Mavzu: Logistik zanjirlar va operatsiyalar. Reja
Logistik kanallar va logistik zanjirlar
Download 0.64 Mb.
|
3 Mavzu Logistik zanjirlar va operatsiyalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy oqimni iste’mol tizimiga tushish variantlari
3.Logistik kanallar va logistik zanjirlar.
Taqsimot logistikasi, yetkazib beruvchi – iste’molchi munosabatlarida moddiy oqimni boshqarish bo‘yicha barcha vazifalar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunda tayyor mahsulotni iste’molchigacha xarakati jarayonida yechiladigan moddiy oqimlar boshqa-ruvi vazifalari asosiy o‘rinni egallaydi. - Taqsimot logistikasi vazifalarini yechish jarayonida quyidagi savollarga ja-vob topish lozim: - qaysi kanal bo‘yicha mahsulotni iste’molchiga yetkazish; - mahsulotni qanday qadoqlash; - logistikaga omborlar tarmog‘i kerakmi, agarda kerak bo‘lsa, qanday, qancha va qayerda; - xizmat ko‘rsatishning qaysi darajasini ta’minlash, va boshqa qator masalalar. - Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil. Korxona darajasida, ya’ni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni o‘z oldi-ga qo‘yadi: - realizatsiya jarayonini rejalashtirish; - buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish; - qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi boshqa operatsiyalar bajarilishini ta’minlash; - mahsulot yuklashni tashkil etish; - yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish; - realizatsiyadan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. - Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar: - moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash; - xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning) op-timal miqdorini aniqlash; - xizmat ko‘rsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining op-timal joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat hududidan o‘tish jarayonining boshqaruvi bilan bog‘liq boshqa qator vazifalar. Moddiy oqim xom-ashyo manbaidan, yoki ishlab-chiqarishdan, yoki taqsimot marka-zidan chiqib, ishlab-chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi iste’molchiga borib tushadi (rasm). Moddiy oqimni iste’mol tizimiga tushish variantlari Barcha xollarda moddiy oqim iste’molga borib tushadi, u esa ishlab-chiqarish yoki ishlab-chiqarish bo‘lmasligi mumkin. Ishlab-chiqarish iste’moli – bu jamiyat mahsulotini ishlab-chiqarish ehtiyoj-larida, mehnat vositasi yoki predmeti (buyumi) sifatida joriy ishlatilishidir. No-ishlab-chiqarish iste’moli – bu jamiyat mahsulotini noishlab-chiqarish sohalari-ning korxona va muassasalaridagi shaxsiy yoki aholi iste’moliga joriy ishlatili-shidir. Moddiy oqimning logistika chegaralarida xarakatlanishining barcha bosqich-larida uni ishlab-chiqarish iste’moli sodir bo‘ladi. Logistik zanjirni yakunlovchi so‘nggi bosqichdagina, moddiy oqim noishlab-chiqarish iste’moli sohasiga tushadi. Logistik zanjir ishlab-chiqarish iste’moli bilan yakunlanishi xam mumkin. Masalan: mehnat qurollari oqimi, zavodda ishlab-chiqarilgan traktorlar keyincha-lik yana ishlab-chiqarishda «iste’mol» qilinadi. Shuningdek, ishlab-chiqarish iste’-moliga, moddiy oqimlarning taqsimot markazidagi shakllanishi jarayoni ham kira-di. Bu yerda saralash, qadoqlab yuk partiyalarini shakllantirish, saqlash, butlash kabi operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu operatsiyalar majmui aylanish sohasidagi ishlab-chiqarish jarayonini tashkil etadi. Xarakatlanishning barcha bosqichlarida, moddiy oqim logistik jarayon ishti-rokchilarining mehnat predmeti sifatida xizmat qiladi. ishlab-chiqarish texnik maqsadlarda ishlatiladigan mahsulot xarakati bosqichida bu qayta ishlanmagan xom-ashyo materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Tovar xarakati bosqichida moddiy oqim tayyor istemol mollari xarakatidan iborat bo‘ladi. Umumiy holda, moddiy oqimlarning yetkazib beruvchisi va iste’molchisi ikkita mikrologistik tizim sifatida nomoyon bo‘ladi, ular logistik kanal, yoki boshqacha qi-lib aytganda taqsimot kanali bilan o‘zaro bog‘langanlar. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling