Mavzu: Kvadrat tenglama va uning ildizlari


Download 327.29 Kb.
bet3/4
Sana19.12.2022
Hajmi327.29 Kb.
#1032719
1   2   3   4
Bog'liq
121-20 Turg\'unov Ulug\'bek 5

Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni qabul qila olishi mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining qiymatlari olinadi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 0-ga 0 dan 1 V-gacha bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 1-ga esa 2 dan 5 V-gacha bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi. TTL va ESL texnologiyalarida mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishning maksimal qiymati 5V, MOP texnologiyasida esa +3,3V bo‘lishi mumkin. EMAS mantiqiy ventili Rasmda ko’rsatilgandek NOT ventili bitta A va bitta Y chiqishga ega. Bundan tashqari, Y chiqish signali A kirish signaliga qarama-qarshi signaldir yoki inventirlangan (teskarilangan) A (inversed A). Agar A kirishda signal YOLG’ON bo'lsa, u holda Y chiqishda signal CHIN bo’ladi. Rasmda chinlik jadvali va Bul mantiqiy tenglamasi ham keltirilgan.

Triggerlar

  • Triggerlar
  • Triggerning eng keng tarqalgan turi - bu RS-triggeridir (S va R mos ravishda inglizcha set - o'rnatish va reset - tiklash). Triggerning shartli belgilanishi:
  • U ikkita simmetrikli S va R kirishga va ikkita simmetrik chiqishga ega Q va chiqadigan signal Q bilan Q signalning mantiqiy inkoridir.
  • S va R ikkita kirishning har biri kirish signallarini qisqa muddatli impulslar shaklida qabul qilishi mumkin
  • Kirishda impulsning mavjudligi birga, uning yo'qligi esa nolga teng deb hisoblanadi.

Yarim summator Bir razriyadli yarim summatorni (half adder) qaraymiz. 1-rasmda kursatilgandek yarimsummator ikkita kirish (A va B) va ikkita chiqishga (S va Cout) ga ega. S – bu A va B lar yig’indisi. Agar ikkala A va B 1 ga teng bo'lsa, u holda S ning chiqishi 2 ga teng bo'lishi kerak, bunday sonni bitta ikkilik razriyad sifatida ko'rsatish mumkin emas. Bunday holda, natija Cout-ni keyingi bitga o'tkazish bilan birga ko'rsatiladi. Yarim summatorni XOR (inkor YOKI) va AND (mantiqiy VA) elementlaridan qurish mumkin. Ko’p razriyadli summatorda Cout chiqish keyingi razriyad kirishiga ko’chirilib bog’lanadi. Masalan, 2-rasmda ko’chirish biti ko’k rangda ko’rsatilgan va u bir razriyadli summatorning 1-chi razriyad chiqishi Cout va summatorning keyingi razriyad Cin kirishi hisoblanadi.


Download 327.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling