Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja
Lishayniklarning ko`payishi
Download 0,58 Mb.
|
Lishayniklar
2. Lishayniklarning ko`payishi. Ikki xil organizmning hosilasi bo`lganligi uchun lishayniklarning ko`payishi ham o`ziga xos. Lishaynik tarkibidagi suvo`tlari faqat bo`iinib, hujayralar miqdorini oshirib borishi rnumkin. Zamburug`lar esa vegetativ ko`payishdan tashqari qaysi guruhga mansubligiga qarab, yoki xaltacha va xaltachasporalar, yoki bazidiya bazidiosporalar hosil qilib ko`payishi murnkin. Lekin ular hosil qilgan jinsiy ko`payish hosilalari tarqalgach, o`ziga xos bo`lgan, erkin yashovchi suvo`tlarini uchratgandagina yangi lishayniklarning tallomini hosil qiladi. Ayrim lishayniklarda hosil bo`ladigan jinsiy ko`payish hosilalari tarqa]ish jarayonida o`zi bilan birga tailomidagi suvo`tlarning hujayrasini ham yopishtirib olib ketadi. Lekin lishayniklarnirig asosiy va birgalikda hosil qiladigan ko`payish usuli vegetativ ko`payish bo`lib, bunda suvo`ti va zamburug`ning hujayralari birgalikda tarqaladi.
Lishayniklarning ko`payishi uch xili: vegetativ, jinssiz va jinsiy ko`payish usullari kuzatiladi. Ko`payganda lishayniklarning o`zi yoki faqat mikobiont ko`payadi. Ko`p hollarda vegetativ ko`payish uchraydi. Bu jarayon qattananing fragmentlarga bo`lishi yoki maxsus tuzilmalar – sorediya, izidiya va lobullarga ajralishi orqali amallga oshadi. Fragmentatsiya mexanik tarzda boradi. Quruq havoda mo`rt bo`ladigan lishayniklar hayvonlar yoki odamlar ta`sirida sinadi, shamol yordamida turli masofaga tarqaladi. Lishaynikning bir bo`lagi qulay muhitga tushgandan keyin, yangi lishaynik qattanasi o`sadi. Download 0,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling