Mavzu: Kvant xromodinamikasi va kuchlarning umumlashgan nazariyasi. Kirish


II BOB KVANT KUCHLARNING UMUMLASHGAN NAZARIYASI


Download 425.66 Kb.
bet7/12
Sana02.02.2023
Hajmi425.66 Kb.
#1135978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Kvant xromodinamikasi va kuchlarning umumlashgan nazariya

II BOB KVANT KUCHLARNING UMUMLASHGAN NAZARIYASI
2.1. Kvant mexanika predmeti, o‘rni, maqsadi.
"Kvant mexanika 5140200 ”Fizika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi "Nazariy fizika kursi" ning asosiy bo‘limi bo‘lib, hozirgi zamon nazariy fizikasida muhim o‘rin egallaydi va mikrozarralar (elektron, proton va boshqa elementar zarralar, molekulalar, atom yadrolari) va mikrozarrachalar sistemasining harakat qonunlarini, bu harakatlarni tavsiflash usullarini o‘rganadi.
Kvant mexanikada zarrachalar va zarralar sistemasini harakterlovchi fizik kattaliklar bilan fizik kattaliklarning tajribada bevosita o‘lchanadigan qiymatlari o‘rtasidagi munosabatlar hisoblab topiladi. Kvant mexanika odatda kichik tezliklarda o‘rinli bo‘lgan norelyavistik va tezliklarda o‘rinli bo‘lgan relyativistik kvant mexanikalari bo‘linadi. Norelyavistik kvant mexanika butunlay tugallangan va mantiqiy qarama-qarshiliksiz nazariya hisoblanadi, relyativistik kvant mexanika esa hozircha tugallanmagan nazariya hisoblanadi. Hozirgi kunda 19- asrgacha ma’lum bo‘lgan fizikani klassik fizika deb atash qabul qilingan.
Kvant mexanikaning fizika fanidagi tutgan o‘rni va qo‘llanish chegarasini olam masshtabi (o‘lchami) tushunchasida tasavvur qilish fikr doiramizni kengaytirishga yordam beradi.
Bir butun olam uchun umumiy (universal) qonuniyatlar yo‘qligini, olamning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olam o‘lchovini shartli to‘rtta sohaga ajratamiz.
1-soha: submikroolam;
2-soha: mikroolam;
3-soha: makroolam;
4-soha : megaolam.
Har bir olam o‘z fundamental doimiysiga ega, bu kattalik mazkur olamdagi fizik kattaliklarining o‘lchov birligi va bu fundamental doimiylik bir olamdan ikkinchi olamga o‘tish chegarasini bildiradi.
Submikroolam o‘lchami elektron o‘lchamidan (10-18 m) kichik bo‘lgan sohalar bo‘lib, texnik qiyinchiliklarga ko‘ra amaliy jihatdan o‘rganilmagan. Makroolam boshqa sohalarga qaraganda klassik fizika tomonidan nisbatan mukammal o‘rganilgan.
Megaolam fizikaning kosmologiya bo‘limi tomonidan o‘rganilmokda.
Mikroolam elektron o‘lchamidan (10-18 m) boshlab molekula o‘lchamigacha (10-7m ) bo‘lgan sohani o‘z ichiga oladi.
O‘lchami shu oraliqqa mos kelgan barcha zarrachalar (elementar zarrachalar, yadro, atom, molekula va xakozo) mikrozarrachalar deyiladi. Biz ularni qisqacha zarrachalar (zarralar) deb ham yuritamiz.

Download 425.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling