Mavzu: Lansetnikning asosiy xususiyatlari oziqlanishi ko`payishi va hayot kechirishi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.5 Mb.
bet6/8
Sana07.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1440359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lansetnikning asosiy xususiyatlari oziqlanishi ko`payishi va hayot kechirishi

Nafas olish organlari. Lansetnik halqumi ikki yoni bo‘ylab juda ko‘p tirqishsimon jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklarini tash-qi tomondan qoplab turadigan teri burmalari jabraoldi bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda ko‘p mayda qon tomirlari – kapillyarlar­ bilan qoplangan. Kapillyarlar devorida qon bilan suv
o‘rtasida­ gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Teri bur­malari­ jabralarga qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.Hamma xordalilarniki singari yopiq bo‘la-di. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo‘ylab harakatlanadi. Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin qon aortasi orqali oldinga,­ jabra kapillyarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib, kislorod bilan to‘yinadi va orqa aortaga chiqadi. Bu tomirdan qon kichikroq tomirlar orqali tanaga tarqaladi. To‘qimalarda­ karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnik­ ning yuragi bo‘lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli tomirlarda qon oqib turadi.
Ayirish organlari. Lansetnikning ayirish organlari halqali chuval­ changlarnikiga o‘xshash tuzilgan naychalardan iborat. Naychalar halqum bo‘ylab joylashgan jabraoldi bo‘shlig‘iga ochiladi.
Nerv sistemasi xorda ustida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat. Nerv nayidan ichki organlar va tana sirtiga juda ko‘p nervlar tarqaladi. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Teri ostida nerv nayi bo‘ylab bir tekis joylashgan yorug‘lik sezuvchi hu-jayralar ko‘rish vazifasini bajaradi. Bu hujayralar faqat yorug‘likni sezadi. Bezovta bo‘lib qumdan chiqqan lansetnik yorug‘dan qochib, tezroq qumga ko‘milib oladi. Teri sirtida joylashgan nerv hujayralari kimyoviy va mexanik ta’sirlarni sezadi.
2.3.Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi.
Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi. Lansetnikni rus olimi akademik A. O. Kovalevskiy kashf qilgan. Lansetnik tuzilishining­ ko‘p belgilari xordasining bo‘lishi, nerv siste­ma­sining­ naysimon bo‘lib, tanasi orqa tomonida joylashganligi­ bilan xordali hayvonlarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga ayirish sistemasi va muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miya­sining bo‘lmasligi bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi. Lansetnikning­ tuzilishini o‘rganish orqali hamma xordali hayvonlarning kelib chiqishini tushunib olish mumkin.
Ko‘payishi. Lansetnik – ayrim jinsli hayvon. Jinsiy organlari jabra oldi bo‘shlig‘i yon tomonida juft-juft bo‘lib joylashgan. Yetil-gan tuxumlari suvga tushib urug‘lanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling