Mavzu: L. V. Bethoven ijodida Sanata simfonik janrlarining o'rni va taraqqiyoti


Download 1.06 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1572059
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5436058841471004373


Mavzu: L.V.Bethoven ijodida Sanata simfonik janrlarining o'rni va taraqqiyoti
Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………………………… 3
1-BOB. BETXOVEN ASARLARIDA SONATA JANRINING EVOLYUTSIYASI.
1.1. L. V. Betxovenning hayot yo’li.…………………………………………4
1.2. Vena klassiklari ijodida fortepiano sonata janrining ma'nosi va o'rni.…………………………………12
1.3. Pianino sonatasi - Betxoven ijodining "laboratoriyasi".........20
2-BOB. BETXOVENNING ILK SONATA ISHI: XUSUSIYATLARI, XUSUSIYATLARI.
2.1. Ilk sonata ijodining xususiyatlari.…………………………………………………22
2.2. L V Bethovenning “№ 8 c-moll (Pathetic), № 14 cis moll (Oy nuri)” sonatalar tahlili………………………………………25
XULOSA………………………………………………………………41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………………………42
ILOVALAR………………………………………………43


Reja:
KIRISH
1-BOB. BETXOVEN ASARLARIDA SONATA JANRINING EVOLYUTSIYASI.
1.1. L. V. Betxovenning hayot yo’li.
1.2. Vena klassiklari ijodida fortepiano sonata janrining ma'nosi va o'rni.
1.3. Pianino sonatasi - Betxoven ijodining "laboratoriyasi".
2-BOB. BETXOVENNING ILK SONATA ISHI: XUSUSIYATLARI, XUSUSIYATLARI.
2.1. Ilk sonata ijodining xususiyatlari.
2.2. L V Bethovenning “№ 8 c-moll (Pathetic), № 14 cis moll (Oy nuri)” sonatalar tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Lvudving Van Bethoven asarlarini o'rganish dolzarb mavzu hisoblanadi. Bethoven sonata janrida yaxshi ijod qilgan. Shu janrni yaxshi tushunish uchun ushbu janrga to'xtalib o'tamiz
Musiqada “mumtoz”, ya’ni, “klassika” tushunchasi dastlab Yevropa xalqlarining buyuk kompazitorlari ijodiga nisbatan baho berib, qo’llanilgan edi. Keyinchalik esa “klassika” atamasi jahonning ko’plab xalqlari madaniyati, adabiyotida yaratilgan, davr va vaqt sinovidan o’tgan, ko’pchilik, keng xalq ommasi tomonidan tan olingan, e’tirof etilgan ijod namunalariga ham qo’llaniladigan bo’ldi. Shu singari o’zbek musiqasi san’atida ham xalqimizning milliy qadriyatlariga aylanib ulgurgan xalq ashulalari (mumtoz deb ataluvchi qo’shiqlar), katta ashula, dostonlar va maqomlar (Shashmaqom, Xorazm maqomi, Toshkent – Farg’ona maqom yo’llari) hamda ular ta’sirida yaratilgan kuy – qo’shiqlar, ya’ni og’zaki an’anadagi professional janrlardagi asarlarga nisbatan qo’llanila boshlandi.
Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Beethoven simfonik musiqa tafakkuri (qarang Simfonizm) koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan.
Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Beethovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi.
San’at asarlarida inson o'zini o‘rab turgan hayot haqida hikoya qiladi. Poeziya yoki tasviriy san’at kabi musiqa ham boy va turli-tuman dunyoni ko'rish va tushunib yetishga yordam beradi. U haqqoniy va afsonaviy voqealar haqida hikoya qilishi, tabiat manzarasini tasvirlashi, poyezd harakati yoki quvnoq olomon shovqiniga taqlid qilishi mumkin. Lekin musiqaga, ayniqsa, odamlar kayfiyati, ulaming his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifodalash xosdir.
Qo‘shiq, romans, xor ijrosining mazmunini osonlik bilan gapirib berish mumkin. Bu yerda mazmun doimo aniq va ravshan, chunki musiqa so‘zlar bilan birgalikda sadolanadi. Opera yoki baletda teatr sahnasida muayyan voqealar sodir bo'ladiki, ulami ko‘rib, kuzatish mumkin. Ammo alohida cholg‘u asbobi yoki orkestr uchun yozilgan asarlarda mazmun faqatgina musiqa tovushlari orqali ochib beriladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling