Mavzu. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi


Download 427.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi427.58 Kb.
#1372115
  1   2   3   4
Bog'liq
9 MAVZU LOYIHA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI



9-MAVZU. LOYIHA-KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING 
METROLOGIK TEKSHIRUVI 
Reja: 
9.1. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarni metrologik tekshiruvi. 
9.2. Konstruktorlik hujjatlarning metrologik tekshiruvi. 
9.3. Konstruktorlik hujjatlarining metrologik ekspertizasini mazmuni. 
Tayanch atamalar va tushunchalar: loyiha, hujjat, texnik taklif, texnik 
topshiriq, qoralama loyiha, texnik loyiha, metrologik tekshiruv, metrologik 
ekspertiza. 
 
9.1. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarni metrologik tekshiruvi 
 
Konstruktorlik hujjatlari - bu mahsulotning tarkibi va dizaynini 
belgilaydigan va uni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, nazorat qilish, qabul qilish, 
ishlatish va ta'mirlash uchun zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olgan grafik va matnli 
hujjatlardir (ГОСТ 2.102 – 68). 
Amalga oshirish usuli va foydalanish xususiyatiga koʻra, loyiha hujjatlari bir 
necha turlarga bo'linadi: 
- Haqiqiy (original); 
- Asl nusxa;
- Dublikat; 
- Nusxa 
Konstruktorlik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi - bu 
mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash, qayta ishlash, sinovdan o’tkazish va qabul 
qilishda o’lchash usullari va vositalari yordamida o’lchashlardagi aniqlik 
me’yorlarini o’rnatuvchi o’lchanadigan parametrlarni tanlash bo’yicha texnik 
yechimlarning baholanishi va tahlilidir.
Konstruktorlik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasini 
o'tkazishdan asosi maqsad, bu mahsulotni ishlab chiqish, qayta ishlash, sinovdan 
oʻtkazish va qoʻllash bosqichlarida nazorat - o'lchash jarayonlarining 
samaradorligini ta'minlashdir. 
Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik nazorati quyidagi hujjatlarni 
nazoratdan oʻtkazishni oʻz ichiga oladi:
- texnik taklif; 
- qoralama (eskiz loyiha);
- texnik loyiha. 
Texnik taklif. Quyidagilar mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni 
metrologik ta’minlash boʻyicha texnik taklif bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur 
boʻlgan) ishlar hisoblanadi: 


- texnik yechimlarning mumkin boʻlgan har bir varianti uchun mahsulot va 
uning tarkibiy qismlarining asosiy oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini 
belgilash yoki aniqlashtirish; 
- oʻlchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan oʻlchash vositalari va 
uslublarini oldindan tanlash; 
- ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot boʻyicha 
bajariladigan ishlarning roʻyxatini belgilash; 
- texnik taklif hujjatlarini metrologik nazoratdan oʻtkazish. 
Texnik taklifning metrologik nazoratiga texnik topshiriq, texnik taklifning 
tushuntirish xati va mazkur bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlar: chizmalar, 
sxemalar, hisob-kitoblar va hokazolar taqdim qilinishi lozim.
Tenik taklifni nazoratdan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi: 
- texnik topshiriqni nazoratdan oʻtkazishda berilgan tanbehlar va takliflarning 
hisobga olinganligi; 
- texnik yechimlarning mumkin boʻlgan variantlarini taqqoslashda metrologik 
jihatlarning hisobga olinganligi (nazorat qilishning qulayligi, uning ishonchliligi); 
- metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining 
nomlanishining toʻgʻriligi; 
- ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot boʻyicha 
bajariladigan ishlar roʻyxatining yetarliligi. 

Download 427.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling