Mavzu: Lahim o’tuvchi kombaynlarni boshqarish sxemalari (gpks, Soyuz-19) Reja: Lahim o’tuvchi kombaynlar
GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi
Download 112.92 Kb.
|
Lahim o\'tishs
GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi: PM1 va PM2 masofadan turib boshqariladigan ishga tushirgichlar, boshqaruv stantsiyasiga bevosita kombayndan turib kuchlanish uzatuvchi va chang so’ruvchi elektr yuritgichlar; mahalliy yoritishni qo’shish; har qanday elektr yuritgichini tovushli signalni uzatmasdan turib ishga tushirishning imkoni yo’qligi; kombaynning ishlash jarayonida ogohlantiruvchi tovushli signalni uzatish; ijrochi organ elektroyuritgichini sug’orish tizimida suvning bosimi bo’lmaganda uzish; boshqaruv stantsiyadan turib kombayn elektroyuritgichlarini boshqarish; vaqt bo’yicha kombayn ishlari hisobi; magnit kuchaytirgichli masofadan turib boshqarish zanjirida uchqun chiqishi xavfsizligi; tokdan himoya; konveyer va ag’darilishidan himoyada yoki elektr yuritgichining ijro organini ishga tushirib bo’lmaganida;nolь himoyada, boshqarishda yo’qotishdan himoya; quvvatlanuvchi kabelni simlarini zaminlashning butunligini nazorat qilish; signal berishda (N katushkali sirenadan tashqari)zanjirlarning butunligini nazorati.
Kombaynga kuchlanishni uzatish va chang so’ruvchi elektr yuritgichi shtrekka o’rnatilgan PM1 va PM2 magnit kuchaytirgichli ulash bilan masofadan turib boshqarish stantsiyasi pulьtidan boshqariladi. Nasos uskunasida PMZ kuchlanish PM2 tutashtiruvchi blok-kontakt ishga tushirgich ulangandan keyin magnitli ishga tushirgich orqali uzatiladi, PM1 va PM2 ishga tushirgichlarni ulash imkoniyatini ta’minlash uchun ishga tushirgichlarning ichki tomonida almashlab ulagichlar qo’yilishi zarur va ularni ajratgichga ulash lozim. Shu bilan boshqaruv stantsiyasidan 18V kuchlanish uzatiladi va boshqaruv stantsiyasidan PM1, PM2 va PM3 ishga tushirgichlarni boshqarish imkoniyati ta’minlanadi. PM1 ishga tushirgichini ulash uchun ijrochi organda blokirovkalash S13 (PU1) tugmachasida qayd qilish lozim S14 (PU2) yuk tushirgich-yuk ortgichda va boshqarish stantsiyasida S9 «Tarmoq o’chir.» tugmachasi va S10 knopkasini bosish, “Tarmoq” degan tutqichni “Ulangan” degan holatda burilma. S10 tugmasini bosayotganda ishga tushirish kontaktori boshqarish relesi zanjirida 3-10 kontaktlar tutashib ketadi, oxirida ulanadi va boshqarish stantsiyasiga kuchlanish uzatadi. 3-10 ishga tushirish kontaktlari ulanganda S10 tugmasi rezistor R1 bilan shuntlanadi va S10 tugmasini ishga tushirgandan keyin ishga tushirgich ulangan holda qoladi. Mahalliy yoritishda NL1 va NL2 faralarini o’t olishi komaynda kuchlanish borligidan dalolat bo’ladi. PM2 ishga tushirgich ulanganida S11 tugmasini bosish kerak, “CHang so’rgich” dastasini “Ishga tushirish” holatiga buraladi, shu bilan PM2 ishga tushirgich ulanadi, 45-46 kontaktlari S11 tugmasiga R2 rezistori bilan shuntlanadi va ishga tushirgich tugmacha ishga tushirlganidan keyin ulangan holda qoladi. SHu bilan blok kontakt tutashganida K1 ishga tushirgichdan PM2 ishga tushirgich PMZ ulanadi va elektr yuritgichli nasosli uskunaga kuchlanish uzatiladi. Sug’orish tizimida suvning talab qilinadigan bosimi Ye3 kontakt rele bosimi bilan tutashadi va K1 kontaktorini zanjirga ulashga tayyorlanadi. Ijro mexanizmlarini elektr yuritgichlarini ulashdan oldin albatta ogohlantiruvchi “Signal” holatida “To’xta signal” buriladigan dastasi orqali tovushli signal berilishi kerak. Shu bilan S1 tugmachasi bosiladi va 14-18 o’z kontaktlari sirenaning ta’minlovchi zanjirini va K5 vaqt relesi vaqtini N tutashtiradi. Sirena kuchlanish ostida ulanadi, vaqt relesi K5 ishlab ketadi va o’z 14-15 kontaklarini S1 kontakti tugmasiga shuntlaydi, 57 tugmasini ishga tushirganda sirena zanjirini ta’minlashni saqlab qoladi. Keyingi operatsiyalarda sirenaning tovushli signali yo’q bo’lib qolganida ijrochi mexanizmlarga ulash taqiqlanadi. 15 – 17 vaqt relesining ikkinchi kontakti K5 oqib o’tishi bo’yicha 6-12 ( signal uzatish vaqtining uzunligi) vaqt relesini K5 ulaydi, 14 – 19 kontakti K7 relesini uz ichiga oladi. K7 oraliq relesi 16-18 o’z kontaktlarida sirenani va vaqt relesi K5, K6 uzib qo’yadi, 26 - 27, 30 - 31, 36 – 37 kontaktlarini esa K1, K2, K3 i K4. Kontaktorlar zanjiriga ulash uchun tayyorlaydi. SHularga qaramasdan K6 vaqt relesining 14-19 kontaktlari K7 releni ta’minlash zanjirida 4-6 s. davomida tutashgan holda qoladi. Elektr yuritgichini har qanday ulashda 4-6 s davomida signal uzatish tugaganidan keyin amalga oshirish mumkin. Agar ana shu vaqt ichida zarur elektr yuritgichi ulanmasa, yana qayta takroriy signal berish kerak va signal chalinib bo’lgandan keyin yuritgichь yoqiladi. Gusenitsali yuruvchi elektr yuritgichi “Ishga tushirish” holatida “Yurgizuvchi qismi” dastagini buraganda S7 knopkasini bosish bilan ulanadi S7 knopkasini bosishda K3 kontaktor g’altagi zanjirida 35-37 kontaktlari tutashadi. Kontaktor ulanadi va asosiy kontakt bilan gusenitsali yuruvchi elektr yuritgichga kuchlanish uzatadi, blok-kontaktni esa 35-37 kontaktlariga va S7 knopkasia shuntlaydi. Elektr yuritgichni to’xtatish S8 tugmasini bosish bilan “Ishga tushirish” holatida “Yurgizuvchi qismi” dastagini buraganda amalga oshiriladi. Yuk tushirgich –yuk ortgich elektr yuritgichlarini ulash va konveyerda “Ishga tushirish” holatida “Konveyerda yuk tushirgich –yuk ortgich” dastagini buragan bilan amalga oshiriladi. Bu bilan S6 va S4 tugmalari bosiladi 31 – 32 kontaktlari K4 kontaktori g’altagi zanjirida va K2 kontaktor g’altagi zanjirida 29-31 kontaktlarida tutashuv hosil qiladi . Kontaktorlar ulangach , elektr yuritgichiga asosiy kontaktlarda kuchlanishni uzatadi, blok-kontaktni esa o’zining ishga tushiruvchi tugmachasiga shuntlaydi. Konveyerda yuk ortgich –yuk tushirgichni o’chirish va S5 birta tugmachasini orqali amalga oshiriladi, “Yuk ortgich –yuk tushirgich- Stop konveyeri” holatida “Signal-stop”dastagini burilma orqali amalga oshiriladi. Ijro organlarining elektr yuritgichi “Ishga tushirish” holatida “Ijro organi” burilma dastagi bilan ulanadi, shu bilan birga S2 tugmasi bosiladi, 25-26 kontaktlari K1 kontaktor g’altagi ta’minlovchi zanjirida tutashuv hosil qiladi, elektr yuritgichiga o’zining asosiy asosiy kontaktlari orqali kuchlanishni uzatadi va oxirida ulanadi, blok-kontakti bilan esa 22-25 kontaktini S2 tugmasiga shuntlaydi. Sug’orish tizimida suv bosimi bo’lmagan vaqtda U3 relesidagi 24-27 kontaktlari ajratiladi va S2 tugmasini ishga tushirganda elektr yuritgichь o’chib qoladi. “Ishga tushirish” holatida “Ijro organi” burilma dastagi S3 tugmasini bosish bilan elektr yuritgichi to’xtab qoladi. Shaxtalarda qo’llaniladigan, yuqorida qayd kilingan mashina va mexanizmlarda asosan uch fazali uzgaruvchan elektr energiyasi (bundam zlektrovozlar mustasno) qo’llaniladi. SHu sababli, ularda eng sodda s.t.r. asinxron yuritgichlarda qo’llanadi va ularni boshqarish uchun elektromagnitli ishga tushirgichlardan yoki magnit staitsiyalardan keng foydalaniladi. Shu bilan birga yuqori kuchlanishli elektr uskunalar qo’llaniladigan xar xil yuritgichlar bilan jixozlangan, katta quvvatli,qo’zg‘almas isteomolchilar xam mavjud. Bularga kutarish, suv xaydash (nasos), shamollatish (ventilyator) va xavo sisish (kompressor) mashinalari kiradi. Shaxta laximlarini utish uchun qo’llaniladigan kombayanlarning elektr uskunalariga - elektr yuritgichlar, boshqarish stansiyasida ishga tushirish va ximoyalash jixozlar va yoritgichlar kiradi. Kombaynlarning ishchi organlarida EDK, EDK0G MA; yuklash, yurgizish organlarida, nasos stansiyalarida - KO, KOF; lentali qayta yuk-lash mashinalarida - KOI va MO turidaga yuritgichlar qo’llaniladi. 8.2. jadvalda (misol tarikasida) GPK turidagi kombaynlarnkng elektr uskunalarining ruyxati va elektr sxemasi keltirilgan. Keltirilgan sxemaga kuyidagi vazifalarni bajarish yuklatilgan: - kombaynni boshqarish; - yuritgichlarning ishga tushish vaktini chuzilib ketishidan ximoyalash; - yuritgich chulgamlariga issiklik relelarini urnatish; - taomirlash davrida ijro organning ishga tushishiga yul bermaslik; - ijro organiga uzatiladigan suvning bosimini va sarfini nazorat kilish va normadan kamaysa yuritgichni uzish yoki ishga tushirmaslik; - kombayn yuritgichlarini ulashni ketma-ketligini ta’minlash; - shikast oldidan mashinadan kuchlanishni uzish; - xar turli xabarlash jixozlarini kullash; - kombaynning ishlash soatini ulchash va x.k. GPK kombaynning elektr sxemasiga metan relening kontakti F6 kirgizilgan. Shu sababli laximda metan kupaysa, kombayn PMI orkali avtomatik o’chiriladi. Download 112.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling