda sotilgan tavarlarning puli kechiktirib to‘lanadi ya’ni ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Tijorat krediti odatda tijorat vekseli bilan rasmiylashtiriladi. Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy sababi pulning yuqori likvidli akti ekanligidir. Kreditning subyektlari bo‘lib quydagilar hisoblanadi: Kredit-qiymatning harakati bo‘lib pul va tavar ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to‘lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘proq e’tibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabati bo‘lishi uchun: birinchidan, kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil subyekt bo‘lishi kerak. Mustaqil subyekt sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o‘zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak. ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, obyektiv jarayonlar, o‘zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq 1 Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qiziqish tug‘ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi. Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan obyektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning obyektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir. Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir: l.Asosiy fondlarni tiklash, kapital ta'mirlash uchun ajratiladigan amortazatsiya sifatidagi pul mablag'lari; 2.Tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo'sh pul mablag'lari; 3.Tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to'lash vaqtlari orasida vaqtincha bo'sh turib qolgan pul mablag'lari; 4.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig'iladigan va kapitallashtirish uchun mo'ljallangan qo'shimcha mablag'lar; 5.SHaxsiy sektor daromadlari, jamg'armalari va boshqa bo'sh pul mablag'lari. Har qanday iqtisodiy kategoriya o'zining funktsiyalariga ega bo'lgani kabi kredit ham o'zining bir qator funktsiyalariga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda kreditning o'rni va roli u bajarayotgan funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funktsiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo'lishidir. Kreditor va qarz oluvchi o'rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o'rtasida aylanadi. Bu yerdan kreditning birinchi funktsiyasi kelib chiqadi. Kreditning funktsiyalari quyidagilardan iborat: l.Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funktsiyasi. 2.Qayta taqsimlash funktsiyasi. 3.Muomala xarajatlarini tejash funktsiyasi. 4.Kapital to'planishining jadallashuvi va kontsentratsiyalashuvi funktsiyasi. 5.Muomalaga to'lov vositalarini chiqarish funktsiyasi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular: kreditning qaytib berilishliligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta'minlanganliligi, kreditning maqsadliligi, kreditning to'lovliligi, kreditning samaradorligi Download 82.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling