2.Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat maydoniga ega bo’ladilar.Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas,balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi. M. PORTER GLOBAL STRATEGIYA SHAROITIDA RAQOBAT USTUNLIGIGA ERISHISHNING VA UNDAN FOYDALANISHNING IKKI USULINI AJRATADI: 1.Faoliyatni tartibga solish(konfiguratsiya)ya’ni o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini joylashtirish.Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi: -omillarning minimal qiymati; -ITTKI ni o’tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi; -maxsus ko’nikmalarning mavjudligi; -mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi. 2.Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o’z ichiga: ma’lumot almashinuvini; -javobgarlikni taqsimlashni; -xatti-harakatlarni kelishishni oladi. SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli. Hozirgi kunda jahon miqyosida amal qilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini uzoqni mo’ljallangan holda amalga oshirishini taqozo qilmoqda.Ma’lumki,bozor iqtisodiyoti tizimini to’rtta dastak – talab,taklif,narx va raqobat tartibga solib turadi.Har bir korxona o’z mahsulotining hayotiyligini oshirish uchun ushbu to’rtta dastakni qo’llagan holda o’rganishi juda katta ahamiyat kasb etadi.Bu borada korxonalarda marketing hamga boshqaruv tizimi qay tarzda yo’lga qo’yilganligi muhim omillardan biri hisoblanadi.Ushbu omillarni o’rganishda va tahlil qilishda korxonalarda marketing faoliyati va tahlil usullaridan biri SWOT analiz usulidan keng foydalaniladi.SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960- yilda AQSHning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan. SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli. SWOT analiz - bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan,shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o’rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda,korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir.Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi,chunki tahlil chizmasi ko’rinishi 2x2 ko’rinishdagi matritsani eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |