Mavzu: Kundalik faoliyat sharoitida ionlashtiruvchi nurlardan muxofazalanish


Download 21.61 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1258914
1   2
Bog'liq
Radiatsiya 1

Radiatsion xavfli inshoot – bu muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi xavfli ob’ektlarda fuqaro muxofazasini shayligini ta’minlash maqsadida Qonunning 2-moddasida bayon etilganidek, radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim bo‘ladi. Radiatsion halokat - sodir bo‘lgan voqea bo‘lib, uning natijasida radioaktiv mahsulotlar parchalanishi va nurlanish hosil bo‘ladi. Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim.
Bu halokatlarning 3 turi ma’lum: -bir joyda - bunda radiatsion xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmagan; -mahalliy - bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori bo‘lib, sanitar-himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z miqdoriga ko‘ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun belgilangan me’yoriy miqdordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi; -umumiy - radiatsion xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, halokat katta hududga tarqalishi va odamlarni nurlanishga olib keladi. Halokatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsion xavfli inshootlarning turlari ko‘p – atom stansiyasi, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori bo‘lgan ilmiy-tekshirish institutlari va h.k. Radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlarning tavsiflanishi:
I tur halokat – birinchi xavfsiz to‘siqning nosoz holatga kelishi - issiqlik ajratuvchi elementlar qobiqlarining buzilishidir.
II tur halokat – birinchi va ikkinchi xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi, ya’ni reaktor qobig‘ining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarqalishiga sharoit yaratilishiga aytiladi.
III tur halokat - uchala xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi tufayli vujudga keladi. Birinchi va ikkinchi to‘siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar reaktorning himoya qobig‘i yordamida to‘siladi, undan o‘tgan moddalar tashqariga chiqib ketib tarqalishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatadigan radiatsion xavfli inshootlar. O‘zbekiston Respublikasi xududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), Fanlar Akademiyasining YAdro fizikasi instituti Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan radioaktiv xavfli zonalar xisoblanadi. YAdro fizikasi instituti atrofida 3ta zona belgilangan:
- zaxarlanish ehtimoli bor zona (R=1 km);
- sanitariya muxofazasi zonasi (R=3 km);
- kuzatish zonasi (R=15 km); O‘tuvchi radiatsiya. O‘tuvchi radiatsiya - gamma nurlari va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda ketadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil bo‘ladi. Radiatsiya faktorining ta’sir vaqti 15-25 s. ni tashkil etadi. Bu faktorni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlanish dozasi (D) hisoblanadi. Nurlanish dozasi bir birlik nurlanayotgan muxitni yutgan ionlovchi nurlari energiyasi miqdoriga teng rentgen va greylarda o‘lchanadi. Radiatsiya faktorining ta’siri ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar (avariyalar) deganda kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kelishi tushuniladi. Radiatsion muxofaza – bu radioaktiv moddalarning aholiga, fuqaro muxofazasi kuchlariga va xalq xo‘jalik inshootlari va ularda ishlovchi xodimlarga zararli ta’sirining oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Radiatsion muxofazaning eng asosiy vazifasi radiatsion xavf ob’ektlaridagi xalokatlar bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlar oldini olishdan iborat.
Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling