Mavzu: Kurs va bitiruv malakaviy ishi mavzularini tanlash, tayyorlashga qo’yiladigan talablar Reja


Kurs ishlarini bajarish ketma – ketligi


Download 149.5 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi149.5 Kb.
#1030862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MТМ 20

Kurs ishlarini bajarish ketma – ketligi

  • Kirish.
  • Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili, ilmiy tadqiqot metodlari.
  • 1 – bo’lim.Mavzuning ilmiy – nazariy asoslari.
  • 2 – bo’lim. Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnologiya metodlari asosida dars ishlanmasi.
  • 3. – bo’lim. Tajriba sinov o’tkazish metodikasiva baholash mezonlari.
  • Xulosa. Ilmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr va mulohazalar.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari

  • Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy ta`lim muassasasi bakalavriyatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
  • Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
  • Ta`lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytarish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
  • Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish;
  • Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta`minlash.

Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi

  • Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta`lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
  • Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta`lim muassasasi yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi.
  • Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi.
  • Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin.
  • Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
  • Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegashli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta`lim muassasasining o’quv bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling