Mavzu. Madaniy boyliklar va muhofaza qilish tushunchasi. Mavzuga oid boshqa asosiy tushunchalar
Download 207.3 Kb.
|
1-мавзу ТМК (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy boyliklar tushunchasi
Mavzu. MADANIY BOYLIKLAR VA MUHOFAZA QILISH TUSHUNCHASI. MAVZUGA OID BOSHQA ASOSIY TUSHUNCHALAR Reja: Madaniy meros tushunchasi Madaniy boyliklar tushunchasi Yodgorlik va ta ’mirlash tushunchasining shakllanishi Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma'naviy boyliklar «Madaniy meros» tushunchasida ifodalanadi. Har bir davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masalan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassa- mlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me'morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas- diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad- rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islomiy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asarlari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoqda. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Download 207.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling