Mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash va boshqarish Reja: Kirish


RISKLARNING tasnifiy belgilari


Download 0.56 Mb.
bet8/11
Sana18.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1100114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi tayyor Aziz

RISKLARNING

tasnifiy belgilari

turlari

tavsifi










Paydo bo‘lish xususiyati gako‘ra

Sub’ektiv

Malaka, ish tajribasi va bilimning etishmasligi, bozor qoidalariga rioya etmasligi, bitim mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib etmasligi va boshq.

Ob’ektiv

Ma’lumotlarning etishmasligi: bozor konyu’yunkturasining, qonunchilik, kreditlash shart-sharoilari, soliqqa tortish, investitsiyalash va boshqalarning kutilmagan holda o‘zgarishi

Qarorni qabulqilish bosqichiga bog‘liq holda

Qarorlar qabul qilish bosqichida

Ma’lumotlarni etishmasligi natijasida risk darajasini aniqlashga imkon beruvchi usullarni qo‘llashdagi xatoliklar

Qarorlarni tatbiq etish bosiqichda

To‘g‘ri qarorlar qabul qilishdagi xatoliklar

Ko‘lami bo‘yicha

Lokal (mikroiqtiodiy)

Alohida firmalar riski

Tarmoqlar

Tarmoq xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar

Hududiy

Mamlakat iqtisodiy tumanlari darajasidagi tabdirkorlikni qamrab olishi

Milliy (makroiqtisodiy)

Makroiqtisodiyot darajasida (qonunchilik, kreditlash, soliqqa tortishdagi kutilmagan o‘zgarishlar ko‘rinishida)

Xalqaro (global)

Jahon bozori konyu’nkturasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar

Paydo bo‘lish sohasiga ko‘ra

Tashqi

Makroiqtisodiy ishlab chiqarishdagi iqtisodiy-siyosiy kutilmagan o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladigan risklar, masalan valyuta riski.

Ichki

Korxona ixtisoslashui bilan bog‘liq risklar: ishlab chiqarish, moliyaviy, sug‘urta.

Sug‘urtalash imkoniyatlariga qarab

Sug‘urtalanidan

Vaziyatlarning vujudga kelish ehtimolligini sug‘urtalash

Sug‘urtalanmaydigan

Fors-major risklar va moliyaviy risklarning shunday guruhlari mavjudki, ularni sug‘urta kompaniyalari sug‘urtalashdan bosh tortadi. Ammo aynan sug‘urtalanmaydigan risklar korxona qo‘shimcha daromadining potensial manbalari bo‘lib hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha

Moliyaviy

Fond bozoridagi risklar: likvidlik, axborot, valyuta va boshq.; bank risklari – kredit, foiz, portfel; inflyasiya, bank mijozlarining xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan lizing va faktoring risklari

YUridik

Qonunchilik hujjatlari sifatining pastligi va qonunchilikdagi kutilmagan o‘zgarishlar

Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish fondlarining ishdan chiqishi, ishlab chiqarishdagi uzilishlar, aylanma mablag‘larning yo‘qotilishi, xom ashyo va uskunalarni o‘z muddatida etkazib berilmasligi

Tijorat

Bozor konyu’nkturasidagi kutilmagan o‘zgarishlar va tijorat faoliyati bilan bog‘liq boshqa shart-sharoitlar

Investitsion

Investitsion muhitda, innovatsiya faoliyatida kutilmagan holatlar va noaniqliklar

Sug‘urta

Sug‘urt fondini shakllantirish va boshq.

Innovatsion

Innovatsion sohada noaniqlik sababli yuzaga keluvchi holatlar (innovatsion g‘oyaning yaratilishidan boshlab to uni hayotga tatbiq etishgacha bo‘lgan jarayon)

Diversifiksiyalash imkoniyatlari bo‘yicha

Tizimli

Tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu ko‘rinishlariga xos bo‘lgan

O‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan

Aniq sharoitda tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan

Kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlar

Foyda

Riskka borgani uchun olinadigan mukofot

Zararlar

Zararlar faqat nomaqbul vaziyatlardagina yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar oqibatida kelib chiqadi

Yo‘qotishlar

Yo‘qotishlar, odatda, oldindan rejalashtirilmaydi, lekin ro‘y berishi mumkinligi ko‘zda tutilishi mumkin.

Bankrot bo‘lishi

Korxona barcha mulkining yo‘qotilishi va faoliyatini to‘xtatishi

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan natijasiga bog‘liq holda

Sof risklar

Salbiy natija olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy, tabiiy, transport va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir

Spekulyativ risk

Ijobiy natijalar bilan birga salbiy natijalarni olish imkoniyatida namoyon bo‘ladi, ular moliyaviy risklardan iborat

Ta’sir vaqtiga ko‘ra

Retrospektiv

Kichik biznes korxonalarining o‘tgan davrdagi turli risklarga bog‘liqligini ifodalaydi va joriy hamda istiqboldagi risklarni baholashga yordam beradi

Joriy

Kichik biznes korxonalarining amaldagi faoliyati barqarorligiga ta’sir etuvchi risklar

Istiqboldagi

Kelajakda kichik biznes korxonasi duch kelishi mumkin bo‘lgan risk

Ta’sir etish vaqt uzoqligi bilan belgilanishi bo‘yicha



Uzoq muddatli

Bu risk turi asosan korxona kengaytirilish, rivojlanish va takomillashtirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning natijalari istiqbolda namoyon bo‘ladi.

Qissqa muddatli

U ko‘pincha tarmoqli bo‘lib, kundalik hayotda qabul qilinayotgan qarorlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning natijalari qisqa vaqt ichida namoyon bo‘ladi.


Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash.


Loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish hatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish hatari.
5. Loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga ta’sir etishning imkoniyatlarini mezonlari bo‘yicha riskni: ichki va tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lib, ularga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqich, ya’ni investitsiya oldi bosqichida ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlilik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu hatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘oz egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyasiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - hatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlilik riski.
Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Ular quyidagilar:

  • iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi, investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar;

  • tashqi iqtisodiy risklar - savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi;

  • siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar;

  • texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi;

  • bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki maxsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi;

  • tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi;

  • ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi nosozliklar va boshqalar;

  • loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.

Mamlakat iqtisodiyotiga o`z sarmoyasini kiritayotgan investor nuqtai-nazarida, shu mamlakatdagi holat, vaziyat investitsiya muhiti deb ataladi. Investitsiya muhiti bir qator risk omillarini o`z ichiga oladi. Bu omillar rivojlanish istiqbollari, ichki va tashqi shart-sharoitlar va vaziyat ta`siri ostida vujudga keladi. Ko`p hollarda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holat va uning rivojlanish istiqbollariga qarab ijtimoiy-siyosiy, ichki va tashqi risklar taxmin qilinadi.
Risk omili yoki oddiygina qilib aytganda risk loyihaning samaradorligini baholashga ta`sir etuvchi muhim element hisoblanadi. Investitsiya loyihasida risk kiritilgan sarmoya haqiqiy qaytimini kutilayotganga nisbatan kamaytirishini hisobga olib, uni hisoblash uchun ko`p hollarda foiz stavkasiga o`zgartirishlar kiritiladi. Bu foiz stavkalari risksiz qo`yilmalar bo`yicha, masalan, bank depozitlari yoki qisqa muddatli davlat qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromadlilikni xarakterlaydi.
Korxonalar (firmalar, aktsiyadorlar, investorlar) riskli loyihaga pul mablag`larini yo`naltirganda, kapital qiymatini oshirish yo`li bilan riskni hisobga oladilar, ya`ni riskka tuzatish kiritilgan diskont stavkasini qabul qiladilar. SHu yo`l bilan diskont stavkasi vaqtinchalik afzalliklarni va riskni hisobga oladi. Bu usul oddiy bo`lishi bilan birga bir qator kamchiliklarga ham ega. CHunki riskni ham, vaqtinchalik afzallikni ham hisobga olishda bir xil usul qo`llaniladi. Bundan tashqari sof daromad olish bilan bog`liq noaniqlikning yanada yuqori darajasini aks ettiruvchi oddiy diskont stavkasi E va qo`shimcha doimiy koeffitsentni K jamlash yo`li bilan riskka tuzatish kiritish, so`nggi ikki yil davomida bir xil riskka ega bo`lgan ikki loyiha bo`yicha bir xil ahamiyat kasb etmaydi.
Faraz qilamiz, investitsiyalar bir xil miqdorda daromad D1 va D2 keltiradi va so`nggi ikki yil davomida aniq risk darajasida bo`lgan. Diskontlash yo`li bilan D1 daromadning ahamiyati (1+E+K) stavka bo`yicha topiladi, D2 bo`lsa, (1+E+K)2 stavka bo`yicha topiladi, ya`ni D1 ning mohiyati D1G`(1+E+K) orqali, D2 – D2G`(1+E+K)2 orqali aniqlanadi. D2>D1 bo`lganligi sababli, bu usul investitsiyalarni, shu bilan birga ulardan olinadigan daromadlarni bir xil riskka ega deb qaramaydi. Vaqtning turli davrlarida kelib tushgan, lekin pul mablag`lari oqimiga kiruvchi bir xil risk bilan bog`liq diskontning bir stavkasini qo`llash bir xil miqdorda daromad olishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, risk uchun qo`shiladigan qo`shimchaning miqdori, odatda, intuitiv, ya`ni kerak bo`lgan nazariy asossiz o`rnatiladi.
Foiz stavkasiga riskning o`o`shimchasini kiritish keng tarqalgan, lekin bu usul riskni hisoblashning yagona usuli emas. Bu masalani boshqacha echish usuli - bu investitsion loyihaning tashqi omillari va parametrlarining o`zgarishiga nisbatan shu loyihaning ta`sirchanligi-sezgirligi va barqarorligini tahlilidir. Tashqi omillarga inflyatsiyaning kelgusidagi darajasi; foydalanilayotgan hom ashyo va materiallar, yoqilg`i va energiya hamda boshqa resurslar bahosini va ularga bo`lgan talabni o`zgarishi; ssuda foizlari stavkasining, soliqlarning o`zgarishi va boshqalar kiradi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda, agar investitsiyani amalga oshirishning turli sharoitlarida xarajatlar va natijalar har xil bo`lsa, risk va noaniqlik omillari hisobga olinadi. Amaliyotda esa risklarning bo`linishi, ularning tasnifi loyiha rejasi va shartnoma hujjatlarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilishi lozim. Riskning turlari va xatarlarini bilgan holda, ularga ta`sir o`tkazish mumkin, ya`ni ularni boshqarish, riskning loyiha samaradorligiga ko`rsatadigan salbiy ta`sirini pasaytirish mumkin.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda, agar investitsiyani amalga oshirishning turli sharoitlarida xarajatlar va natijalar har xil bo`lsa, risk va noaniqlik omillari hisobga olinadi. Amaliyotda esa risklarning bo`linishi, ularning tasnifi loyiha rejasi va shartnoma hujjatlarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilishi lozim. Riskning turlari va xatarlarini bilgan holda, ularga ta`sir o`tkazish mumkin, ya`ni ularni boshqarish, riskning loyiha samaradorligiga ko`rsatadigan salbiy ta`sirini pasaytirish mumkin.
Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud.
Birinchidan, loyiha faoliyatining bosqichlari va fazalari bo`yicha tasniflash: investitsiyalash oldi fazasidagi, investitsiyalash fazasidagi, ishlab chiqarish fazasidagi risklar.
Ikkinchidan, loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga ta`sir etishning imkoniyatlarini mezonlari bo`yicha tasniflash. SHu nuktai-nazar bo`yicha riskni: ichki va tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklarga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi. Fors-major riskiga tabiiy ofatlar: yong`in, suv toshqini, qurg`okchilik kabilar kiradi. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida mavjud.
Uchinchidan, riskdan himoyalash imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tasniflash:

  1. Sug`urtalanadigan risklar;

  2. Sug`urtalanmaydigan risklar.

Sug`urtalanadigan risklar o`z navbatida: a) kafolat; b) sug`urta; v) zahira fondi hisobiga qoplanadigan risklarga bo`linadi.
Bundan tashqari, loyiha faoliyatining xaqiqiy amaliyotiga asoslangan, eng ko`p uchraydigan risklar ham bo`lib, ularga loyiha ishtirokchilari e`tibor bersalar ham, hech bir guruhlash mezoni doirasiga kirmaydigan risklar ham mavjud. Ular:

  • iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o`zgarib turishi, investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq risklar;

  • tashqi iqtisodiy risklar – savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish, chegaralarning bekilishi va shu kabi ehtimolliklar riski;

  • siyosiy holatning noaniqligi, hududdagi yoki mamlakatdagi noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar riski;

  • texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi;

  • bozor kon`yunkturasining, ya`ni aniq davrdagi iqtisodiyotning joriy holatini xarakterlovchi belgilar, masalan, baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi;

  • tabiiy iqlim sharoitlarining, tabiiy ofatlar ehtimolining o`zgarib turishi;

  • ishlab chiqarish texnik risklari – asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi brak va boshqalar;

  • loyiha ishtirokchilarining o`zlarini tutishlari, qiziqishlari, maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi, noaniqligi.

Risklarni baholashning turli xil usullari mavjud shu usullardan biri “Galstuk-babochka” usuli hisoblanadi, bu usulda tahlillash hodisani sodir bo’lish sababidan oqibatigacha rivojlanishini tahlillab, sxematik ko’rinishda bo’ladi.
Bu usul o’z ichiga nosozliklar daraxti yordamida hodisa sabablarini o’rganish va hodisalar daraxti yordamida oqibatlarni tahlillash jarayonlarini oladi. Biroq bu usulda asosiy e’tibor sabablar va xavfli hodisalar, xavfli hodisa va oqibatlar orasidagi to’siqlarga qaratilgan.
Bu usuldagi tahlil bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar va oqibatlar oralig’ini ko’rsatish asosida risklarni o’rganish uchun foydalaniladi. Bundan aniq bir riskni o’rganish va uni boshqarishda samarali hisoblanadi. Sabablar va oqibatlarga risklarni dekompozitsiyalash risk amalga oshganda zarar darajasi va ehtimolligini baholash hamda risklar orasidagi o’zaro bo’gliqliklarni aniqlash imkonin beradi. Usulda kiruvchi ma’lumotlar to’siqlar, risklar, xavfli hodisalarning oqibatlari va sabablari hamda ularni kamaytirish yoki oldini olish haqidagi axborot hisoblanadi.
“Galstuk-babochka” usuli korxonaning mavjud yoki kompleks risklari uchun qo’llanilishi mumkin. “Galstuk-babochka” diagrammasi aniqlangan nosozliklar daraxti va hodisalar daraxti asosida qurilishi mumkin, lekin odatda uni bevosita aqliy hujum jarayonida quriladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling