Mavzu: kun tartibini tashkil etish metodikasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
Guruhning moddiy muhitini tashkil etish
Download 376.42 Kb.
|
KUN TARTIBINI TASHKIL ETISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibini tashkil etish.
Guruhning moddiy muhitini tashkil etish. Ikkinchi yil davomida bolalarda yurish malakalari takomillashadi, ular maxsus va qurolli harakatlarni bajara boshlaydilar ko`proq muloqotga kirishadilar, buyumli tasviriy o`yinlarni boshlaydilar. Shunga muvofiq asosiy binolarni guruh xonasi, yotoqxona, ayvon, qabulxona, hojatxonani jihozlash va bezashga talablar qo`yish ikkinchi yildagi rivojlanishning asosiy yo`nalishlari hisoblanadi. Mebel guruh xonasida shunday qo`yilishi kerakki, xona o`rtasida yurish uchun ko`proq bo`sh joy bo`lsin. Bolalar yurish payitida tez charchab qoladilar, shuning uchun ayrim joylarga divancha, stullar qo`yib qo`yiladi. Devordagi tokchalarda katta-katta obrazli o`yinchoqlar: qo`g`irchoqlar, ayiqchalar, kuchukchalar joylashadi. Bolalar ularni oladilar va yurish chog`ida ko`tarib yuradilar. Bu yurish chog`ida qo`l va oyoqning vazifalarini takomillashtirishga va harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Harakat faolligi o`stirish uchun derazaga yaqin joyda sirqaladigan qiya tepachalar o`rnatiladi. U ayni payitda tashqarida nima bo`layotganini kuzatish imkonini ham beradi. Bolalarda funktsional va qurolli harakatlarni shakillantirish uchun burchak ajratiladi, unda katta mashinalar, telejkalar, katalkalar qo`yiladi, shuningdek, mayda va yirik qurilish materiallari qo`yiladigan burchak ham ajratiladi. Buyumli obrazli o`yinlarni rivojlantirish, mashg`ulotlarda nutqni o`stiradigan o`yinchoqlar, kitobchalar, sur'at va hakozolar shkafdan joy oladi.
Kun tartibini tashkil etish. Ikkinchi guruhdagi ilk yoshdagi bolalar hayoti tartibining o`ziga xosligi shundaki, unda kichik va katta yosh guruhchalari rejimi birgalikda olib boriladi. Bolalar asab sistemasining zaifligi tufayli tez qo`zg`aluvchan va chalg`iydigan bo`ladilar, shuning uchun ularni parvarishlashda jadal harakat qilish lozim. Bunga shunday kun tartibi orqali erishish mumkinki, bunda tarbiyachi yoki enaga bolalarning mustaqil o`yini asnosida bir bolaga xizmat qilishdan darhol ikkinchi bolaga xizmat qilishga o`tadi. Guruhning kun tartibi quyidagi tarzda tuziladi. Bolalarni qabul qilishni tarbiyachi ertalab soat 7 dan 9.30 gacha o`tkazadi. Tarbiyachi qabul payitida bolalarni ko`zdan kechiradi, o`ynayotganlarni kuzatadi. Soat 7.45 da enaga ovqat keltiradi va kelgan bolalarni nonushta qildiradi. O`ynayotgan bolalarni nazorat qiladi. Soat 8 dan 9.40 gacha tarbiyachi bolalarni ovqatlantiradi, soat 9.50 dan 10 gacha esa kichik guruh bolalari bilan mashg`ulot o`tkazadi. Enaga bu vaqtda xonani yig`ishtiradi va idish-tovoqlarni yuvadi. Tarbiyachi soat 10 dan 10.15 gacha katta guruh bilan mashg`ulot o`tkazadi, soat 10.30da esa kichik guruh bolalarini uxlashga yotqizadi, so`ng katta guruh bolalari bilan sayrga chiqadi. Bu vaqtda enaga xonani yig`ishtiradi va uxlayotganlarga qarab turadi. Kech-tushlikdan so`ng, soat 16 dan 17 gacha tarbiyachi o`yinlar tashkil etadi, bahor, kuz paytlarida esa katta yoshli bolalar guruhini sayrga olib chiqadi. Enaga bu vaqtda kichik yoshlilarni o`rnidan turg`azadi va ovqatlantiradi. Tarbiyachi soat 17.50 da sayrdan qaytadi, bolalar o`yinini tashkil qiladi, bolalarni olib ketgani kelgan ota-onalar bilan suhbatlashadi. Rejim jarayonlarini tashkil etishda quyidagi qoidalarga asoslaniladi: sog`lomlashtirish va tarbiyaviy ishlarning birligini ta'minlash: bolada unga og`zaki murojaat qilish yo`li bilan keyingi harakatlarga yo`l-yo`riqlar ko`rsatish; barcha rejim jarayonlarini kattalarning bolalar bilan yakka tarzda, qolaversa, birmuncha ko`proq muloqoti bilan olib borish. Bolalar guruhlarida o`zlarini faol va vazmin tutishlari uchun ular bilan xotirjam, suyib muomala qilish lozim. Download 376.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling