Reja: Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish
Download 0.56 Mb.
|
ELwBoKXiFPp6V8Vqsyiar3vusMHSUKzP
Mustaqil ish Rotorli kombaynlar Reja: Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish Donni tozalash va saralash usullari Don tozalashning nazariy asoslari TSilindrik trier ishi Respublikamizda keng tarkalgan «Keys» galla kombaynlari deyarli barcha don ekinlari hosilini yigishtirib olishga moljallangan. Mazkur kombaynlar dunyodagi uta yuksak texnologiya asosida ishlab chikilganligi sababli, eng puxta, nobudgarchilikka kam yol kuyadigan, juda yuqori ish unumiga ega bolgan va eng muximi, kombaynchi uchun xavfsiz va kulay ish sharoiti mavjud bolgan mashinalardan xisoblanadi. Mashinada elektronikadan uta keng foydalanilganligi sababli, kombayn qismlarining ishini uzluksiz nazorat qilish imkoni mavjud. 1- jadval Kombayn tavsifi 1-jadvalda keltirilgan (ayrim modellari uchun).
Buyurtmachi uz xoxishi buyicha kamrov kengligi 4,47 m, 5,33 m, 6,10 m, 6,86 m, 7,62 m variantdagi kombaynlarni sotib olishi mumkin. Kombaynning ish unumi uta yuqori. Masalan, Uzbekiston mashina sinov stantsiyasidagi tajribalar natijasida kamrov kengligi 5,7 m, ishchi tezligi 5,4 km/soat bolgan kombayn 1 soatda 1,88 ga (bir soat asosiy vaqtda 3,02 ga) maydondagi bugdoyni yigishtirishi aniqlandi. Smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti 0,62. Bu, Rossiya kombaynlariga nisbatan taxminan 3 baravar kupdir. Kombaynning tuzilishi. Kombayn urgich (xeder), yanchish apparati, tozalash qismi, motor va boshkaruv organlaridan iborat (229- rasm). Kombayn urgichi 1 ning tuzilishi kuyidagicha: segment-barmokli urish apparati 2, universal motovilo 3, urilgan poyalarni urtaga tuplaydigan shnek 4 lardan iborat. Bu qismlarning tuzilishi, ishi va sozlanishi boshqa kombaynlardan fark kilmaganligi sababli, uni kayta bayon kilmasdan, faqat ayrim xususiyatlarigina keltirilgan. Odatda, Rossiya kombaynlarining urish apparati urgich brusiga bikr ornatilgani sababli, yerning notekisligiga moslasha olmaydi. Bunday apparat past buyli ekin urimida hosilning 810% ini yerga tuqilishiga sababchi boladi. Mazkur kombaynga buyurtma qilinsa, unga moslanuvchan (kopirlovchi) urish apparati ornatilib, galla ni pastrok urishga erishish mumkin. Segmentlar kadami va katnash yuli aslida 3 dyuym (76,2 mm) qabul qilingan, ammo ayrim ekinlar uchun masalan, sholi uchun buyurtma asosida katnash yuli 1,5 dyuym (38,1 mm) bolgan segmentlar ornatilishi mumkin. Urgich shnegi sharoitga qarab 4 xil tezlikda aylanishi va urgich tubiga nisbatan 12,7 25 mm tirkish bilan ornatilishi mumkin. Urgichni kotarib-tushirishda silkinmasligi uchun pnevmoakkumulyator ornatilgan. Yanchish apparatini muxofaza qilish maksadida esa urgich toshtutkich bilan jixozlangan. «Keys» kombaynlariga aksial-rotorli yanchish apparati 6 ornatilgan (229- rasm). Bu turdagi apparat ilgari keng tarkalgan shtiftli yoki savagichli baraban ornatilgan apparatdan tubdan fark kiladi. Aksial-rotorli yanchish apparati asosini (230- rasm) uta uzun (deyarli 3,0 m) rotor (baraban) 3 va unga kiydirilgan kuzgalmas kobik 2 tashkil kiladi. Rotor 3 val 6 ga ornatilgan shkiv 10 yordamida ikkita tayanch podshipniklar 8 da aylanib turadi, kobik esa kuzgalmasdir. Urgichning kiya transportyori 5 keltirayotgan galla ni ichkariga tortib kiritish uchun rotorning bosh qismiga vintsimon kurakcha 1 ornatilgan. Rotorning birinchi yarmi galla ni yanchishga moljallanganligi sababli, uning sirtiga turli shakldagi savagich 4 (mayda yoki yirik tishli egovsimon uzun, kiska, vintsimon bukilgan yoki togri bruslar) ornatilgan. Savagichlar rotor sirtiga chap yunalishdagi vint chizik boylab joylashtirilgan, shu sababli ular galla ni rotorning oxiriga uzluksiz siljitib turadi. Rotorning ikkinchi yarmi somon elagich vazifasini bajaradi, shu sababli u yerga savagichlar urniga somon titkich 7 lar ornatilgan bolib, kobigi esa somonni elash uchun uch sektsiyali galvirsimon sirt korinishida tayyorlangan. Kombaynning tozalash qismiga me`yoridan ortiq maydalangan somon va kipiklar tushmasligi uchun ayrim sektsiyalar teshiksiz ornatilishi mumkin. Boshoklardan donni ajratib olish jarayonini kuchaytirish maksadida, rotor kobigining ichki sirtiga ung yunalishdagi vint chiziklari boylab kuzgalmas kovurga 5 lar ornatilgan. Yanchilayotgan galla dan donni ajratib olish uchun kobik birinchi yarmining pastki bulagi yirik galvir shaklida, uning tubi (rotor tagligi, deka) esa chivikli panjara 10 korinishida yasalgan. Chivikli panjara ustiga donni yanchib ajratuvchi brus (planka)lar ornatilgan. Rotor tagligi oldinma-keyin joylashgan uchta bulak (sektsiya) dan iboratdir. Taglik bir tekis yuklanishi uchun ba`zan uning panjarasimon qismining ayrim joylarini brus (plastina)lar bilan bitik kilib yopib kuyish maksadga muvofik boladi. Kiyin yanchiladigan galla ga ishlov berishda, taglik panjarasi chiviklari ustidagi bruslar urtasiga qoshimcha brus ornatilishi mumkin. Kobik ikkinchi bulagining yarmidan ortiqrok qismida darchalar 9 mavjud. Rotor bilan uning tagligi orasidagi tirkishni, ish joyidan kombaynchi elektrik vosita yordamida ozgartirishi mumkin. Ammo tirkish rotorga ekstsentrik, bir xil kenglikda bulmay, balki poyalar kiritilayotgan tomonida kengrok, chiqayotgan tomonda torrok kilib ornatiladi (230-a rasm). Rotor kobigidan chiqayotgan somon buyurtmachi xoxishiga kura firma tomonidan ornatiladigan somon tuplagich yoki uni maydalab yerga sochib ketadigan moslama (229- rasmdagi maydalagich 16 va somon sochgich 17) bilan ta`minlanishi mumkin. Kombaynning tozalash qismi ishlash printsipi buyicha boshqa firmalarnikidan deyarli fark kilmaydi (229- rasm): ustki (chori) 18, pastki (don) 20 galvirlar va ularning tagiga kuchli havo yuboradigan diametrial ventilyator 22 lardan tashkil topgan. Tozalangan donni elevator 21 don bunkeriga, chala yanchilgan boshoklarni takror yanchish uchun rotor ustiga tashlaydigan boshok elevatori 19 lar xizmat kiladi. Kombaynning texnologik ish jarayoni kuyidagicha bajariladi: motovilo parragi poyalar tuplamini urish apparatiga engashtirib keltiradi va qirqish vaqtida ularni suyab turadi. Keyin, shu parrakning uzi urilgan poyalarni urgich tubiga yotishiga yordam beradi. Urgich shnegi chetdagi poyalarni urtaga tuplab, ularni kiya transportyorga yetkazib beradi. Transportyor esa urilgan galla ni yanchish apparatiga uzatadi. Transportyordagi moslama poyalar bilan aralashib kelayotgan toshlarni ajratib olib koladi. Rotor uchidagi vintsimon kurakchalar transportyor uzatayotgan galla ni kobik ichiga tortib kiritadi va rotor bilan panjarasimon taglik orasidagi tirkishga siljitadi. Aylanayotgan rotor tishlari galla ni panjarasimon taglikning kop kirrali yuzasi boylab katta tezlik bilan sudrab utadi. Taglik tirkishidan chikkan galla rotor tishlari ta`sirida uzluksiz orqaga siljitiladi. Kobik ichiga rotor tishlari joylashgan vintga teskari kilib kovurgalar ornatilgan bolib, ular boshok zarb bilan urilganida donning ajralib chikishini kuchaytiradi. Shu bilan birga, yanchilayotgan galla ning kobik boylab siljishi sekinlashib, donni toliq ajratib olishga imkon tugiladi. Tishlar ta`sirida yanchilayotgan massa rotor bilan birgalikda kobik ichida bir necha marta (taxminan 2,5...3,0 marta) aylanib, takroran panjarasimon taglik ustidan sudrab utiladi. Natijada yanchilayotgan galla ga mazkur apparatning ta`sir yuli va vaqti oddiy apparatlarga nisbatan bir necha (6...7) marta kop boladi. Shu sababli rotorning zarb berish tezligini minimal, baraban va taglik orasidagi tirkishni esa kuprok ornatib, donlarni boshoklardan shikastlantirmay, toliq ajratib olish imkonini yaratish mumkin. Yanchilayotgan galla rotorli barabanning birinchi yarmidan utgandayok ulardagi don boshokdan deyarli toliq ajrab ulguradi. Shu sababli rotorning ikkinchi yarmida yanchish urniga somon elanadi, don va boshok qoldiqlari ajratib olinadi. Bu jarayon oddiy kombayndagi somon elagich ishi urnini bosadi. Rotor va kobik oraliKidan maydalanib chiqayotgan somon, buyurtmachining xoxishiga qarab maydalanib, yerga sochilishi yoki somon tuplagichda yigib olinishi mumkin. Kobikdagi teshiklardan pastga tushgan don va mayda aralashmalar shnek yordamida tozalash qismiga, uning yuqori (chori) galviri ustiga yetkaziladi. Tebranib-titrab harakatlanayotgan bu galvir kuzlaridan toza don bilan birgalikda mayda aralashmalar pastki (don) galviriga tushadi va elanadi. oalvirlar ostidan yuqoriga qarab uzluksiz ta`sir kilayotgan kuchli havo okimi yengil va puch aralashmalarni orqa tomonga uchirib olib ketadi, natijada don tozalanadi. Tozalangan sof don pastki galvir kuzlaridan utib, don shnegiga tuplanib tushadi. Shnek esa uni don elevatoriga, sungra bunkerga yetkazadi. oalvir kuzlaridan uta olmagan yirik va ogir boshoklar yuqori galvir uzaytirgichidan boshok shnegiga, sung boshok elevatori yordamida takroriy yanchish uchun rotor ustiga tashlanadi. Qismlarni ishga sozlash maxsus elektrik yoki gidravlik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ayrim sozlash ishlari kulda bajarilishi mumkin. Kabinadagi kuplab pribor va boshkaruv organlari kombayn xaydovchisiga sifatli ishlashiga, ish vaqtida hamma qismlarning holati, ishi togrisida toliq ma`lumotlar olib turishi va ish sifatini nazorat qilishiga, texnologik jarayonni optimal rejimda bajarilishiga zamin yaratadi; dvigatel ish tartibi, kabinadagi mikroiklim, gidro va elektr sistema korsatkichlaridan tashqari asboblar yordamida kuyidagilar ham nazorat kilib turilishi mumkin: bunkerdagi don miqdori; bunkerdagi donni bushatish shnegining holati, kombayn tezligiga rotor aylanish tezligining mutanosibligi, urilgan maydon kattaligi, motovilo tezligi, dala notekisliklariga urgichning moslanishi (avtomatik va kulda); rotor bilan uning tagligi orasidagi tirkish oraliKi, tozalash qismi ventilyatorining tezligi, rotorning aylanish tezligi, motovilo parragi tezligining kombayn tezligiga mutanosibligi; kiya transportyorning holati va boshkalar. Kombaynga boshqa olchamdagi yurish gildiraklari ornatilsa, kiya transportyor tezligini ham unga mos hol da ozgartirish talab qilinadi. Yanchilayotgan ekinning turiga qarab, rotorning aylanish tezligi 3001200 ayl/min oraligida ozgartirilishi mumkin. Barabanning tezligi me`yoridan ortiq bolsa, don chatnashi, kopayishi, aksincha, kam bolsa chala yanchilishi mumkin. Ammo rotorning minimal tezligi yanchilayotgan maxsulotning markazdan kochma kuchlar ta`sirida kobikdagi kuzgalmas kovurgalarga zarb bilan urilishini ta`minlaydigan miqdoridan kam bulmasligi kerak. Rotor tezligining me`yoridan oshib ketganligini donning bunkerga chatnab tushishidan tashqari, somonning mayda bulaklarga bulinib chiqayotganligidan ham bilish mumkin. Yanchilayotgan maxsulotning turiga qarab, rotor sirtiga turli savagich (togri vintsimon, egilgan egovsimon brus, planka) lar yoki tishlar ornatiladi. Vintsimon brus kupincha makkajuxoriga moslangan bolsa ham, ammo bugdoy uchun ham ishlatilishi mumkin. Buni rotor kobigidagi kuzgalmas kovurgalarni turli holatda kotirish xisobiga poyalar siljishini kamaytirish maksadida, ya`ni toliqrok yanchish uchun kovurgalar tikrok ornatiladi. Baraban tagligi besh xil variantda ornatilishi mumkin (panjara chiviklarining diametri ozgartirilsa, teshiklar olchami ham ozgaradi). Taglik bilan rotor orasidagi tirkish keragidan ortiq bolsa, rotorning taglikni sidirib tozalashi kamayadi. Natijada taglik teshiklari tikilib kolishi mumkin. Taglik teshiklari turli shaklda bolib, yanchilayotgan maxsulotga moslab almashtirib kuyiladi. Chuzinchok teshikli taglik somonni kuprok maydalab, kuchlirok ezib yuboradi. Shu sababli firmaga kupincha shakli har xil bolgan taglik qismlarini tayyorlashga buyurtma berish kerak. Kombayn ishidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etishda kuyidagi choralar kuriladi: Don kop shikastlansa: rotor tezligini kamaytirish, baraban tagligi bilan rotor orasidagi tirkishni kattalashtirish, taglik panjarasidagi chiviklarning bir qismini olib tashlash kerak. Don chala yanchilayotgan bolsa: rotor tezligini oshirish, baraban tagligi bilan rotor orasidagi tirkishni toraytirish, qoshimcha kovurgalar ornatish kerak. Somon bilan birga don kushilib chikib ketayotgan bolsa, baraban tagligining teshiklari tikilib kolgan (urgich past ornatilganligi sababli tuproq donga aralashib, teshiklarga tikilib koladi) bolsa, uni tozalash, agar teshiklarga don tikilib kolaversa: rotor bilan taglik orasidagi tirkishni, taglik panjarasidagi chiviklar sonini, rotor tezligini kamaytirish, kobik kovurgalarini yotikrok ornatish kerak. Ustki galvirdan mayda somon bilan kipik aralashgan don tushishi kuzatilsa: havo okimini kuchaytirish, shu galvir kuzlarini kattalashtirish, rotor tezligini kamaytirish kerak. Pastki galvir donni tozalab ulgurmayotgani kuzatilsa: ustki (chori) galvirning kuzlarini toraytirish, havo okimini kopaytirish, kombayn va rotor tezligini kamaytirish kerak. Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish Galla hosilining bir qismi uni yigishtirib olish jarayonida nobud boladi. Nobudgarchilik biologik va mexaniq sabablarga kura kelib chikishi mumkin. Biologik nobudgarchilik pishgan donning boshokdan shamol ta`sirida yerga tuqilishi tufayli yuz beradi. Shu sababli pishib yetilgan galla ni zudlik bilan yigishtirib olish lozim. Ilmiy- tadkikot ishlarining natijasiga kura, don toliq pishgan vaqtda paykalning birinchi bulagidan 29,5 ts/ga, besh kundan sung shu paykaldan 28,4 ts/ga, un kundan sung 23,4 ts/ga, un besh kundan sung 21,6 ts/ga, yigirma kundan sung 18,5 ts/ga hosil olingan. Bugdoy dumbul davrida (don namligi 27...30%) urilganda esa hosildorlik 40,3 ts/ga, chala pishgan holatida (don namligi 20,0%) 40,1 ts/ga, toliq pishgan holatida (don namligi 10,0%) 36,4 ts/ga bolgan. Demak, hosildorlik deyarli 10% ga kamayar ekan. Dumbul davrida urilgan bugdoyda 12,7% oksil bolsa, toliq pishgan davrida 11,8% ga kamaygan. Dumbul davrida urib olingan galla ning hosili joyida turib pishganiga karaganda kuprok boladi, chunki urilgan poya kurishi jarayonida undagi ozikni boshokdagi don uzlashtirishi natijasida uning tukrok bolishi aniqlangan. Bu rakamlar hosilni yigishtirish muddatini tanlash uta katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiklaydi va pishgan hosilni qanday usul bilan bulmasin, tezroq yigishtirib olish kerakligini korsatadi. Demak, don nobudgarchiligini kamaytirish maksadida dunyodagi kop galla kor davlatlarda bugdoyni dumbul vaqtida urib olib, kuritilganidan sung uni yanchish usuli keng tarkalgan bolib, bu usul uzini oklamokda. Mexaniq nobudgarchilik kombayn qismlarining boshokni urishi, ukalashi, ezishi ta`siridan kelib chiqadi. Mexaniq nobudgarchilik bevosita (erga tuqilish) va bilvosita (donning shikastlanishi) korinishida yuz beradi. Kombayn yigishtirgan donning biror qismi singan, yorilgan, ezilgan boladi. Shunday bolsada, shikastlangan don keyinchalik ajratib olinadi va uni ozuka tayyorlashda ishlatiladi. yepra tukilgan donni terib olish mumkin bulmaganligi sababli nobudgarchilikka yol kuyilgan boladi. Kombayn pishgan galla ni yigishtirayotganda yerga tukilayotgan donning kariyb 70....80%i uning urgichidan tukiladi. Urgichdan yerga, asosan, butun boshoklar va boshokdan ajratilgan don tukiladi. Shuning uchun ish jarayonida urgichning texnik holatiga, togri sozlanganligiga aloxida e`tibor berish lozim. Urgichdan yerning har kvadrat metr yuzasiga xatto bittadan boshok tukilsa (boshokda 20...30 donagacha don boladi), gektariga 10...15 kg don nobud boladi. Urgichdan yuzaga keladigan nobudgarchilik birinchi navbatda, urish balandligi notogri rostlanganligi tufayli ruy beradi. Urish balandligi har bir paykal sharoitiga (poyalarning zich usishiga, balandligiga, yerning notekisligiga, tosh va kesaklarning yirikligiga, poyalarning yotikligiga ѕ) qarab o’rnatiladi. Urish balandligi 10 sm bo’lsa, nobudgarchilik 0,9%, 20 sm da 1,6%, 30 sm da 3,3% va 40 sm ornatilsa, nobudgarchilik 4,8% bolishi aniqlangan. Urish balandligi katta bolsa, poyaning urilgan qismi kalta boladi. Kalta urilgan poyalar urgich ustida tuplanganda bir-biriga kamrok aykashadi va boglanadi. Shu sababli ayrim boshoklar urgichdagi tuplamdan ajralib, yerga tushib ketadi. Urish apparati segmentlari utmas bolib kolsa ham poyalar toliq qirqilmay, boshoklar yerda kolib ketadi. Uta hosildor yerlarda yanchish apparatiga tushayotgan galla miqdorini kamaytirish maksadida ayrim xaydovchilar kombayn urgichining kamrov kengligidan toliq foydalanmasdan, uning bir bulagini bush koldirib ishlashadi. Bu hol da, urilgan boshoklarning chetidagilari yerga tushib ketadi. Demak, yanchish apparatiga tushadigan galla miqdorini urish balandligini yoki urgichning kamrov kengligini kamaytirish bilan emas, balki kombaynning yurish tezligini (motor vali tezligini ozgartirmasdan) pasaytirish xisobiga kamaytirgan ma`kuldir. Bulardan tashqari, don nobudgarchiligi motoviloning togri sozlanishiga ham bogliq. Motoviloning aylanish tezligi togri tanlansa, uning parraklari poyalarni urish apparati tomoniga engashtirib keltirishi, qirqish vaqtida ularni suyab turishi, urilgan poyalarni urgich tubi va shnegiga yotkizib berishi me`yorida kechadi. Kombayn tezligi Vk kancha katta bolsa, motovilo parragining tezligi Vn shuncha kam ornatiladi. Aksincha, Vk kamaytirilsa, Vn kopaytiriladi. Pishgan galla ni yigishtirishda motovilo parraklarining tezligini togri tanlashga ham aloxida e`tibor berish kerak. Bunga ilova kilib 2-jadvaldagi ma`lumotlarni keltirish mumkin. Past buyli galla urimida motovilo tezroq aylantirilishi kerak, aks hol da urilgan kalta poyali boshoklarni urish apparati ustidan yerga tuqilishi kupayadi. Motovilo balandligi shunday ornatilishi kerakki, parraklar poyalarning ogirlik markaziga tegsin. Agar motovilo vali me`yoridan pastrok ornatilsa (parrak poyaning ogirlik markazidan pastrok joyiga tegsa), poya parrakning old tomoniga engashib, yerga tushib ketishi mumkin. Agar motovilo vali me`yoridan yuqorirok ornatilsa, parrak bevosita boshokni urib, donni yerga kop tukadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling