- Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: ● jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi ● ijtimoiy-hissiy rivojlanish ● nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari ● bilish jarayonining rivojlanishi ● ijodiy rivojlanish.
"Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi“ sohasi kompetensiyalari - Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi“ sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
- ● o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
- ● turli xil faol harakat turlarini uyg‘un holda va maqsadli bajarishni biladi; ● turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
- ● o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
- ● shaxsiy gigiena malakalarini namoyon etadi;
- ● sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
- ● xavfsiz hayot faoliyati asoslari qoidalariga rioya qiladi.
TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI - Ta’lim va tarbiya jarayoni davlat talablari va davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tili va chet tillaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” gi qonuni bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonini o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi. 1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH - Rejalashtirish davlat o‘quv dasturini amalga oshirish va har bir bolada tayanch kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlashning muhim qismidir. Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Rejalashtirish – o‘quv dasturini yaratish va qo‘llash jarayonining muhim qismi. O‘quv rejasi - bu pedagoglarga bolaning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlagan holda, davlat talablariga erishish, rivojlanishning asosiy va barcha sohalaridagi bolaning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan ta’lim faoliyatini amalga oshirishga imkon beradigan tashkillashtirilgan va tuzilgan hujjatdir. O‘quv rejasini tuzishda bolaning yoshi va individual rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR - Davlat o‘quv dasturini o‘zlashtirishdan kutilayotgan ta’limiy natija maktabgacha ta’lim tashkilotini bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllanganligi hisoblanadi.
- Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo‘yicha barcha yosh guruhida bolaning mumkin bo‘lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |