Mavzu: Kremniyorganik birikmalar


Quyida kremniyorganik birikmalarning asosiy vakillari ko’rsatilgan


Download 6.66 Mb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1732435
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kremniyorganik birikmalar

Quyida kremniyorganik birikmalarning asosiy vakillari ko’rsatilgan:
bu yerda X -galogen,
-metiltrixlorsilan
-dietildixlorsilan
-dietilsilan
-trimetilbromsilan
-trietilsilan
-trifenilsilanol
Olinish usullari: Kremniyorganik birikmalarni olish uchun metallorganik sintez, kremniyning bevosita galogenuglevodorodlar bilan o’zaro ta’siri va ayrim maxsus usullar, ya’ni gidrosilirlash reaksiyalaridan foydalaniladi.
1. Metallorganik sintez. Kremniyning galogenli hosilalari yoki ortosilikat kislotaning murakkab efirlari o’zaro metallorganik birikmalar bilan ta’sirlashuvidan kremniyorganik birikmalar sintez qilinadi:
2. Kremniyning uglevodorodlarning galogenli hosilalari bilan o’zaro ta’siri.
Oddiy alkilxlorsilan va arilsilanlarni sanoatda olish uchun kremniyga uglevodorodlarning galogenli hosilalari ta’sir ettiriladi, bu reaksiya katalizatorlar ishtirokida yuqori haroratda olib boriladi. Odatda kremniy bilan mis qotishmasining mayda kukunidan foydalaniladi:
Bu reaksiyada har doim mahsulotlar aralashmasi hosil bo’ladi. Ular fraksion haydash yo’li bilan ajratiladi.
3. Gidrosilirlash. Galogenosilanlar va alkilsilanlar alken va alkinlarga birikadi.
Birikish katalizatorlar ishtirokida amalga oshadi.
Fizikaviy xossalari va tuzilishi
Silan tarkibidagi vodorod atomining boshqa organik va anorganik guruhlarga almashinishi bilan kremniyorganik birikmalarning qaynash haroratlari ortib boradi va boshqa xossalari ham keng diapazonda o’zgaradi (jadval).
Disilan hosilalari mos keluvchi disiloksan hosilalariga nisbatan molekulyar massalari ortib borishiga qaramay suyuqlanish va qaynash haroratlari pasayadi, chunki keyingi kremniyorganik birikmalarda molekulalararo o’zaro ta’sir kuchsizdir.
Ko’pchilik kremniyorganik birikmalar organik erituvchilar gellarda eriydi. Ayrim gidrofil guruh tutgan [НО(СН3)2Si]2О, (C2H5O)3Si(CH2)3NH2 kabi kremniyorganik birikmalar suvda eriydi. Organosilanlar, organosiloksanlar yuqori solishtirma hajmiy qarshilikka 1,1014-1,1016 Оm.sm, 20-200kV/mm zichlikka ega va tgα 0,01-0,001 burchakli dielektriklardir.
Kremniyorganik birikmalarning IQ-spektrdagi kremniy tutgan fragmentlarga xos yutilish chiziqlari ularga mos keluvchi uglerodli analoglarning yutilish chiziqlariga nisbatan 5 marta intensivdir. IQ-spektrlari quyidagi yutilish chiziqlari bilan tavsiflanadi: 2250-2150 (SiH), 1250 (Si—CH3), 1630, 1125 (Si-C6H5), 3700-3650, 3400-3200 (erkin Si-OH), 1100-1000 (Si—О—Si), 800-670 (Si—Cl) (sm-1 da).
Uglerod birikmalaridan farqli ravishda kremniyorganik birikmalarning YaMR spektrlari uchun markaziy kremniy atomi bilan birikkan bir jinsli o’rinbosarlar sonining kimyoviy siljishi bilan teskari bog’lanish xosdir.
Ko’pchilik kremniyorganik birikmalar rangsiz suyuqlik, ayrimlari kristall moddalar. Ular odatda hidsiz, Si-Cl bog’li birikmalari bundan mustasno. Oxirgi vakillari havoda parlanadi, o’tkir hidga ega. Oddiy kremniyorganik birikmalar suvda erimaydi, hatto suvda ho’llanmaydi, chunki ular gidrofob. Fazoda kremniyorganik birikmalar tetraedr ko’rinishga ega (sp3-gibridlangan), molekulalari xiral joylashgan.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling