Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Guruhning moddiy muhitini tashkil etish


Download 376.42 Kb.
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi376.42 Kb.
#1513413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Guruhning moddiy muhitini tashkil etish. Ilk yoshdagi birinchi guruh bolalarining moddiy sharoiti har bir bolani va barcha bolalarni birgalikda o`z vaqtida va to`laqonli rivojlantirish hamda tarbiyalashni taminlashga vazifadordir. Guruhlar xonalari o`z o`rniga qarab aniq ishlatiladi: ayvon-bolalarning ochiq havoda uxlashishi uchun, umumiy xona-ovqatlantirish, bedorlik paytida bolalar bilan o`yin-mashg`ulotlar o`tkazish va hokazolar uchun mo`ljallangandir.
Umumiy xonada to’siqli manej uchun joy ajratiladi. Bunda bog`cha xodimi har bir bola bilan erkin muomala qilishi muximdir. Manejda aktiv mo’ljal olish-tadqiqot va predmetli faoliyat uchun kerak bo`ladigan qurollar va o`yinchoqlar mustahkam o`rnatiladi va erkin joylashtiriladi. Bolalarni ovqatlantirishga mo`ljallangan stollar shunday joylashtiriladiki, tarbiyachi biror bir bolani ovqatlantirayotganda boshqalari bilan muomala qila oladi.
Kun tartibini tashkil etish. Rejim ilk yoshdagi birinchi guruhga mansub bolalar hayotini to`g`ri tashkil etishning asosiy vositasidir. Uning o`ziga xos tomoni shundaki, rejim yil davomida uch marta o`zgaradi. Oy o`tgan sari ovqatlantirish miqdori, uyqu va bedorlikning almashinuvi kamayadi, bedorlikda bo`lish davomiyligi uzayadi.
Uch yosh guruhidagi bolalarning kun tartibi quyidagicha tashkil etiladi: bolalarni tarbiyachi qabul qiladi, bolalar sog`ligini aniqlaydi, bolalarning qanday uxlaganini so`rab surishtiradi, erkalab, qo`liga o`yinchoqlar berib, uning ota-onasi bilan xotirjam xayrlashib qolishga harakat qiladi.
Har bir bolani ovqatlantirish uyqudan turgach va hojatdan so`ng unga mo`ljallangan ovqat turi bilan o`tkaziladi. Juda ovqat yegisi kelgan bolalarni birinchi bo`lib ovqatlantiriladi, qolganlarini esa 10-15 daqiqa manejda qoldiriladi va keyinroq ovqatlantiriladi. Bolaga 4-5 oylikdan boshlab ovqat va yarim quyuq holda qoshiqni yarim-yarim beriladi. Bola bu paytda ovqatlantiruvchi tizzasida yarim o`tirgan holda bo`ladi. Uni yangi turdagi ovqatga asta-sekin o`rgatib boriladi: choy qoshiqda sila-sila qilib ovqat, so`ng ko`krak suti beriladi. Ovqatlantirish payitida xotirjam sharoit bo`lishi lozim, aks holda bola tez chalg`iydi va ovqat yemay qo`yadi.
Bolaning kiyimi almashtirilayotganda, yuvintirilayotganda u haroratning o`zgarishiga juda sezgir ekanligiga, kattalarning keskin harakatlari ham salbiy ta'sir ko`rsatishiga etibor berish zarur. Bolani yo`rgaklayotganda, yuvintirayotganda, xo`l kiyimini almashtirayotganda uning nomini aytib, gapga solish, avaylab muomala qilish joiz.

Download 376.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling