Qon aylanish sistemasi. Oddiy preparatda qon tomirlari ko‘rinmaydi. Lansetnikning qon aylanish sistemasi yopiq tipda. Qon aylanish doirasi bitta. Yuragi yo‘q. Uning vazifasini toq qorin aortasi bajaradi. Ushbu aortadan jabralar miqdoriga qarab jabra arteriyalari chiqadi. Ayirish sistemasi. Tomoq atrofida joylashgan 90 juftgacha bo‘lgan m etam er nefridiylar ayirish organi hisoblanadi. Nefridial naychalarning bir uchi atrial bo'shliqqa, ikkinchi uchi esa ayirish naychasini tana bo‘shlig‘i bilan tutashtirib turuvchi qator teshikchalari bo‘lgan, tomoq ustidan o‘tadigan juft naychaga ochiladi. Odiy preparatda ayirish organlari ko'rinmaydi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Lansetniklar tropik va mo‘ta dil iqlimli dengizlar, shu jumladan, Qora dengizda tarqalgan. Och pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4–8 sm bo‘lib, ikki yoni yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan (57-rasm). Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qo‘sh tig‘li jar-rohlik asbobi – lansetga o‘xshaydi. Lansetnik hayotining ko‘p qis-mini dengiz tubidagi qumga ko‘milgan holda o‘tkazadi. Qumdan faqat lansetnikning oldingi og‘iz tomoni chiqib turadi. Og‘iz teshigi 10–20 juft paypaslagichlar bilan o‘ralgan.
Xordasi va muskullari. Lansetnik xordasi tanasining orqa to-moni bo‘ylab o‘tgan pishiq o‘qdan iborat. Xorda tig‘iz joylashgan maxsus hujayralardan iborat bo‘lib, ichki organlar uchun tayanch
vazifasini o‘taydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va unga o‘xshash tuban tuzilgan xordalilarning xordasi butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bo‘lmaydi. Shuning uchun lansetniklar bosh skeletsiz xordalilar kenja tiðiga kiradi.
Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tana sini u yoki bu yoniga egib suzib yuradi yoki qumni yorib kirib oladi.
Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi maxsus chuqurcha – og‘iz oldi voronkasida joylashgan bo‘lib, paypaslagichlar bilan o‘ralgan. Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og‘iz teshigiga haydaladi. Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og‘iz orqali halqumga o‘tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari halqumdan ichakka tushib hazm bo‘ladi. Suv esa halqum devoridagi jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqa-riga chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |