Mavzu: Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorlik dissertatsiyalari o`quv qo`llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o`rganish. Reja


Malakaviy Ishi mavzusi uchun nom tanlash


Download 27.87 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1711818
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistirlik doktorli

Malakaviy Ishi mavzusi uchun nom tanlash.
Albatta mavzuning nomi hamma uchun oson bo’lishligi muhim masala hisoblanadi. Chunki mavzuning nomi qisqa va unga ergashib, uni tushuntirib keladigan gaplar bo’lmaydi. Asosiy qismda qaysidir so’z tushunarsiz bo’lsa, keyingi gapda unga izoh berish mumkin. Mavzu nomida esa buning sira ham iloji yo’q. Siz mavzuning nomini tushunishga oson qilib yozishingiz mumkin, lekin u siz BMIda ko’tarayotgan asosiy masalani ko’rsatib turmasa va ma’lum bir qismgagina aloqador bo’lsa, qanchalik chiroyli nom topmang u foydasiz bo’lib qolaveradi. Uchinchi holat bo’lgan hammada qiziqish uyg’otuvchi nom topish yuqoridagi ikki belgidek zaruriy ahamiyatga ega emas, biroq bunday nom o’quvchi siz yozgan BMIni qo’liga olgan paytdan siz yozgan ishga bo’lgan qiziqishining uyg’onishi demak sizda o’quvchi bor degan bir tuyg’uni vujudga keltiradi.
Nom tanlashda e’tibor berilshi lozim bo’lgan holatlar.
Mavzuga nom berishda e’tibor beriladigan holatlar haqida gapirgandan ko’ra ularni amaliy misollar orqali tushuntirish hamma uchun tushinarli bo’ladi. Shu sababli quyida “maqbul” hamda “nomaqbul” misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz
Bu misolimizda ko’rishimiz mumkinki, tanlangan nom o’z ichiga juda katta hajmdagi ishni olgan. Bu esa, ushbu BMIda qanday masala ko’rilishi ya’ni qanday muammo oldinga qo’yilayotgani noaniq bo’lib qolishiga olib kelmoqda. O’ylashingiz mumkin, ushbu BMIda kvalifikatsiya qilish masalalari oldinga qo’yilgan deb. Ammo, qaysi tarafdan, qanday jinoyatlarda degan savollar yopiqligicha qolaveradi. Shu sababli, BMIning mavzusi va uning nomini tanlashda iloji boricha aniqlikka va mavzuning keng doirada emasligiga e’tibor qaratish lozim.
Kirish qismining tuzilishi haqida.
Ko’pchilik talabalar kirish qismini unchalik ham muhim deb o’ylamaydilar. Lekin, bu juda ham noto’g’ri fikrdir. Chunki aynan kirish qismi o’quvchida qiziqish Ikki tomonlama investitsion shartnomalardan kelib chiquvchi nizolarni ko’rib chiquvchi xalqaro arbitrajlar qarorlarining davlat suverenitetiga ta’siri. (TDYU 4-kurs talabasi K.Abdullayevning BMI mavzusi.) Muammo: Sud qarorlarining davlat suverenitetiga ta’siri Asosiy e’tibor: Xalqaro investitsion sudlar Obyekt: Ikki tomonlama investitsion shartnomalar Maqbul namuna 1 O’zini-o’zi boshqarish organlaridagi siyosiy partiyalarning ishtirokini rivojlantirish. Nomaqbul misol 6 uyg’otadigan va sizning tadqiqotingizning yuzi hisoblanadi. Shunday ekan, biz uni BMImizning eng zaruriy qismlaridan biri deb hisoblashimiz lozim bo’ladi. Buni oddiy qilib tushuntirish mumkin. Keling sizning ilmiy ishingizni kavlanilishi lozim bo’lgan quduqqa o’xshatamiz. Siz bir odamga “shu yerni kavla!” deb buyruq bersangiz tabiiyki u buyrug’ingizni bajarmaydi. Biroq, unga nima uchun kavlashi kerakligining sababini tushuntirsangiz uning kavlashni boshlash ehtimoli katta. Demak, kirish qismida ham siz nima uchun bu ishni yozayotganligingizni o’quvchiga tushuntirishingiz kirish qismining kaliti hisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kirish qismida, quyidagi kki savolni o’zingizga berib, unga javob izlab yozishingiz lozim.
Ma’lumotlarni o’quvchiga qanday yo’llar bilan taqdim etish lozim? O’quvchiga qanday ma’lumotlarni taqdim etish lozim degan savolga javob berish uchun, avvalo, kirish qismida tadqiqotni qanday usulda amalga oshirish haqida gap ketganligiga e’tibor qaratamiz. Masalan ikkinchi misolimizda, ish qiyosiy huquqiy jihatdan ko’rilib, O’zbekiston qonunchiligi tanqidiy jihatdan tahlil qilinishi aytib o’tilgan. Demakki, asosiy qismda ham shunga mutanosib ravishda ma’lumotlar berib o’tilishi lozim. Agarda kirish qismida Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bilan qiyosiy huquqiy tahlil amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lsa, asosiy qismda ham o’quvchiga aynan qiyosiy tahlil usulidan foydalanib, ma’lumotlar taqdim etilishi zarur. Bunda sizning tanlagan usulingiz tadqiqotingizni amalga oshirishda qanchalik qo’l kelganini ko’rish mumkin bo’ladi. Keyingi taqdim etilishi lozim bo’lgan ma’lumot bu statistik ma’lumotlardir. Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning ham o’ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa, kompyuter texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi kunda, ularni o’quvchiga tushunarli tarzda va ko’plab jihatlarni o’z ichiga oladigan qilib taqdim etish talab bunday nazariyalar xalqaro nikohni bekor qilish bilan bog’liq ishlarda ko’zga tashlanadi. Shu sababli, ushbu ilmiy ishda chet el elementi bilan murakkablashgan nikohdan ajratishda qo’llaniladigan huquq, yurisdiksiya hamda chet el sudi qarorlarini tan olish bilan bog’liq O’zbekiston hamda fuqarolarimiz asosan oilaviy munosabatlarga kirishadigan MDH mamlakatlari fuqarolari o’rtasidagi xalqaro oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi Minsk konvensiyasi normalaridagi muammolar tadqiq etiladi. Mavjud muammolarni yechishda Xalqaro xususiy huquqning asosoiy prinsiplari bo’lmish Fuqarolar va chet ellik fuqarolarning tengligi, Eng uzviy bog’langan mamlakat qonunini qo’llash kabilarga asoslaniladi. Ilmiy ishning I bobida,…….II bobida…………….III bobida…………………IV bobida…………….Xulosa qismida…………..lar ko’rib chiqiladi. Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o’qituvchisi A.Xakimovning magistrlik dissertatsiyasidan olingan. 10 etiladi. Keling, statistik ma’lumotlarni qanday taqdim etishni misollar yordamida o’rganamiz.
Magistrlik dissertatsiyasiga qoʼyiladigan asosiy talablar
Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil ilmiy taraqiqot boʼlib u magistirlarning taʼlim darajasidan, hamda bitiruvchida ilmiy xodimga xos boshlangʼich koʼnikma va malakalarning mavjudligidan dalolat beradi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi mutaxasislik kafedrasi tomonidan ishlab chiqib, taqdim etilgan mavzular tematikasi mos boʼlib, Universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan boʼlishi shart.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi dolzarb hamda qoida boʼyicha, magistrant tanlagan mutaxassislik boʼyicha aniq ilmiy, amaliy, nazariy masalalarni hal qilishga qaratilgan boʼlishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi uning muallifi mustaqil ilmiy izlanish olib borishga oʼrganganligi, kasbiy muammolarni tushunishi va ularni hal qilishning eng umumiy usullari va yoʼl-yoʼriqlarini bilishidan dalolat beradi.
Magistrlik dnssertatsiyasi magistrantning ilmiy jihatdan yetukligi va oʼz mutaxassisligi boʼyicha chuqur kasbiy tayyorgarlikka egaligini tavsiflashi zarur. Shuning uchun uning muallifi oʼz ishida ilmiy malakaviy darajasini, mustaqil holda ilmiy tadqiqot yuritish hamda muayyan ilmiy yoki amaliy vazifalarni xal qila olish koʼnikmalarini namoyish eta olishi kerak.
Nomzodlik dissertatsiyasidan farqli oʼlaroq, magistrlik dissertatsiyasi magistrning, taʼlimiy-kasbiy darajasini qoʼrsatadi..
Magistrlik dissertatsiyasi kafedradagi ilmiy rahbar tomonidan tasdiklangan, dissertatsiya masalasining nazariy jihatlari, muammolari, ilmiy va amaliy vaziflarni tahlil qilish va hal qilishni jamlagan xolda puxta oʼylab tuzilgan reja asosida yoziladi. Magistrlik dissertatsiyasi magistrantning amaliyot oʼtash davridagi oʼrgangan tajribalari, xorijiy mamlakatlar tajribalarini oʼrganib, meʼyoriy va tashkilotlar xujjatlari, materiallaridan foydalanib va ularni oʼrganishda orttirgan tajribalarini umumlashtirib, dissertatsiyasida koʼzda tutilgai masalalarni hal qilish yoʼl—yoʼriqlarini tavsiya etadi.
Magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashning umumiy talablari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlashga oʼxshaydi.
Dissertatsiya himoyaga taqdim etilganda avtoreferat tayyorlash, nashr, qildirish va tarqatish talab qilinmaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbar tanlash va ish rejasini tuzish jarayoni agistrlik dissertatsiya mavzusining toʼgʼri tanlanishi uning muvaffaqiyatli yakunlanishini taʼminlaydi. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi mutaxassislik kafedrasida ishlab chiqilgan, magistrlik dasturi yoʼnalishiga muvofiqlashtirilgan. Universitet oʼquv-uslubiy Kengashida muhokama etilib, Universitet Ilmiy Keigashida tasdiqlangan tematikaga mos kelgan boʼlishi shart. Tinglovchi magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlab bir qarorga kelgach, tanlab olingan mavzuni unga biriktirish xaqida universitet rektori nomiga ariza yozadi. (I - ilovaga qarang). Аrizada magistrlik dissertatsiyasi mavzusi toʼliq yozib koʼrsatiladi. Magistrantga ilmiy rahbarni biriktirish masalasi ham ilmiy rahbar roziligini olgan xolda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash boʼyicha buyruq loyihasi asosida hal etiladi.
Buyruq tasdiqlanib chiqarilgach, mavzular nomi va rasmiylashtirish boʼyicha ilmiy rahbarni almashtirish boʼyicha oʼzgartirish kiritish mumkin emas.
Mavzu tanlab olingach, ilmiy rahbar bilan birgalikda dissertatsiya rejasini ishlab chiqiladi. Qoidaga koʼra, ilmiy rahbar magistrlik dissertatsiyasi rejasini ishlab, chiqish jarayoniga magastrant tadqiqot mavzusi boʼyicha adabiyotlar roʼyxatini tuzgandan keyingina qoʼshilishi mumkin.
Magistrlik ilmiy rahbar bilan belgilangan kunlar va soatlarda muntazam ravishda uchrashib, oʼz ishini muhokama etib borishi va maslahatlar olishi kerak.
Ilmiy rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat:
dissertatsiyaga ilmiy va uslubiy yordam berishi;
dissertatsiya mavzusi boʼyicha muntazam suxbatlar va maslahatlar oʼtkazib turish;
ish yuzasidan zaruriy adabiyotlar, materiallar, statistik maьlumotlardan foydalnish yuzasidan tavsiyalar berish;
ish kamchiliklarini koʼrsatish va ularni bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar berib borish;dissertatsiyani ximoyaga taqdim etishga ruxsat berish, uning butkul tayyorligi xaqida xulosa berish;
dissertatsiyaga taqriz yozish;
dissertatsiya bajarilishi yuzasidan mumtazam nazorat olib borish;
bajarilgan ishni 100 balli reyting tizimi asosida baholash.
Mutaxasislik kafedrasi mudiri nazorati kafedra tomonidan ishlab chiqarilgan va tasdiqlangan “Magistirlik dissertatsiyasini tayyorlash boʼyicha topshiriqlar” asosida amalga oshriladi.
Magistirlik dissertatsiyasining mazmuniy va tarkibiy tuzilishi.
Magistrlpk dissertatsiyasi iqtisodiy asoslangan mustaqil ilmiy tadqiqot hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining strukturaviy tuzilishini toʼgʼri va aniq ifodalash maqsadga muvofiq boʼlib, ishni baxolash va nafaqat uning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyatga eʼtibor berish, balki uning uslubiy tomonlarini va toʼgʼri rasmiylashtirilishi ham xisobga olinishi zarur. Bu ishni chiroyli va mazmunli chiqishiga yordam beradi.
Magistrlik dissertatsiyasinnng mazmuni quyidagilardan iborat boʼlmogʼi darkor:
Tadqiqot qilinayotgan muammoning hozirgi xolatini sharxlash;
2. Mavzuning dolzarbligini isbotlash.
3. Tadkiqot maqsadi va vazifalariga taʼriflash.
4. Ilmiy izlanish obʼektini ainqlash.
5. Tadqiqot predmetini asoslash.
6. Ushbu masalaning chet ellardagi hozirgi xolati taxlili.
7. Ilmiy tadqiqot uslubiyatini tanlash.
8. Tadqiqot materiallarini toʼplash, qayta ishlash, davr va uslubini aniqlash.
9. Tadqiqotnnng ilmiy yangiligini isbotlash,
10.Tadqiqotiiig amaliy axamiyatini koʼrsatish.
11. Tadqiqot natijalarini amaliyotdagi oʼtkazish jarayoni.
12. Tatbiq qilinayotgai taklif va xulosalarning foydaliligini aniqlash.
Dissertatsiyani bu tarzda yoritilishi uning mazmunini boyitibgina qolmay, dissertatsiya qismlarini mantiqiy jixatdan oʼzaro bogʼlanishiga imkon yaratadi, dissertatsiya materiallari aniq va izchil bayon etishdir. Har bir bob mazmunan tugallangan va koʼzda tutilgan maqsadga erishishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy tuzilishida quyidagilar alohida beriladi:
1. dissertatsiyaning titul varagʼi;
2. dissertatsiya mazmuning mundarijasi;
3. kirish;
4. dissertatsiyannng asosiy qismi (boblar, paragraflar);
5. xulosa (tavsiya va takliflar);
6. foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati;
7. ilovalar.
Titul varagʼi dissertatsiyaning birinchi beti xisoblanib, qatʼiy qoidalar asosida toʼldiriladi. (3-ilovaga qarang).
Titul varagʼidan keyin ishning mundarijasi joylashtiriladi. Mundarijada boblar, paragraflar nomi toʼliq yozilishn va ularniig matndagi -betlari raqamlarda koʼrsatiladi. Bunda nomlar qisqartirib yozilishi mumkin emas. Boblar va paragraflar nomi, ularniig izchilligi dissertatsiya matni bilan toʼliq mos kelishi shart. Kirish mavzuning dolzarbligi, magistrlik dissertatsiyasida koʼrib chiqiladigan muammalar ishning maqsad va vazifalari aks ettirilib quyidagilar bariladi:
tadkiqot mavzusining dolzarbligi;
maqsad va vazifalari;
muammoning ishlab chiqilishi darajasi;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqot predmeti;
tadqiqot obʼekti, amaliy azamiyati.
Kirish qismi dissertatsiya hajmini 15-20 % tashkil etadi.
Birinchi bobda mavzuning umumiy nazariy masalalari, magistrlik dissertatsiyasi ishlab chiqiladigan tashkilot, muassasa korxona va birlashmaning qisqa tavsifnomasi berilishi kerak. Undan tashqari tadqiqot obʼektining funktsiyalari, vazifalari, sohasi, tuzilma, boshqaruv tizimi, ichki va tashqi aloqalari, texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlari, tadqiqot obʼektidagi kamchilik muammolar, vazifalarni nazariy va amaliy xal etishning umumiy qoidalari yoritilishi kerak.
Ikkinchi bobda koʼrilayotgak masalaning hozirgi xolati taxlil qilinib. magistrantnnng amaliyot davrida toʼplagan materiallari asosida tadqiqot obʼektidagi kamchiliklarni yoʼqotishga haratklgan tavsiyalar asoslanishi, chuqur taxlil etilishi kerak. Ikkinchi bobda dissertatsiya mazmuiining asosiy gʼoyasini ifodalashi kerak.
Uchinchi bobla tadqiqotchi tomonidan oʼrganib chiqilgan
material asosida tadqiqot obʼekti tashkiliy tuzilmasining eng
qulay maqsadga muaofiq qurilishi dalillar yordamida asoslab
beriladi, turli jadvallar tavsiya qilinadi, iqtisodiy
smmaradorlik yoʼllari, aniqlanadi, taklif etiladi.
Bu uchala bob ish xajmining 60 - 65 % tashkil etishi kerak.
Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi xajminnng 10-15 % ini tashkil qilib, unda eng muxim xulosa va taklifalr bayon etiladi. Barcha boblar xulosalari keltiriladi.
Unda quyidagilar yoritiladi.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi, nazariy ahamiyati. uni amaliyotda qoʼllanilishi, mavjud muammolar, ularning adabiyotlarda yoritilish darajalari va xal qilish usullarining berilishi, tadqiqot obʼektidagi xolatini baxolash va muammoni xal qilish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalar, qabul qilingan xulosalarni iqtisodiy baholash tadqiqot natijalarini tadbiq etish boʼyicha takliflar berish.
Monografiya (mono... va... grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. M.da yoritilayotgan masala boʻyicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi.
Monografiya hajmi boyicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-tadqiqiy asar bolib, bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasidir. U alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga organilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi boyicha fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasiga talabgorlikka yozilgan dissertasiyani ham kiritish mumkin.
Monografiyalarni asosiy maqsadiga ko'ra tasniflashimiz mumkin:
Monografiya to'plami. Bu ko'proq ehtiyotkorlik va tajriba bilan amalga oshirilishi kerak, chunki fikrni ifodalash uchun mavzu bo'yicha barcha mavjud manbalardan foydalaniladi. Barcha bibliografiya bilan birga, shaxsiy mezonlarga ega bo'lmagan taqdimot o'tkazilishi kerak, chunki u oddiy reproduktsiya bo'ladi. Boshqalar aytgan fikrlarni takrorlamaslik uchun u butun bibliografiyani qamrab olishi kerak.
Tadqiqot monografiyasi. Bu tajriba yoki ilmiy tadqiqotlarga yaqinroq, chunki biz allaqachon chuqurlashtirilgan masalalar haqida emas, balki yangi narsa haqida gapiramiz. Tekshiruv qanday o'tkazilganligini tushuntirish kerak, har bir tafsilot bilan tavsiflanadi va keyin birlashtirilishi mumkin.
Tajribani tahlil qilish monografiyasi. Bu faqat amaliyotda ko'rsatilishi mumkin bo'lgan, ammo tadqiqot xarakteriga ega bo'lmagan holatlarda keng tarqalgan. Ehtimol, ular mavjud nazariyalarni sinab ko'rishadi yoki hatto tajriba fanlari bilan bog'liq bo'lmagan va odamlarning ijtimoiy hayotiga yaqinroq bo'lgan tajribalarni o'rganishadi.
Monografiyani qanday qilish kerak?
Monografiyalar yaxshi natijalarga erishish uchun ketma-ket ketma-ketlikda bajarilishi kerak.
Ko'p hollarda o'quvchilar boshlang'ich yoki o'rta maktabda bo'lganlarida ushbu matnlarni ishlab chiqishga yondashadilar, o'qituvchilar ularni ushbu ketma-ketlikdan foydalanib bajarishni so'rab, uni butun akademik hayot uchun odat sifatida qabul qilishni qidiradilar.
Agar tartibsiz tarzda bajarilgan bo'lsa, allaqachon aytilgan narsa takrorlanishi mumkin, muhim ma'lumotlarni o'tkazib yuboring yoki aytish uchun etarli bo'lmagan (yoki juda ko'p) mavzuni tanlang.


Xulosa
Bitiruvchi talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash huquqi beriladi. Mavzuni tanlash jarayonida talabalarga ish rahbari yordam berishi maqsadga muvofiq. Mavzuni tanlash jarayonida rahbar tavsiya etilayotgan mavzular ro‘yxatini berish bilan cheklanib qolmay, balki tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib berish imkoniyatlari bilan hamda ma’lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi maqsadga muvofiq.
Rahbar va talaba tanlagan mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar etarli bo‘lgani bilan talaba amaliyot o‘taydigan korxonada ushbu mavzuni yoritish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bo‘lishiga ham e’tiborni qaratish lozim. Shu sababdan bitiruv malakaviy ish mavzusi talabaning bitiruv oldi amaliyoti o‘tash uchun boradigan korxona aniq bo‘lgandan so‘ng tanlangani ma’qul.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda rahbar va talaba quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
1.Amaliyot o‘tish mo‘ljallangan korxonada ilmiy izlanish olib borish uchun imkoniyatlar mavjudligi.
2.Malakaviy bitiruv ishini yozish jarayonida mavzuni chuqur o‘rganish va tajriba oshirish imkoniyati mavjudligi.
3.Talabaning ilmiy-amaliy izlanishga qobiliyatliligi.
4.Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun ma’lumotlar, yo‘riqnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi.

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling