Mavzu: Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish Reja


Mevalarni terish va urug‘larga ajratish


Download 225.9 Kb.
bet4/4
Sana17.12.2022
Hajmi225.9 Kb.
#1025967
1   2   3   4
Bog'liq
Madaniy o’rmonlar qator oralaridan vaqtincha foydalanish

Mevalarni terish va urug‘larga ajratish. Yapon soforasi mevalari (tasbexsimon dukkaklilari) oktyabr-noyabr oylarida pishib yetiladi va butun qish bo‘yi daraxtlarda osilib turadi, yog‘in sochinlardan keyin asta-sekin to‘kila boshlaydi. Mevalarini terishning yaxshi vaqti-noyabr oyidir. Bu vaqtda mevalari sariq-yashil rangda bo‘ladi. Ularni ko‘l kuchi bilan sidirib teriladi yoki tok qaychi bilan kesib olinadi.
Mevalarini qayta ishlash va urug‘larini tozalash uchun 3-4 kun davomida suvga bo‘ktirilib ko‘yiladi. Bu vakt davomida xama massasi achiy boshlaydi. Mevalari yumshagandan keyin urug‘larni ishqalab dukkagidan ajratiladi va elakda yuvib olinadi. Yuvilgan urug‘larni 3-4 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Quritilgan urug‘ni shamolda sovurib tozalanadi. Umumiy terilgan xomashyodan 30-33% toza urug‘ chiqadi. 1000 dona urug‘larning og‘irligi 80-140 gr. (o‘rtacha 100 gr) to‘g‘ri keladi. Tayyorlangan har bir urug‘lar partiyasi uchun tegishli etiketkalar yoziladi, unda urug‘larni terilgan joyi, sanasi ko‘rsatiladi va nazorat urug‘chilik stansiyasidan belgilangan namunadagi pasport-sertifikat olinadi.
Urug‘larni saqlash. Ularni qishda saqlab bahorda ekish uchun ularni kog‘oz qoplarga yoki yashikchalarga joylashtiriladi.
Saqlash davrida urug‘alarning namligi 11-12% bo‘lishi tavsiya etiladi. Xar-xil partiyadagi urug‘lar alog‘ida saqlanadi. Yapon soforasining urug‘lari sifatli bo‘lsa saqlash davrida embioni –sariq yoki pista rangli endespemasi esa shishasimon rangda bo‘ladi. Urug‘lar dizinfeksiyalangan, qurik, va yaxshi shamollab turadigan pokiza omborxonalarda saqlanadi. Omborda havoning nisbiy namligi 70% dan oshmasligi kerak. Yapon soforasining urug‘larini saqlash davri 3 yil.
Download 225.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling