Mavzu: Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish Reja


Download 225.9 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi225.9 Kb.
#1025967
  1   2   3   4
Bog'liq
Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish




Mavzu: Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish






Reja:



  1. Madaniy Bobotog’ o‘rmon xo’jaligi tavsifi

2 О‘rmon xо‘jaligining qator oralridan vaqtincha foydalanishi
3 Yapon saforasining dendrologik ta’rifi
3 Yapon saforasi ko’chatlarini yetishtirish agrotexnikasi
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati



  1. Madaniy Bobotog’ o‘rmon xo’jaligi tavsifi

Bobotog’ o’rmon xo’jaligi 1948-yili o’rmon xo’jaligi vazirligining 22.07.48 yilgi 348- sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bobotog’ o’rmon xo’jaligi dala hovlisi Denov o’rmon xo’jaligi asos qilib olindi. Bobotog’ o’rmon xo’jaligi tarkibiga kiraidgan biirnchi o’rmon tuzish ishlari 4 razryad aniqligida 1932-1934 yilda olib borilgan.
Xo’jalik hozirgi vaqtda yer ajratish ishlari yer ajratish bilan shugullanmayaoti. O’rmon tuzish dala ishlari vaqtida Uzun tumani himoya zonasida (300 m) va Denov tumani qirg’oq bo’yidan (50 m) aylanib ko’rib qabul qilish hujjatlari rasmiylashitirlgan.
Surxandaryo viloyati Boysun, Surxondaryo, Bobotog‘, Uzun va Qiziriq davlat о‘rmon xо‘jaliklari hamda Hisor ixtisoslashgan о‘rmon xо‘jaligining umumiy yer maydoni 367 ming 73 gektarni tashkil etadi. Ushbu yer maydonlarining

  • 148 288 gektari о‘rmon bilan qoplangan;

  • 1 380 gektari haydaladigan yerlar;

  • 82 776 gektari yaylov;

  • 84,1 gektari bog‘, uzum va tutzorlar;

  • 134 544 gektari boshqa yerlardan iborat.

О‘rmon xо‘jaliklarining 19 gektar yer maydoniga 5 tonna 540 kg manzarali va mevali daraxtlar urug‘i ekilgan, 22,2 gektarga 1 mln 134 ming dona daraxt nihollari parvarishlanmoqda. 18,3 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etilgan bо‘lib, ularda 13 ming 822 dona limon kо‘chatlari parvarishlanmoqda.
О‘rmon xо‘jaliklarida

  • 24,5 gektar yong‘oq,

  • 100 gektar pista,

  • 58,5 gektar bodom plantatsiyalari barpo etilgan.

13 gektar maydonda shafran dorivor о‘simligi yetishtirilmoqda. Qariyb 8,5 ming gektar yer maydoni kavrak о‘simligi plantatsiyalarini yaratish uchun belgilangan tartibda kvota asosida tadbirkorlarga ajratilgan.
Viloyat davlat о‘rmon xо‘jaliklari tomonidan 2020 yilning о‘tgan davrida 122 gektar maydonda ixota о‘rmonzorlari barpo etildi, 633 gektar yer maydoni о‘zlashtirildi.
Viloyat о‘rmon xо‘jaliklarining 27 500 gektar maydonda pistazorlar mavjud bо‘lib, joriy yilning kuz oyida 1100 gektarda pista palantatsiyalari barpo etiladi.
2021-2022 yillarda 2 ming gektar hududda yong‘oq va pistazorlar tashkil etiladi. 70 gektar maydonga tezо‘sar va seryog‘och pavlovniya daraxtlari ekiladi. Uzun tumanidagi Bobotog‘ hududida 27 000 gektar yerga pista ekish kо‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon qo‘mitasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Bobotog‘ tog‘larida joylashgan Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligi hududi tabiatini o‘rganish maqsadida ilmiy ekspeditsiya tashkil etdi.
Bobotog‘ning noyob tabiatini saqlab qolish yuzasida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev ham 2020 yil 10 avgustda tabiat muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish masalasiga alohida to‘xtalib, Bobotog‘da ham Milliy tabiat bog‘ini 2021 yil yakunigacha tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edi.
Ekspeditsiya davomida hududning noyob xayvonot va o‘simlik dunyosi, ekoturizm imkoniyatlari o‘rganildi.
Bobotog‘ tog‘lari hayvonot dunyosi juda boy bo‘lib, bu yerda yurtimizning boshqa yerlarida uchramaydigan hayvonlarni uchratish mumkin. Jumladan bu yerda tog‘ etaklaridagi qirlarda sirtlon, tog‘ o‘rmonlarida silovsin, Buxoro tog‘ qo‘ylari, toshsuvsar, jayra, bo‘rsiq, kobra iloni, qushlardan qumoylar, qora tasqara, boltayutar, jo‘rchi, burgut, lochin kaklik va chil kakliklar uchraydi. Tog‘ning turli hududlarida aholi qoplon ko‘rishganini ham ma’lum qilishgan.
Ekspeditsiya davomida ilk marta Buxoro tog‘ qo‘ylarining Boboto populyatsiyasidagi yovvoyi qo‘ylar suratga olindi.



Download 225.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling