Mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash va boshqarish Reja: Kirish
Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi risklar, ularning tasniflanishi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi tayyor Aziz
Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi risklar, ularning tasniflanishi.
Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog‘liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi esa, risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin. Investitsion faoliyat ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyasiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. “Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. “Risk” atamasi Yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan. Risksiz investitsiya jarayonini samarali tashkil etish murakkab jarayon, iqtisodiyotda risk darajasining ko‘payishi, o‘z navbatida, ishbilarmonlik erki ko‘payishi hisoblanib, ma’lum ma’noda u o‘sha erkinlik, o‘sha ixtiyoriylik uchun to‘langan haqdir. Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bumuvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli” deb ifodalangan. V.T. Sevruk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Olshanskiy “risk - bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir”, degan ta’rifni keltiradi. 1-rasm. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deya izohlaydi. E.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”. (snoska) Riskni talqin kilishda akademik M.Sharifxo‘jaev va prof. Y.Abdullayevlarning hammualliflikdagi “Menejment: 100 savol va javob” kitobida ham mantiqiy, ham lug‘aviy ma’nodan kelib chiqib yondashilgan. Ularning o‘zbek tilining izohli lug‘atiga tayanib bergan fikricha: - xavf - biror ko‘ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar; qo‘rqinch; - xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan sharoit; xavf, tahlika; - xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo‘rqish; - tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda kilinadigan harakat; - tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to‘la yoxud qisman yo‘qotish xavfi; - tavakkalchilik - bu noaniklik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi; - tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi. Prof. Sh.Abdullayeva tadqiqotlarida “risk - xato, ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va hokozalar deb talqin qilish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan holda “risk” “bank riski”, “kredit riski” deb yuritilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. A.O‘lmasov, A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida “tadbirkorlik riski - bu firmaning ko‘zlagan maqsadiga erishish yo‘lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir”, deya talqin etilgan. Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to‘g‘risidagi qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o‘zbek tilidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g‘ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo‘lsa-da, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi”. Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling