Mavzu: kungaboqar urug’ining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash


Urug‘ qobig‘ining massa ulushini aniqlash


Download 58.47 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2023
Hajmi58.47 Kb.
#1079365
1   2   3
Bog'liq
14-лаборатория доншунослик

Urug‘ qobig‘ining massa ulushini aniqlash
Texnologik nuqtai nazardan moyli urug‘lar ikki qismdan, mag‘iz va qobiqdan iborat. Ba’zi yog‘li urug‘lar masalan, paxta chigiti, kanop, kanakunjut va shunga o‘xshash urug‘larda faqatgina ustida qobig‘i bo‘ladi, ba’zi bir moyli urug‘lar masalan, pista, eryong‘oq, soya va shu kabi urug‘ ustidagi qobiqdan tashqari mag‘iz ustida yupqa urug‘ pardasiga ham ega bo‘ladi. Qaysi turdagi urug‘ bo‘lishidan qat’iy nazar barcha moyli urug‘larning ustki qobig‘i luzga deb ataladi, faqat paxta chigitining qobig‘i sheluxa deb nomlanadi.


Ishning maqsadi: Urug‘ning tarkibiy qismlari bo‘lgan mag‘iz va qobiq miqdorini aniqlash yo‘lini o‘zlashtirish.
Kerakli asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi, pinset, skalpel yoki qobiqni ajratish uchun qisqich, chinni kosacha, quritish shkafi.
Ishning bajarilishi:
Kungaboqar va kanakunjut qobiqlarining massa ulushini aniqlash.
Moyli urug‘lardagi qobiqlarning massa ulushi qo‘lda ajratish yo‘li bilan aniqlanadi.Iflosliklardan tozalangan, diagonal ajratish usuli bilan namuna olinib (kungaboqar uchun 10 g, kanakunjut uchun 20 g), hamda tarozida ikkinchi o‘nlik qiymat aniqlikkacha tortiladi va yozib olinadi. So‘ng urug‘lar qobig‘i pinset yoki qisqich yordamida ajratiladi, ajratilgan qobiq tortiladi. Toza urug‘lardagi qobiq massa ulushi X (% da) quyidagicha aniqlanadi.

bu erda: m1 – qobiq og‘irligi, g;
m – urug‘ og‘irligi, g.
Qobiqning massa ulushi ifloslangan urug‘larda X1 (% da) quyidagicha topiladi.

bu erda: s – urug‘lardagi iflos va moyli aralashmalarning massa ulushi, %
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 1,0% dan oshmasligi kerak.
Nazorat savollari ?

  1. Moyli urug‘lar tarkibidagi aralashmalar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  2. Kungaboqar va kanakunjut qobiqlarining massa ulushi qanday aniqlanadi tavsiflab bering ?

  3. Moyli donlarning asosiy sifat ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?

Download 58.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling