Kurs ishlarini bajarish ketma – ketligi - Kirish.
- Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili, ilmiy tadqiqot metodlari.
- 1 – bo’lim.Mavzuning ilmiy – nazariy asoslari.
- 2 – bo’lim. Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnologiya metodlari asosida dars ishlanmasi.
- 3. – bo’lim. Tajriba sinov o’tkazish metodikasiva baholash mezonlari.
- Xulosa. Ilmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr va mulohazalar.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari - Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy ta`lim muassasasi bakalavriyatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
- Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
- Ta`lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytarish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
- Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish;
- Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta`minlash.
Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi - Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta`lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
- Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta`lim muassasasi yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi.
- Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi.
- Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin.
- Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
- Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegashli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta`lim muassasasining o’quv bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |