Reja: Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish


Download 0.56 Mb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1042010
1   2   3   4   5
Bog'liq
ELwBoKXiFPp6V8Vqsyiar3vusMHSUKzP

2- jadval
Don nobudgarchiligiga urgich va motovilo tezliklarining ta`siri

Kombayn o’rgichining tezligi Vk , m/s

motovilo parragining tezligi Vn , m/s

Vk ning Vn ga nis ati

O’rtacha nobutgarchilik, %

2,44 (8,78)
2,71 (9,75)
3,23 (11,62)
4, 08 (14,68)

3,05
3,38
4,04
5,10

1,25
1,25
1,25
1,25

0,21
0,35
0,62
1,02

Past buyli g’alla ni urishda motovilo valini eng kuyi holatiga tushirib ishlatish, parraklarga eni 120...150 sm bo’lgan rezina tasmalar o’rnatib, ularni kengaytirish kerak. Aykashib yotib kolgan g’alla ni urishda motovilo vali urish apparatiga nisbatan oldinga 60...70 mm ga surib o’rnatiladi. Kombaynning tezligi kancha katta bo’lsa, motoviloni urish apparatiga nisbatan kuprok oldinga surish lozim.


Don nobudgarchiligi kombaynning yanchish va tozalash qismlarida ham sodir bo’ladi. Yanchish apparati donni shikastlantirishi hamda boshoklarni to’liq yanchmasdan hosilning bir qismini somonda koldirishi mumkin.
Yanchish apparatini sozlash barabanning aylanish tezligini tayinlashdan boshlanadi. Chunki yanchilayotgan donning shikastlanish darajasi birinchi navbatda barabanning aylanish tezligiga, yanchilayotgan g’alla turiga, holati (namligi, begona utlarning kupligi, somon miqdori) ga bog’liq bo’ladi. Kombaynlarda yanchish barabanining diametri bir xil bulmaganligi uchun ulardagi barabanning aylanish soni ham bir-biridan fark kiladi, ammo bir xil sharoitda baraban tishlarining chizikli tezliklari o’zaro teng kilib sozlanadi.
Urgichda sodir bo’ladigan nobudgarchiliklarning sabablari 3-jadvalda umumlashtirilgan ko’rinishda keltirilgan.
3- jadval
Urgichdagi nobudgarchilik sabablari

Nobudgarchilik

Nobudgarchilikning sabablari

Don to’qilishi

  1. Motovilo tezligi me`yoridan ko’p bo’lsa

  2. Motovilo me`yoridan baland o’rnatilgan bo’lsa

  3. O’rish balandligi yuqori o’rnatilsa

  4. Motovilo vali o’rish apparatiga nisbatan ko’proq oldinga surilsa

Boshoqlar to’qilishi

  1. Motovilo past o’rnatilgan bo’lsa

  2. Motovilo tezligi me`yoridan katta bo’lsa

  3. Kombayn tezligi katta bo’lsa

  4. O’rish balandligi me`yoridan ortiq bo’lsa

  5. Shnek bilan korpus oralig’i katta bo’lsa

Boshoqlarning o’rilmasdan qolishi

  1. Motovilo tezligi oz bo’lganligi sababli uning parraklari poyalarni oldinga engashtirsa

  2. Segmentlar singan bo’lsa

  3. O’rish balandligi yuqori bo’lsa

Barabanning aylanish tezligi g’alla ning yanchiluvchanligiga qarab o’rnatiladi. Bu ishni bajarishda umumiy koidaga rioya qilish kerak: oson yanchiladigan g’alla (nuxat) uchun ozrok (350...500 ayl/min), kiyin yanchiladigan g’alla (sholi) uchun kuprok (900..1100 ayl/min) tezlik tayinlanadi.
Barabanning tezligi o’rnatilgandan sung, ikkinchi navbatda, baraban va uning tagligi orasidagi tirkish rostlanadi. Tirkish iloji boricha g’alla ni to’liq yanchadigan kilib kattarok koldiriladi. Kombaynni bir oz ishlatib kurib, somonda yanchilmagan boshoklar kolgan-kolmaganligi tekshirib kuriladi. Bordi-yu, boshoklar chala yanchilib utayotgan bo’lsa, tirkish toraytiriladi. Agar boshoklar to’liq yanchilayotgan bo’lsa-yu, bunkerga me`yoridan kuprok shikastlangan don tushayotgan bo’lsa, barabanning tezligi kamaytiriladi.
Aksial-rotorli yanchish apparatida g’alla turiga mos baraban tanlanadi va tezligi sozlanadi.
Ikki barabanli apparat o’rnatilgan bo’lsa, birinchisi ikkinchi­siga nisbatan kichik — 200...300 ayl/min tezlikda ishlatiladi. Birinchi baraban bilan uning tagligi orasidagi tirkish ikkinchi­siga nisbatan 3—4 mm ga kattarok o’rnatiladi.
Shundan sung hosilning 70—80%i baraban tagligi orqali ajratib olinadi va tozalash qismiga uzatiladi. Uosilning kolgan 20—30% i somon bilan birgalikda somon elagichga borib tushadi. Donni somondan to’liq ajratib olish uchun somon elagich maxsus sozlanmaydi. Ammo somon elagich ustiga o’rnatilgan fartuklarning bor-yukligiga katta ahamiyat berish kerak. Fartuk somonning elagich bo’ylab siljishini tusib, uning tezligini kamaytiradi va elash vaqtini oshiradi, natijada, don to’liqrok ajratib olinadi. Fartuk o’rnatilmasa, somon bilan birgalikda utib ketadigan don miqdori 1,5 baravar kupayadi. Somon elagich klavishidagi teshiklar tikilib kolgan narsalardan tez-tez tozalanib turilishi kerak. Somon elagichni harakatlantiruvchi tirsakli val tezligi kamaytirilsa, donning somon tuplagichga utib ketishi keskin ortadi. Shu sababli kombayn dvigatelini doimo nominal tezlikda aylantirib ishlatish kerak.
Kombaynning don tozalash qismi ham nobudgarchilikka ta`sir ko’rsatishi mumkin. Buning uchun ventilyatordan chiqayotgan havo okimini tuk donlarni uchirib yubormaydigan maksimal darajadagi shamolni hosil kiladigandek sozlanadi. Keyin, yuqorigi galvir kuzlarini 50% ga, pastki galvir kuzlarini 75% ga ochib, yuqorigi galvir uzaytirgichining engashish burchagini minimal o’rnatib, uning jalyuzi — kuzlarini 30% ga ochib kuyiladi.
Keyin kombaynni 10…15 m masofagacha ishlatib kurib, tuxtati­ladi. Uning somon tuplagichidagi somon tarkibi tekshiriladi. Agar somonga don aralashgan bo’lsa, ventilyatorga tegmay turib, yuqorigi galvir kuzlarini kengaytirib, tozalanayotgan aralashmadagi don galvir uzunligining dastlabki 2G’3 qismida to’liq pastga utib ketishi ta`minlanadi va galvir uzaytirgichining jalyuzilari kuprok ochiladi. Agar chala yanchilgan boshoklar somonga aralashib chiqaversa, galvir uzaytirgichining engashish burchagi kattalashtiriladi. Somon tuplagichga chala yanchilgan boshok tushmasa, demak donning chikib ketishi tuxtashi kerak. Bordi-yu tuxtamasa, ventilyatorning shamol kuchi birmuncha kamaytiriladi.
Asosan, pastki galvir to’g’ri sozlansa, bunkerga tushayotgan don toza bo’ladi. Pastki galvir kuzlarini to’liq ochish tavsiya etilmaydi. Agar boshok elevatoriga toza don tushaversa, unda pastki galvirning kuzlarini to’liq ochmay, uning engashish burchagini o’zgartirgan ma`kul.
Kombayn qismlarining zich yopilmagan qopqoqlari va turli tirkishlari orqali ham don yerga tuqilishi mumkin. Shu sababli elevatorlardagi, barcha shneklardagi va boshqa don utadigan joylardagi tirkishlarni zich yopish talab qilinadi.
Donni tozalash va saralash usullari
Kombayndan xirmonga keltirilgan donni omborga joylashdan oldin uning sifatiga ta`sir ko’rsatadigan har xil aralashmalardan tozalash kerak.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling