Mavzu: madaniy o’simlklarning kelib chiqishi reja


Yopiq urug'li o’simliklami kelib chiqish markazlari


Download 38.82 Kb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi38.82 Kb.
#1422939
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-MADANIY O\'SIMLIKLAR VA ULARNING AHAMIYATI

1.Yopiq urug'li o’simliklami kelib chiqish markazlari.
Ko'pchilik o'simliklar juda qadim tarixga ega, ayrimlari esa yaqinda madaniylashtirilgan. Bug'doy miloddan avvalgi yetti minginchi yildan, qand lavlagi esa 19-asr bashlaridan ekila bashlangan. Yovvoyi ajdadlari daraxtsiman yaki buta shaklida bo'lgan ko'p yillik yavvayi g'o'za hozir Braziliya, Peru, Sudan, Meksika kabi tropik va subtropik mamlakatlardagina saqlanib qolgan. Evalyutsiya jarayonida tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash ta'sirida g'o'zaning hayat sikli o'zgarib, bir yillik o'simlikka aylangan. Keyingi tadqiqotlar natijasida g'o'zaning qimmatli xa'jolik belgilari hosildorligi, to'la uzunligi, urug' sifati va boshqalar o'zgardi, natijada u muhim qishloq xo'jaligi ekini bo'lib qoldi. Ko'pchilik madaniy o'simliklarning o'z kelib chiqish markazlari bor, ya'ni ko'pchilik madaniy o'simliklar qadimdan dehqanchilik rivojlangan joylarda, ayniqsa, subtropik va qisman tropik mintaqalarda vujudga kelgan. Masalan, tariq, sholi, grechixa, piyozning, shuningdek, olma, nok, o'rik, shoftoli, olcha, olxo'ri, choyning ba'zi turlari va boshqa ko'pgina madaniy o'simliklarning vatani -Xitoy; dukkakli don ekinlari (jumladan, no'xat,yasmiq), sabzi, sarimsoq, tok va boshqalar O'rta Osiyodan, bug'doyning qimmatli turlari - Efiopiyadan, tarvuz - Janubiy Afrikadan, makkajo'xori, g'o'za, loviya, qovoq Markaziy Amerikadan, kartoshka, pomidor, yeryong'oq, ananas Janubiy Amerikadan tarqalgan. 0'sirnliklarni tanlash va ularning tarqalishi uzoa vaqtgacha {urushlar, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida) tabiiy yuz bergan. Shuning uchun u yoki bu madaniy o'simlikning kelib chiqish joyini aniqlash ancha murakkab.
Jamiyat taraqqiyoti, agronomik bilimlaming to'planishi, keyinchalik seleksiyaning rivojlanishi tufayli odamning o'simlikka bo'lgan ta'siri ya nada ortdi.
O’simliklar orasida ranglari, tuzilishi bilan farq qiladigan suv o’tlari zamburug'lar, shilimshiqlar, urug'li o’simlikloar (ochiq urug'lilar va gulli o’simliklar) mavjud. Bularning ichida asosiy qismi yoki ko’pchligi avtotrof organizmlar, ya'ni fotoftorlardir. Zamburug' va shilimshiqlar, bakteriyalar getrotrof organizmlardir.
Er yuzida asosan yopiq urug'li o’simliklar madaniylashtirilgan. Ular ming yillar davomida turli tuman yovvoyi o’simliklar orasidan tanlash, chatishtirish payvandlash usullari bilan yaratilgan. Demak ko’pchilik madaniy o’simliklar asosiy bunyodkori insonning aqli-zakovati va mehnati hisoblanadi. Agar madaniylashtirilgan o’simliklar biror sababalarga ko’ra inson tomonidan qarovsizx qoldirilsa, ular ko’pincha yovvoyilashadi yoki butunlay yo’qolib ketadi.



Download 38.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling