Mavzu: Reja: - 1. Kurs va bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
- 2. Kurs va bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi va unga rahbarlik qilish
- 3. Kurs va bitiruv malakaviy ishlarini amalga oshirishda tadqiqot metodlari.
- 4. Kurs va bitiruv malakaviy ishlarini rasmiylashtirish, himoya qilish va unga qo’yiladigan talablar.
Maqsad: - Kurs va bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalarini tushuntirish, malakaviy ishlar mavzusi va unga rahbarlik qitlish, bitiruv malakaviy ishni amalga oshirish metodlarini tushuntirish, rasmiylashtirish va unga rahbarlik qilish.
Natija: - Kurs va bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalarini tushunadilar, malakaviy ishlar mavzusi va unga rahbarlik qilish tartibi bilan tanishadilar, bitiruv malakaviy ishni amalga oshirish metodlarini tushunadilar.
Tezkor savollar: - Bitiruv malakaviy ishini maqsadi?
- BMI tadqiqot metodlari?
- BMI ni rasmiylashtirish?
Kurs ishni bajarishning maqsad va vazifalari - Mehnat ta`limi va kasb ta`limi metodikasi fanidan kurs ishlari fan yuklamasi tugatilgandan so’ng, talabalar mehnat ta`limi va kasb ta`limi o’quv kurslari haqida to’liq ma`lumot shakllanggandan keyin bajarilishini talab qiladi. Kurs ishlari talabaning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, mustahkamlash va boyitish, egallagan bilimlarini amalda qo’llay olish, mustaqil ilmiy izlinishlar olib borish, adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish kabi maqsadlarni ko’zlaydi.
- Kurs ishi tushuntirish xati va chizmalarni o’z ichiga oladi. Tushuntirish xatining hajmi cheklanmaydi. U taxminan 25 – 30 betni tashkil etadi.
- Dastlab mavzuning o’quv dasturidagi tutgang o’rni, uni o’rganishning kalendar muddatlarini aniqlash talab etadi, sababi busiz boshqa o’quv fanlari bilan didaktik aloqa o’rnatib bo’lmaydi.
- Kurs ishi mavzusida quyidagilar aks ettiriladi
- mavzu tavsifi, mavzuning dolzarbligi, muammoning o’rganilganlik darajasi.
- mavzu bo’yicha adabiyotlar taxlili.
- mavzuning o’quv - tarbiyaviy vazifalari.
- mavzuni yoritishda foydalaniladigan ilmiy – tadqiqot metodlari.
- mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish.
- mavzuni yoritish metodikasi.
- mavzuni yoritishda pedagogik texnologiyalar metodidan foydalanish.
- O’quv ishlab chiqarish ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |