Mavzu: M. Porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi


Download 37.74 Kb.
bet19/25
Sana21.10.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1714415
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati,milliy iqtisodiyotida raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga,bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi tizimidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi.Unga ro’yhatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yil 1-iyul holati bo’yicha Respublika va mahalliy bozorlar Davlat reestrida 5153-ta mahsulot,tovarlar,ishlar va xizmatlar turi bo’yicha jami 878 korxona hisobga olingan.Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlarini belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi. 

2.2. Raqobat strategiyasi va raqobatning har xil yondashuvlari.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar,tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa,bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestririga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi qilib 20% belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro’yxatga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi.Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim: 


  • Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillkning chegarasini belgilab qo’yish;

  • O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish.Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.

Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar jamiyatlari,ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib,mustaqil korxonalariga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” (1996-yil,aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga,shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini,shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi.


Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling