14.1 rasm: Lishayniklar qattanasining shakliga ko`ra morfologik (yopishqoq, bargsimon va butasimon)tiplari
Bularda fotosintez jarayoni kuchsiz bo`lganligidan, organik moddalarning to`planishi juda sekin boradi. Shuning uchun, ular eng sekin o`sadigan o`simliklardir. Masalan, yopishqoq lishayniklar yiliga o`rtacha 1,8 mm, bargsimon va butasimon lishayniklar 0,1 dan 3,5 sm gacha, kladoniy turlari esa 2-5 sm o`ssa, diametri 1 mm bo`lgan ksantoriya lishaynigining tallomi 6 yildan keyin 3 sm ga yetgan.
Lishayniklar anatomik tuzilishiga hamda suvo`tlarning zamburug` to`qimasida joylashganiga qarab ikki guruhga: gomeomer va geteromer lishayniklarga ega.
Gomeomer lishayniklar guruhiga g`oyat sodda tuzilgan bo`lib, har tomonga ketgan gifalar orasida bir tekisda teng fikobiont hujayralari tarqalgan.(M: Kollema turida).
Geteromer lishayniklarda qatanananing ancha murakkab tuzilgan bo`lib, bunda bir qancha qavatlar, ustki po`st, ichkariga qarab giflar g`ovak joylashgani va ular orasida suvo`ti hujayralari ko`rinadi. Yanada ichkariroqda o`zak joylashgan bo`lib, u siyrak zamburug` gifalaridan va yirik havo bilan to`lgan bo`shliqlardan, ostki tomondan ustki po`stnikiga o`xshash ostki po`st bilan qoplangan. O`zakdan ostki po`st orqali zamburug` giflari chiqadi va substratga birikadi. Geteromer tuzilishga ega bo`lgan lishayniklarga usnea, alektoriya, devor ksantoriyasi va boshqalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |