Mavzu: M. Porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi


Download 37.74 Kb.
bet2/25
Sana21.10.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1714415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi

Bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiy etishiga katta ta'sir korsatuvchi raqobatdir.Raqobat kurashining ahamiyati shunchalik yuqoriki,usiz bozorni tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki,u bozor iqtisodiyotining mazmunidir. Bozor sharoitidagi raqobat iqtisodiy raqobat bolib,u iqtisodiy jarayonda yuz beradi.Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat sharoitini yaratish,har bir ishtirokchi o'z harakati uchun zarur muhit va holatni ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan kurashdan iboratdir.Har bir bozor ishtirokchisining kerakli ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli hal qilishi,buning uchun zarur sharoitlarni oldindan va o'z vaqtida yarata olishi,doimo ustunlikka ega bo'lishi kabilar iqtisodiy raqobat kurashining mazmunini tashkil qiladi.Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib,o'zaro kurash olib boradilar.Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning bir-birlari o'rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi.Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan bilishlari,tanish bo'lishlari zarur emas.Buning uchun avvalo bozor xususiyati,uning harakat qonuniyatlarini yaxshi bilgan,sezgan holda faoliyat korsatish asos bo'lib xizmat qiladi.

I.BOB M.PORTER USLUBIYATI VA RAQOBAT USTUNLIGI. 1.1. Raqobatning besh kuch nazariyasi. 1991-yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining “Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi.Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan.Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas,firmalar raqobatlashadi.Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday ushlab turishini tushunish talab etiladi” mazmunli tezisdir.Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Raqobat ustunligi strategiyasi M. Porterning fikricha,raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir,ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi.Tarmoqda firma uchun raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi:


Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling