Mavzu: M. Porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi


Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi,ya’ni raqobatning o’ziga xosliklari


Download 37.74 Kb.
bet3/25
Sana21.10.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1714415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi

1.Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi,ya’ni raqobatning o’ziga xosliklari.

Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi:

- yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi;

-o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi; 

-yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati; 

- xaridorlarning savdolashish qobiliyati; 

-mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati.

Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi.Chunki,u bahoga,harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.

2.Firmaning tarmoqda tutgan o’rni.

Firmaning tarmoqdagi o’rni,avvalo,raqobat ustunligi bilan aniqlanadi.Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa,u o’z raqiblarini ortda qoldiradi:-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beradi.

Tovarlar differentsiyatsiyasi,ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.

Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil – bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi.Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini,qanday sotish kanallaridan foydalanishini,qanday xaridorlarga xizmat ko’rsatishini,dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak. 

Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir.Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga ham ega. M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi: 

1.Ko’pmilliy tarmoqlar.

Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir.Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo’llash mumkin emas.Misol uchun,jamg’arma banklari.


Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling