Mavzu: Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorlik dissertatsiyalari o`quv qo`llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o`rganish. Reja
Download 27.87 Kb.
|
Mavzu Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan talablar.
Mavzu: Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorlik dissertatsiyalari o`quv qo`llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o`rganish Mavzu: Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorlik dissertatsiyalari o`quv qo`llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o`rganish. Reja: Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar haqida Magistirlik va doktorlik dissertatsiyalari? Monografiya haqida umumiy ma`lumot. Xulosa
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan talablar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo‘yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va bank tizimining rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo‘lishi, tijorat banklarini rivojlantirishning eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi lozim. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak. Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida tadqiqotlar olib borish nima uchun zarurligini, tijorat banklari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo‘lganini va tadqiqot yakunlari bo‘yicha erishilajak natijalar muammoni echishga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bayon etib berish lozim. Mavzu tanlashda ayrim talabalarning istiqbolda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga layoqati borligini nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu kelgusida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda ham davom ettirilishi maqsad qilib qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o‘quv jarayonida foydalanishini ham nazarda tutmoq lozim. Buning uchun mavzuning o‘qilayotgan ma’ruza yoki olib borilayotgan amaliy mashg’ulot dasturida o‘z ifodasini topishiga erishish lozim Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ixtisoslashgan kafedralar tomonidan belgilanadi va unstitutning ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, mavzular har o‘quv yilida 20-30 foizga yangilanishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish korxonalari buyurtmasi bo‘yicha bajariladigan bitiruv malakaviy ishlar alohida amaliy ahamiyatga egadir. Ayniqsa muayyan ishlab chiqarish korxonasining moliyaviy ko‘magida tahsil olayotgan talabalar bunday yondoshuvdan manfaatdor bo‘lishlari kerak. Bu ularga keyinchalik ishga boradigan korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini chuqurroq tadqiq etishga va muammo va ehtiyojlarini aniqlashga imkon beradi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontarkt mablag’ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin. Keling Bitiruv Malakaviy Ishi nima ekanligini oddiy referat yoki mustaqil ish bilan solishtirish orqali o’rganamiz. Bitiruv Malakaviy Ishi (bundan keyin BMI) hali yechimini topmagan muammoni o’z ichiga olishi zaruriy shartdir. Referat yoki mustaqil ish ham yechilmagan muammoni o’z ichiga olishi mumkin. Lekin, uning bo’lishi zaruriy shart hisoblanmaydi va ularga nisbatan talaba tomonidan taklif yoki tavsiya berilishi talab qilinmaydi. Shuningdek, BMI ko’pchilik yoki jamiyat uchun muhim bo’lgan va uning yechimi ko’pchilik tomonidan umid qilinayotgan masala bo’lishi kerak. Masalan: Sizning sevgan qizingiz bor lekin uning ota-onasi qarshi bo’lganligi uchun siz u bilan turmush qura olmayapsiz. Albatta bu siz uchun juda katta muammo, biroq bu qolganlarning ham muammosi deb ayta olmaysiz. Aksincha yoshlar orasida nikohning yoki ajralishlarning ko’payib borayotgani esa jamiyat muammosi bo’lib, hamma uchun birdek muhimdir. Shuning sababli, barcha uchun muhim va qiziq mavzuda BMI yozish maqsadga muvofiqdir. Lekin, bu degani hozirgi kunda dolzarb deb o’ylayotgan masalalarnigina yozish kerak degani ham emas. Chunki, ko’pchilik tomonidan e’tibor berilmayotgan ammo dolzarb bo’lgan masalalar ham mavjud. BMIda ko’tarilgan muammolar yuzasidan taklif yoki tavsiyalarning mavjud ekanligi muhim shartlardan biridir. Albatta muammo yuzasidan beriladigan taklif yoki tavsiya barcha muammolarni qamrab olishi shart emas va ular muammolar yechimi uchun asos sifatida xizmat qiluvchi tavsiyalar bo’lishi ham mumkin. Lekin talabalar bir narsani unutmasliklari lozimki, hech qanday taklif yoki tavsiyasiz BMI yozish va uni ko’pchilik oldida himoya qilishdan umuman ma’no ham yo’q. Ilmiy ish yozishda bir qancha usullardan foydalaniladi va bu usullardan BMI yozishda ham foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanish ishning mazmunini yoritishda va oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishda katta yordam beradi. 1. Huquqdagi yechilmagan muammolarni o’zida jamlaganligi 2. Ushbu yechimi topilmagan muammolarni yechish jamiyat uchun dolzarb masala ekanligi 3. Muammoning yechimi borasida talabaning tavsiyalari mavjud ekanligi. 4 Demak, ular umumiy qilib aytganda quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Huquqiy-dogmatik (doctrinal) 2. Sohalararo 3. Qiyosiy 4. Nazariy, tarixiy, tanqidiy, metodologik. Download 27.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling