Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Uchinchi kichik guruh bolalarining faol bedorligini tashkil etish


Download 376.42 Kb.
bet10/15
Sana16.06.2023
Hajmi376.42 Kb.
#1513413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Uchinchi kichik guruh bolalarining faol bedorligini tashkil etish. 9-10 oydan 1 yoshgacha bulgan bolalar ko`proq bedor bo`ladilar. Shu vaqtda massaj va gimnastika o`tkaziladi. Qabuldan so`ng ular 2 soat (soat 7 dan 9 gacha) bedor bo’ladilar. Kunduzi ular soat 11,5 dan 14 gacha, ya'ni 2,5 soat (bedorlikning bu davrida o`yin-mashg`ulotlari o`tkaziladi) va tushdan so`ng 16 dan 18 gacha bedor bo’ladilar. Bedorlik vaqtida go`dakni har tomonlama rivojlantirishga, ayniqsa, unda asosiy harakatlarni, buyumlar bilan bajariladigan harakatlarni, nutqni o`stirishga qaratilgan yaxlit tarbiyaviy ishni o`tkazish lozim. Buning uchun to`siq ortidagi guruh xonasida divancha, quti, hoda, yoy, va boshqa narsalar qo`yish kerak. Bu yoshdagi bolalar emaklay oladilar, suyanchiqqa tayangan holda erkin tura oladilar va oshib o`ta oladilar, mustaqil tarizda yura boshlaydilar.
Ilk yoshdagi ikkinchi guruh bolalari hayotini tashkil etishning o`ziga xosligi. Birinchi guruhda ikki yosh guruhidagi: 1 yoshdan 1,5 yoshgacha va 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo`lgan kichik guruh bolalari tarbiyalanadi.
Ilk yoshdagi bolalarning ikkinchi guruhdagi hayotini to`g`ri tashkil etish kun tartibiga ikki kichik yosh guruhdagi bolalar hayot rejimiga muvofiq tarzda aniq amal qilishni talab qiladi. Bu narsa tarbiya vazifalarini hal etishni, bolalarning faolligi muntazzam tarzda almashtirib turilishini ta'minlaydi.
Bu yoshdagi bolalarning ko’pchiligi yasli bog`chaga endigina qatnayotgan bo`ladilar. Ular hali ilojsiz, kattalarga to`la qaram bo`ladilar, atrofdagi narsalarga katta qiziqish bilan qaraydilar. Hayot faoliyatining qaror topgan ritmi, bedorlikning uzayishi, mustaqil yura olish, maxsus tanlangan buyumlar bilan harakat qilish, murojaat qilib aytilgan so`zlarni tushunib olish va o`z hulqini kattalar ko`rsatmasi asosida boshqara olish malakasi guruhda bolalarning mazmunli hayotini tashkil etish va ularning har tomonlama tarbiyasini, shaningdek, keyingi birgalikdagi hayotini rivojlantirishning muhim asosidir.



Download 376.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling