geksametilsiklotrisilazan
Uchta galogen atomli kremniyorganik birikmalar suv ta’sirida silantriollarni hosil qiladi. Mahsulotlar tarkibidan suv chiqarib yuborilsa, polimerlarga aylanadi:
Silantriollar va ularning oligomerlari ishqorlar ta’sirida tuzlarni(silikat kislota analoglari) hosil qilib eriydi:
Bunday eritmalar (R = CH3, C6H5) turli mahsulotlarni gidrofoblashda qo’llaniladi.
Alkil (aril) galogenosilanlar kuchli qaytaruvchilar ta’siri ostida alkil(aril) silanlarga aylanadi, galogen atomi vodorod bilan almashinadi
2. Si-H bog’li kremniy organik birikmalarning reaksiyalari. Si-H bog’i o’ziga xos yuqori qutblanishga egaligi tufayli silanlarga alohida tur reaksiyalar xos. Masalan, gidrosilirlash yuqorida ko’rib o’tildi. Alohida sharoitlarda R3SiH va R2SiH2 kabi birikmalar gidrid-ion donorlari hisoblanadi, ya’ni gidrirlash ta’sirini namoyon qiladi. Kuchli kislotalar ta’sirida silanlar tarmoqlangan alkenlar, karbonil birikmalar va boshqalarni gidrogenlaydi:
Kislota ta’sirida silandan gidrid-ionnni tortib oluvchi karbokation hosil bo’ladi. Shuning uchun bu metod ionli gidrirlash deyiladi.
R3SiH tarkibli birikmalarda R3CH kabi birikmalarga xos bo’lmagan reaksiyalar ma’lum. Masalan, platina katalizatori ishtirokida alkoksidlar bilan ta’sirlashib, alkoksisilanlarga aylanadi va vodorod ajralib chiqadi:
Kremniyorganik birikmalar Si—С bog’li birikmalar bo’lib, ularga ba’zan Si atomi tutgan barcha organik birikmalar, masalan silikat kislota efirlari ham misol bo’ladi.
Aniqlash. Kremniyorganik birikmalarni identifikatsiyalash uchun ular tarkibidagi Si ni emission- yoki atom absorbsion spektroskopiya usullari hamda SiO2 gacha minerallash usullari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |