Mavzu. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi


Download 427.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi427.58 Kb.
#1372115
1   2   3   4
Bog'liq
9 MAVZU LOYIHA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI

Qoralama (eskiz) loyiha. Quyidagilar ishlab chiqilayotgan mahsulotni 
metrologik ta’minlash boʻyicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichidagi tipik 
(bajarilishi zarur boʻlgan) ishlar hisoblanadi: 
- mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ekspluatasiya qilish jarayonida 
mahsulot va uning tarkibiy qismlarining oʻlchashga tortiladigan asosiy 
parametrlarining roʻyxatini aniqlashtirish; 
- har bir parametrni oʻlchashning aniqlik me’yorlarini asoslash; 
- oʻlchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan oʻlchash uslublari va 
vositalarini tanlash; 
- mahsulotni ishlab chiqish uchun zarur boʻladigan oʻlchash vositalarini 
yaratish va metrologik tadqiqotlarni oʻtkazish; 
- maxsulotlarni tayyorlash, sinovdan oʻtkazish va ekspluatasiya qilish uchun 
zarur boʻladigan standartlashtirilmagan oʻlchash vositalari va oʻlchashlarni 
bajarish uslubiyotlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish; 
- mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazish jarayonida nazorat qilish va 
sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan umumiy belgilanishdagi oʻlchash 
vositalarini sotib olishga buyurtmalar tuzish; 
- binolar qurish va oʻlchashlarni oʻtkazish uchun talab qilinadigan shart-
sharoitlarni yaratish uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalarni sotib olishga 


buyurtmalar tuzish; 
- qoralama (eskiz) loyihaning ishlab chiqilayotgan mahsulotning metrologik 
ta’minoti boʻlimini tuzish. 
Texnik loyiha. Quyidagilar mahsulotlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, 
sinovdan oʻtkazish va ekspluatasiya qilishni metrologik ta’minlash boʻyicha texnik 
loyiha bosqichida tipik (bajarilishi zarur boʻlgan) ishlar hisoblanadi: 
 mahsulotning metrologik ta’minoti boʻyicha yechimlarning asoslanishi; 
 ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan 
oʻtkazish uchun zarur boʻladigan standartlashtirilmagan oʻlchash vositalarini va 
maxsus sinovdan oʻtkazish asbob-uskunalarini tayyorlash va attestasiyadan 
oʻtkazish ; 
 mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan 
oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish; 
 ekspluatasiya qilish jarayonida mahsulotlarga metrologik xizmat koʻrsatish 
uchun zarur boʻladigan oʻlchov-nazorat apparaturalarini ishlab chiqishga 
buyurtmalar berish; 
 metrologik ta’minot boʻyicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichida 
bajariladigan ishlar; 
 texnik loyihaning metrologik ta’minot boʻyicha boʻlimini tuzish. 
Texnik loyihaning metrologik tekshiruviga mahsulotni ishlab chiqishga 
berilgan texnik topshiriq, ushbu bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga 
berilgan loyiha topshiriqlari, texnik shartlar, ekspluatasion hujjatlar, chizmalar
sxemalar va boshqalar taqdim qilinishi lozim. 

Download 427.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling