Mavzu: Kurs va bitiruv malakaviy ishi mavzularini tanlash, tayyorlashga qo’yiladigan talablar Reja


Download 149.5 Kb.
bet6/6
Sana18.12.2022
Hajmi149.5 Kb.
#1030862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MТМ 20

Malakaviy ishni himoya qilish

  • Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb xisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
  • Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi.
  • Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni iste`mol qiluvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida oliy o’quv yurtlarining professor va o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
  • Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi.
  • Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi Nizomda belgilangan.
  • Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy ta`lim muassasasida saqlanadi. Har xil sabablar bo’yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy ta`lim muassasasida qoldiriladi).
  • Himoya qilish va unga qo’yiladigan talablar.
  • Himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi OO’YU bitiruvchilarini attestatsiya qilish haqidagi Nizom asosida belgilangan.
  • Malakaviy bitiruv ishi himoyasida talaba:
  • ishning mavzusini, uning maqsadi, dolzarbligi, amaliy ahamiyatini;
  • ishning qanday qismlardan iborat ekanligini, uning mazmuni va kasb-hunar kollejlarida o’tiladigan maxsus fanni o’qitishning ishlab chiqilgan uslubiyotini qisqa, aniq, lo’nda holda tushuntirib berish lozim;
  • ish bo’yicha maket, qurilma, elektron talqinini namoyish qilinishi kerak;
  • ma`ruza davomiyligi 10-15 daqiqa;
  • MBI himoyasi natijasiga ko’ra “a`lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” baho qo’yiladi;
  • qoniqarsiz baho olgan taqdirda talaba belgilangan tartibda akademik ma`lumotnoma oladi va belgilangan tartibda ishga yuboriladi. Birinchi himoyadan kamida bir yil o’tgandan so’ng u o’z BMI ni 3 yil davomida qayta himoya qilishi mumkin. Himoya va qayta himoya o’rtasidagi oraliq 1 yildan kam bo’lmasligi kerak.

Talabaga mustaqil ishning vazifasi: mavzuga oid 10-ta test tayyorlab kelish.


Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling