Mavzu: Kundalik faoliyat sharoitida ionlashtiruvchi nurlardan muxofazalanish


Download 21.61 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1258914
  1   2
Bog'liq
Radiatsiya 1


Mavzu:Kundalik faoliyat sharoitida ionlashtiruvchi nurlardan muxofazalanish
Nurlanishlarning ichida eng xavflisi radioaktiv nurlanish hisoblanadi. Uning ta’siri markaziy asab sistemasida, qonda, qon hosil qilish organlarida, qon tomirlarda va boshqa joylarda kompleks og‘ir o‘zgarishlarga olib keladigan nurlanish kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bu kasallikning xarakterli belgilari organizmdagi ezilgan holat, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, umumiy kuchsizlik va boshqalar hisoblanadi. Radioaktiv nurlardan nurlanish ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki nurlanish organizmni ichkarisiga radioaktiv bug‘lar, gazlar va aerozolli havodan nafas olgan hamda suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan radioaktiv moddalar kirganda yuz beradi.Tashqi radioaktiv nurlanishdan himoyalanish uning manbaini ekranlashtirish bilan hal etiladi. Ichki radioaktiv nurlanishdan maxsus profilaktik tadbirlar yordamida va maxsus sanitar gigienik rejimni saqlash bilan himoyalaniladi.SHaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza aslahalariga qo‘shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmning teri qismlarini, shuningdek, nafas olish a’zolarini tashqi nurlanishdan muhofaza qiladi. SHaxsiy muhofaza aslahalarini umuman ionlovchi nurlanishlarda ishlatganda shartli ravishda hamma vaqt qo‘llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga ajratiladi.Hamma vaqt qo‘llaniladigan shaxsiy muhofaza aslahalariga xalatlar, kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlati va ba’zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi, qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga izolyasiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo‘ladi. SHaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilarga: izolyasiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo‘shimcha muhofaza vositalariga bo‘lish mumkin. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og‘irlik tushmasligini ta’minlashdir. Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolyasiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Mavjud zamonaviy izolyasiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi. Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan foydalaniladi. Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi. Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilar xalatlardan, qalpoqlardan, rezina qo‘lqoplardan, aktivligi 10 mKi dan ortiq bo‘lgan ba’zi bir izotoplar bilan ishlaganda - kombinezonlar, maxsus ichki kiyimlar, xlorvinil fartuklari va englari, plyonka xalatlar, botinkalar-dan foydalanadilar. Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo‘shimcha rezina qo‘lqoplar, fartuklar, englar, kalishlar va rezina etiklar beriladi. Qo‘shimcha muhofaza vositalari. Qo‘lni muhofaza qilish uchun neyron lentasidan tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun (600 mm) va qisqa (290 mm) qo‘lqoplar beriladi. Matodan va charmdan tayyorlangan qo‘lqoplardan foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni shimishi va chang yutishi mumkin. Katta tig‘izlikka ega bo‘lgan nurlanishlarda qo‘rg‘oshinlashtirilgan rezinadan qilingan va egiluvchan englarga ega bo‘lgan qo‘lqoplardan foydalaniladi. Ko‘zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha ko‘zoynaklar kifoya qiladi. Ba’zi bir kuchliroq - nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi. Nurlariga qarshi ko‘zoynaklarda qo‘rg‘oshinli oyna yoki volfram fosfati qo‘shilgan oyna qo‘yiladi. Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zoynaklar rezina maskalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. α va β nurlari bilan ishlayotganlar yuz va ko‘zlarini organik shishadan yasalgan shit bilan berkitishlari kerak. Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi insonlar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlantiruvchi nurlanish, radioaktiv ifloslanishlarning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdan iborat. Radiatsiyaviy xavfsizlik - bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati. Sanitariya-muhofaza zonasi-ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud bo‘lib, u erda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy chegarasidan oshishi mumkin. Radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar. Radiatsion materiallar xalq xo‘jaligining bir necha sohalarida turli maqsadlarda qo‘llanilib kelinmoqda. Bularni saqlash, tug‘ri ishlata bilish va tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og‘ir oqibatlarga - atrof-muhitning radiaktiv zararlanishiga, odamlarning, mavjudodlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.
Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling