Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
Birinchi kichik guruh bolalarining faol b
Download 376.42 Kb.
|
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi kichik guruh bolalarining faol b e dorligini tashkil etish.
Birinchi kichik guruh bolalarining faol bedorligini tashkil etish. Bolalarning hayotining birinchi yilida ularda xilma-xil xulq shakllari tarkib topadi. Tarbiyachi yoki enaga bedorlik soatlarida kichik guruhdagi har bir bolani o’yinchoqlarini tomosha qilishga, narsalar bilan harakat qilishga, qichqirishga, harakatlanishga, tovushlarga quloq tutishga, kattalar bilan muloqatga undaydi. Bu davrda eng muhimi-tadqiqot-mo`ljal olish faoliyatini tashkil etishdan iboratdir.
Nutq, qo`llar harakatlari, umumiy harakatlarni rivojlantiruvchi o`yin-mashg`ulotlari har bir bola bilan yakka tarzda o`tkaziladi. Ular 3 daqiqadan 6 daqiqagacha davom etadi. Odatda bolalar bilan o`tkaziladigan o`yin-mashg`ulotlari manejda olib boriladi. U yerda bolalar bedorlik tugaguncha bo`ladilar, 3-4 oylik bolaga chalqancha yotishdan qorin bilan yotishga o`tish uchun talab etiladi, 5-6 oylik bola esa o`zi erkin ag`darila oladi, qo`llariga tayanib tura oladi, tirsakdan bukilgan qo`llari bilan siljiy oladi. Siljishning rag`batlantirish maqsadida bolaning oyog`iga kaftni qo`yish, shuningdek, o`yinchoqqa jalb qilish mumkin. Ikkinchi kichik guruh bolalarining faol bedorligini tashkil etish. Ikkinchi kichik guruh bolalari (5-6 dan 9-10 oygacha) ertalab 7 dan 8 gacha, so`ng 10 dan 12 gacha, 14 dan 16gacha va 18 dan to ota-onalari ishdan qaytgunlarigacha bedor bo`ladilar. Bedorlikni tashkil etish chog`ida bolalarda ijobiy xulq, harakat va nutqiy faollik, narsalar bilan xilma-xil harakatlarni bajarish uchun sharoitlar yaratiladi. Bedorlik jarayonida hodimning har bir bola bilan muloqoti tarbiyaviy va ta'limiy jihatga ega bo`ladi. Bedorlik chog`ida harakatlarni o`stirish katta o`rin egallaydi. Bolalar 7-8 oylikdan boshlab emaklaydi. Tarbiyachi emaklashni takomillashtirish maqsadida bolalarni erkalagan holda ularga o`yinchoqlarni ko`rsatadi, ularni o`yinchoqni emaklab kelib olishga undaydi. Bola shikastlanmasligi va yiqilmasligi uchun uning mustaqil harakatini kuzatib turish lozim, aks holda bola cho’chib qolishi va kerakli harakatni bajarmay qo`yishi mumkin. Bedorlikning ikkinchi davrida tarbiyachi o`yin-mashg`ulotlari o`tkazib borib, har bir bolaning faolligini uyushtiradi. Agar tarbiyachi bu vaqtda boshqa bolalar ham uni diqqat bilan kuzatib turishganini bilib qolsa, ularni ham mashg`ulotga jalb qiladi. Shunday qilib, birmuncha kichik guruh bilan o`yin-mashg`uloti o`tkazish mumkin bo`lib qoladi. Bolalarning mustaqil faolligidan uyushtiriladigan o’yin mashg`ulotiga o`tishi tabiiy va ixtiyoriy kechadi. O`yin mashg`ulotlarini bolalarni buyumlar bilan qilinadigan yangi harakatlarga, buyum va harakatlarning nomini anglatuvchi yangi so`zlarga o`rgatish uchun o`tkaziladi. Bedorlik soatlarida bolalarni ovutish maqsadida quvlashmachoq, bekinmachoq va hokazo tipidagi quvnoq o`yinlarni tashkil etish ma'qul. Download 376.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling