Mavzu; Lizing kompanyalari va ularni iqtisodiyotdagi o’rni Bajardi: bi 421 guruh talabasi Karimov Madamin Qabul qildi: lmiy raxbar samarqand-2023 reja: kirish asosiy qism
Download 142.66 Kb.
|
Kurs ishi MADAMIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB LIZING KOMPANIYALARINI BOSHQARISHNING NAZARIYA ASOSLARI
- Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “BANK-MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI Bank ishi fanidan KURS ISHI MAVZU ; Lizing kompanyalari va ularni iqtisodiyotdagi o’rni Bajardi: BI 421 guruh talabasi Karimov Madamin Qabul qildi:__________________________ lmiy raxbar_________________________ SAMARQAND-2023 REJA: KIRISH ASOSIY QISM I BOB : LIZINGNING IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI VA METODOLOGIK ASOSLARI1.1. Lizing munosabatlari, uning mohiyati va rivojlanish bosqichlari 1.2. Lizing munosabatlarini amal qilish jihatlari va xususiyatlari 1.3 Lizing turlari va uning tavsifi II BOB LIZING KOMPANIYALARINI BOSHQARISHNING NAZARIYA ASOSLARI 2.1 Lizing kompaniyalarini samarali boshqarishning ilmiy asoslanganligi 2.2 Lizing munosabatlari xaqida tushuncha va uning boshqarishning asosiy omillari 2.3 Rivojlangan mamlakatlarda lizing kompaniyalarini boshqarishdagi ijobiy tajribalari Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekistonning sanoat korxonalari oldida bir qator muammolar vujudga keldi.Bu muammolar ichida raqobatchilik o‘sib borayotgan sharoitlarga moslashish,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxining yuqoriligi sababli sotuv bozoriningqisqarishi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, xom-ashyo va materiallar yetkazib beruvchi ta’minotchilarni izlab topishdagi qiyinchiliklar hamda moliyaviy resurslarning cheklanganligi eng asosiylari hisoblanadi. Hozirgi paytda korxonalar o‘z o‘rnini yo‘qotmaslik uchun bir qator xususiyatlarga – moslashuvchanlikka, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga, ishlab chiqarilayotgan tovar assortimentini tez o‘zgartira olish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun korxonalar zamonaviy ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lishlari zarur, bu esa katta miqdorda investitsiyalar jalb etishni talab qiladi. Yuzaga kelgan vaziyatda respublikamiz uchun an’anaviy bo‘lmagan yangi investitsiya manbalarini izlab topish zarur. Oxirgi yillar mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlarini sotishning asosiy shakllariga muqobil sifatida lizing faoliyati namoyon bo‘lmoqda. U tadbirkorlikda yangi, yanada kuchli motivatsion stimullarni yaratadi, ishlab chiqarishga yangi texnikalarni kiritishni tezlashtirishga ko‘maklashadi. Lizing nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda ham tadbirkorlik faoliyatining eng yosh turlaridan biri hisoblanadi. Lizing XX asrning 50 - yillarida AQSHda paydo bo‘lib, 60 - yillarning boshidayoq butun Yevropada keng tarqala boshladi hamda mablag‘larni asbob-uskunalarga investitsiya qilishning eng samarali va ishonchli usuli sifatida tan olindi. AQSH va G‘arbiy Yevropada lizingning bunday jadal sur’atlarda rivojlanishida davlatning roli kattadir. Davlat sezilarli soliq imtiyozlari, amortizatsiya va kredit imtiyozlarini taqdim etish yo‘li bilan lizingning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib berdi. Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish. Lizing (ing. lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. L.ning, asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy L. — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy L. — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. L. kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. L.da ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni L. kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar L. shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. L. kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi. L. investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. L. korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi. Oʻzbekistonda birinchi L. kompaniyalari 1994-yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003-yilda 6 ta L. kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida L. munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14 aprelda kabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. L. boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995) Download 142.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling