Mavzu: Kvant xromodinamikasi va kuchlarning umumlashgan nazariyasi. Kirish


-rasm. Noturg‘un rezonatorda nurlarning yurishi va asosiy parametrlari F1 va F2 1 va 2 ko‘zgu fokuslar


Download 425.66 Kb.
bet6/12
Sana02.02.2023
Hajmi425.66 Kb.
#1135978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Kvant xromodinamikasi va kuchlarning umumlashgan nazariya

3-rasm. Noturg‘un rezonatorda nurlarning yurishi va asosiy parametrlari F1 va F2 1 va 2 ko‘zgu fokuslar

Bir rezonatorda yorug‘lik nurlarini harakatini ko‘rdik. Endi bu nur qanday vujudga kelishini ko‘raylik. Lazerlarni turlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ular uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: aktiv element, to‘ldirish qurilmasi va optik rezonator. Lazerning asosiy qismi – aktiv element – qattiq jism, gaz yoki suyuq modda bo‘lishi mumkin.



4-rasm. Lazer sxemasi. 1-rezonator, 2-damlash manbai, 3-go‘zgulararo soha

Aktiv element asosini dielektrik, yarimo‘tkazgich yoki suyuqlikdan iborat massa tashkil etadi. Uni ichiga qo‘zg‘olishi mumkin bo‘lgan aktiv markazlar kiritiladi. Masalan, yarimo‘tkazgichda 2 ta energetik sathli kirishma atom, gazlarda. Har xil energiyalarda ionlanuvchi atom yoki molekulalar. Rezonatorni nurlariga qarab aktiv qismda elektromagnit maydon intensivligi taqsimoti har xil bo‘lishi mumkin va bu soha kautsika deyiladi. K – manbadan chiqib optic sistemadan o‘tuvchi yorug‘lik nurlarini qamrab oluvchi sirt. Kaustikaning shakli va o‘lchamlari resonator ko‘zgulari shakli va o‘lchamlariga bog‘liq.





5-rasm. Ayrim rezonatorlar uchun kaustika shakllari
To‘g‘ri rezonatorlarning asosiy kamchiliklaridan biri uning aktiv qismi hajmining kaustikasi bilan mos kelmasligi ya’ni aktiv qism hajmining FIKni kamayishi. YA’ni bir kamchiligi kaustikaning tor qismidan katta zichlikdagi quvvatning o‘tishi u joyda tizilish hodisasi yuz berishiga olib keladi.
Sferik ko‘zguli noturg‘un rezonator lazer R1 va R2 radusli metall ko‘zgulardan foydalaniladi. Bunda nurlar generatsiyasi optik o‘qqa yaqin sohada vujudga keladi va ko‘zgular orasida bir necha marta qaytish natijasida kuchayib kichik ko‘zgu chegarasidan tashqaridan chiqib ketadi. Nurlanishni bir o‘tishda markaziy o‘qdan siljish kattaligi rezonatorni kuchaytirish koeffitsenti M deyiladi va u M=R1/R2 ga teng bo‘ladi.

Download 425.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling