Mavzu: Kushon tangalari Reja


Kushonlar davlatida tanga - pul islohoti


Download 48.67 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi48.67 Kb.
#1185228
1   2   3   4
Bog'liq
Kushon tangalari

1.2 Kushonlar davlatida tanga - pul islohoti.
Eramizdan avvalgi 140-yillarda qulagan Yunon – Baqtriya saltanati xarobalari ustida o‘z navbatida yuechji qabilalari tomonidan siqib chiqarilgan ko‘chmanchi saklarning tazyiiqi ostida o‘zining taraqqiyot davrida janubiy O‘zbekiston hududining ancha qismini egallab Kushon saltanati (er. av. I asr – eramizning IV) yuzaga keldi.
Eramizdan avvalgi I asrning 1-yarmida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi 50-yillar va eramizning I asridan to V asrigacha besh qabiladan iborat birlashgan ittifoq kuchayib borgan. Ular – Xorazm (Xitoy solnomalarida ko‘ra Xyumi), Shosh, Sirdaryo (Shumi), Samarqand, Buxoro (Kushon), Kesh, Termiz (Xise), Farg‘ona vodiysi – Davan (Dumi) deb nomlangan. Keyinchalik Kushon davlatiga asos solinadi. Bulardan Kushon (Xitoy yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kudzula Kadfiz (Kadfiz I) er. av. I asrda to‘rt qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e’lon qilgan.
Eramizdan avvalgi II asr o‘rtalariga kelib, yuechji qabilalari Baqtriyaning Amudaryoning shimoliy qismini bosib oladi, so‘ngra butun podsholikni zabt etadi. Eramizdan avvalgi I asrda Kushon davlati kuchayib, podsho Kudzula Kadfiz hududini kengaytirib, Qobuliston hamda Gandharni zabt etadi.
Podsho Kanishka davrida Kushon podsholigi gullab yashnadi. Eramizdan avvalgi II asrning birinchi yarmida podsholik tarkibiga Hindiston va Afg‘onistonning katta hududlari ham kiritildi.
Bosh hukmdor Kudzula Kadfiz shohlar-shohi – “Yabg‘u” unvoniga sazovor bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy asarida izohlangan “Yabg‘u” atamasi Kushon tangalari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu muhim dalil Kushonlar asosan turkiy xalqlar birlashmasidan iborat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kudzula Kadfizning siyosiy-iqtisodiy islohotlari tufayli taraqqiy etgan bu quldorlik davlati O‘zbekiston hududida yuksak darajaga ko‘tarilgan. Kushon shohi keyinchalik qo‘shni hududlarga yurish uyushtirib, Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismini zabt etadi, Amudaryo bo‘ylari, Qobul, Qandaxor, Parfiya, Afg‘oniston va Kashmirni qo‘lga kiritadi.
Eramizning I-asri boshida Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra Rim bilan raqobatlashadigan qudratli davlatga aylandi. U Shimoli-G‘arbiy Hindiston, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoning katta qismini birlashtirdi. Kushonlar sulolasi davrida O‘zbekiston davlatchiligi birinchi bor yirik saltanat bosqichiga ko‘tariladi. Kudzula Kadfiz otasi o‘limidan keyin Vima Kadfiz iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o‘tkazadi. Bu davrda Kushonlar davlati hozirgi Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib olgan va Vima Kadfiz sha’niga Hindistonning Mathura shahrida tosh haykal qad ko‘targan edi.
Baqtriyada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga nisbatan ancha ertaroq tangalar zarb qilingan, tovar pul muomalasi esa yuqori darajaga ko‘tarilgan. Baqtriya Kushon davlati tarkibiga kirgan. O‘rta Osiyoda kushonlargacha kumush tanga zarb qilingan, Kushon podshosi Vima Kadfiz islohot o‘tkazib, oltin tanga zarb qilishga asos soldi. Mamlakatda dinor, qo‘sh dinor, yarim dinor, chorak dinorlar muomalada bo‘lgan. Bir dinor 8 gr oltinga teng bo‘lgan bo‘lsa, qo‘sh dinor 16 gr, yarim dinor 4 gr, chorak dinor 2 gr.ga teng bo‘lgan.
Mazkur tangalar xalqaro savdoda muhim o‘rin egallagan Rim oltinlariga yaqin turardi. Kushonlar davrida mis tang‘alar ham ko‘plab zarb qilingan. Surxondaryoda Kushonlarning yuzlab mis tangalari topilgan. O‘rta Osiyoda bunday hol oldin bo‘lmagan. Bu kundalik mayda savdoning xalq orasida qanchalik rivojlanganligidan dalolat beradi.
Birinchi o‘rinda ko‘chmanchi qabilalarning hokimlari Baqtriyada zo‘r taraqqiy etgan tovar – pul muomalasini hal qilishga kirishganlarida, bu sohada ularning tajribasi yo‘q edi, shuning uchun ular Yunon-Baqtriya davlati podsholarining Yevkratid va Geliokl tangalariga tahlid qilib tanga zarb qila boshladilar, tangalarda avvalgi yunon alifbosidan foydalanish davom etdi. Keyinchalik yunon alifbosida Baqtriya tilidagi so‘zlar yozila boshlandi. Yunon xudolarining tasviri asta-sekin mahalliy, shu jumladan Zardo‘shtiylik xudolarining tasviri bilan almashtirildi.
Anaxita (tabiatning hosildorlik va jonlantiruvchi xudosi);
Farro (boylik va podsho hukumati ramzi);
Mitra (quyosh ilohiyati)lar shular jumlasidandir.
Tangalarning aversida noma’lum shohning boshi, reversida yunon xudosi Zevsning haykali tasvirlangan. Bu tangalarning asosiy qismi Surxondaryo viloyatidan topildi. Tojikistonda bu xildagi tangalar oz, janubiy Baqtriyada esa sanoqli.
O‘rta Osiyo qabilalari otni ulug‘laganlar. Ot tasvirining tangada joylashtirilishi bu yerda qudratli davlatning paydo bo‘layotganidan dalolat beradi. Ot tasviri bo‘lgan tangalar asosan Surxondaryoda Dalvarzintepa, Xolchayon atrofidan topilgan. Yangi davlatning taraqqiyotini tangalar aversidagi tasvir ham o‘zgardi. Unda shohning haykali tasvirlangan. Uning yuz qiyofasi Xolchayonda topilgan haykallarga o‘xshaydi. Tangalarning reversida otliq kishi tasvirlangan va yunon harflari bilan bitilgan so‘zlar mavjud. Umuman, ellin, kushon, (mahalliy, turk) hind qo‘shma madaniyati rivojlanib, buyuk san’at namunalari yaratilgan.
Kadfiz II pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etib, tashqi savdoni yo‘lga qo‘yadi. Kanishka tangalarida yunoncha so‘zlar o‘rniga baqtr tilida yozilgan so‘zlar paydo bo‘lgan.
Savdoda joriy etilgan oltin tangalarning og‘irligi 8 gr.ni tashkil etib, ular Rim tangalarining og‘irligiga teng kelar edi. Kushon oltin tangasi 8 gr.li dinor zarb etilgan.2
Kushon tetradrahmasining aversida sochlari hafsala bilan taralgan, peshonasiga tasma bog‘lagan, yuzlarida g‘ayrat-shijoatli erkak kishining beligacha bo‘lgan sur’ati berilgan. Reversida ot mingan shoh, uning reversida gulchambar tutgan Nika (zafar) ma’budasi parvoz qilyapti va “Kushon hukmdori Geray Sanabniki” degan to‘rt so‘zdan iborat yunon yozuvi bor.
Kushon mis chaqalarida hukmdorning ismi yo‘q, faqat mansabi va laqabini anglatuvchi “Shohlar shohi buyuk haloskor” degan yunon yozuvi mavjud. Ilmda “Soter Megas” (noma’lum shoh) tangalari M.E.Masson fikricha, Kudzula Kadfiz tomonidan zarb etilgan . O‘zbekiston va Tojikiston janubida olib borilgan arxeologik qazishmalarda ko‘p uchraydi. Bu borada akademik A.Asqarov quyidagilarni keltirib o‘tadi: “Xitoy manbalari va arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, Kudzula Kadfiz 80 yil yashab, eramizning birinchi yarmida podsholik qilgan. Uning o‘g‘li Vima Takto “Soter Megas” (noma’lum shoh) nomi ostida podsholik qiladi. U uzoq vaqt hukmronlik qilmagan ko‘rinadi. Chunki 51 - yilda hokimiyatga Kudzula Kadfizning boshqa o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) kelib, Hindistonning Banorasga qadar hududini bosib oladi”3
Eramizning I asrida Markaziy Osiyo hududiga buddaviylik dini kirib keldi. Kushon davri san’ati shakllanishida ming yillar ilgari O‘rta Osiyo janubida tarqalgan buddaviylik alohida ahamiyat kasb etgan. Buddaviylik san’atining yodgorliklari Ayritom, Yerqo‘rg‘on, Qoratepa, Bagromdagi Vima Kadfiz va Kanishka hukmdorlarining tangalari timsolida namoyish etilgan.
Baqtriyada buddaviylikning kirib kelishi bilan bu yerda budda san’atining ta’siri namoyon bo‘ladi. Gandxara haykaltaroshlik maktabi an’analari an’analari ta’siri qayd etiladi. Ayritomdan topilgan toshdan yasalgan friz, er. II asr, Eski Termiz – Fayoztepada va Qoratepada I-III asrlarda ikkita budda ibodatxonalarining bezalishida buddaning rangtasvirli qiyofalari tasvirlangan.
Tangalar ikonografikasidan ma’lum bo‘ladiki, antik davr uchun mahalliy madaniyatning Old va O‘rta Sharq, Qadimgi Yunoniston, Rim, Hindiston va Sharq sahro mamlakatlarining madaniyati bilan o‘zaro aloqada rivojlanishi xos bo‘lib, u turli xil diniy va badiiy an’analar uyg‘unlashuviga olib keldi.4


Download 48.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling