Mavzu: Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish Reja


О‘rmon xо‘jaligining qator oralridan vaqtincha foydalanishi


Download 225.9 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi225.9 Kb.
#1025967
1   2   3   4
Bog'liq
Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish

О‘rmon xо‘jaligining qator oralridan vaqtincha foydalanishi

Iqlim Bobotog’ o’rmon xo’jaligi haroratni tez tushishi va ko’tarilib ketishi, atmosfera namlikni yetarlimasligi, namlikni tez parlanib ketishi, havoda namlikni pastligi va kuchli shamolalri bilan ajralib turadi. Bahorning iliq kunlarida issiq va quruq havo bilan almashadi va yoz oylarida, kuz oylarining o’rtachaligida uzoq davom etadi. Qishki ob havo haroratini tez tushib ketishi va arktik rayonlardan sovuq havo oqimi kelishi haroratni tez sovub ketishiga sabab bo’ladi.


O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon qo‘mitasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Bobotog‘ tog‘larida joylashgan Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligi hududi tabiatini o‘rganish maqsadida ilmiy ekspeditsiya tashkil etdi.
Bobotog‘ning noyob tabiatini saqlab qolish yuzasida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev ham 2020 yil 10 avgustda tabiat muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish masalasiga alohida to‘xtalib, Bobotog‘da ham Milliy tabiat bog‘ini 2021 yil yakunigacha tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edi.
Ekspeditsiya davomida hududning noyob xayvonot va o‘simlik dunyosi, ekoturizm imkoniyatlari o‘rganildi.
Bobotog‘ tog‘lari hayvonot dunyosi juda boy bo‘lib, bu yerda yurtimizning boshqa yerlarida uchramaydigan hayvonlarni uchratish mumkin. Jumladan bu yerda tog‘ etaklaridagi qirlarda sirtlon, tog‘ o‘rmonlarida silovsin, Buxoro tog‘ qo‘ylari, toshsuvsar, jayra, bo‘rsiq, kobra iloni, qushlardan qumoylar, qora tasqara, boltayutar, jo‘rchi, burgut, lochin kaklik va chil kakliklar uchraydi. Tog‘ning turli hududlarida aholi qoplon ko‘rishganini ham ma’lum qilishgan.
Ekspeditsiya davomida ilk marta Buxoro tog‘ qo‘ylarining Boboto populyatsiyasidagi yovvoyi qo‘ylar suratga olindi.


Yapon saforasining dendrologik ta’rifi
Sofora turkumi (Sophora L.)-dukkaklilar oilasiga (Fabakeae) mansub daraxt bo‘lib 20 ga yaqin turlari mavjud, ular yovvoyi holda Osiyo va shimoliy Amerikada o‘sadi. Barglari murakkab juftsiz pistasimon, qarama- qarshi tartibda joylashgan, ularning soni 7 va undan ortik bo‘lishi mumkin. Gulchalari supurgi shaklida yig‘ilgan. Dukkaklilari (mevalari) tasbexsimondir.
Yapon soforasi-Sophora japonica L., (tuxumak)-barglari to‘kiluvchan daraxt bo‘lib, 25-30 metrgacha yetadi, tanasi tikka o‘sadigan to‘g‘ri shaklda, shox shabbalari yoyiluvchan, chiroyli sharsimon shaklda bo‘ladi. Barglari yirik, o‘zunligi 15-25 sm bo‘lib 7-17 bargchalardan iboratdir; shakli tuxumsimondan lansetli-tuxumsimoncha, barglarining o‘zunligi 2,5-5 sm, tepasi o‘tkir shaklli asosi keng konussimon yoki dumalok shaklga ega. Bargchalarining ustki qismi to‘k yashil, yaltiroq, pastki qismi kukimtir rangli. Gulchalarning o‘zunligi 1-1,5 sm sariq yoki och yashil rangda, yoqimli xidli, o‘zunligi 15-30 sm bo‘lgan supurgisimon shaklda yig‘ilgan. O’zbekistonda iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevalari tasbexsimon, o‘zunligi 5-8 (10) sm, yashildan qahrabosariq ranggacha. Urug‘lari dukkakli (1dan 6gacha) mayda qora, yaltiroq, ular yopishqoq massa ichida joylashgan.
Tez o‘suvchi tur, soyaga chidamli, shox-shabbalari ochiq joylarda sharsimon shaklda bo‘ladi. Issiksevar, ammo-25S gacha bo‘lgan sovuqqa chidamli. Tuproqqa talabchan emas, Shur tuproqlarda ham o‘saveradi, lekin boy tuproqlarda yaxshi rivojlanadi, qurg‘okchilikka, gaz va tutunga chidamli, shahar sharoitida yaxshi o‘sadi. 5-7 yoshdan boshlab gullaydi va meva hosil qiladi. Urug‘lari bilan oson ko‘payadi, ayrim manzarali turlari payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi.
Yapon soforasi meditsinada katta axamiyatga ega. Uning gulgunchalaridan farmatseftika sanoatida 12-17, ayrim hollarda 30%gacha rutin askarbin kislotasi bor. Barglari va yosh novdalarida 4-5%gacha rutin mavjuddir.
Xalq tabobatida mevalarini qaynatmasdan yaralarni davolashda qo‘llaniladi (ayniqsa quyganda). Undan qon bosimini pasaytirishda, oshqozonning yallig‘lanishida, o‘n ikki barmoqli ichakni davolashda, ichki a’zolardan qon oqishda, dizenteriyada,jigar kasalligiga qarshi, stenokardiya, trombolebd va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Yapon soforasining qaynatmasi ajoyib antiseptikdir. Shuning uchun u yordamida yiring‘li yaralarni, ekzema, terini zamburug‘li kasalliklarini davolashda ishlatiladi.


Download 225.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling