Mavzu: madaniy o’simlklarning kelib chiqishi reja
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari
Download 38.82 Kb.
|
8-MADANIY O\'SIMLIKLAR VA ULARNING AHAMIYATI
3.Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari
Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos boʻlgan. 1883-yilda shveysariyalik botanik olim A. Dekandol eng asosiy madaniy ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib, ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39 yillarda Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta materiallarga tayangan holda M.oʻ.k.ch.m.ning 8 ta asosiy geografik markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani); Hindiston markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani); Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — oʻrik, nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo markazi (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani); Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani); Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat, texnika va dorivor oʻsimliklar, shu jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari vatani); Janubiy Amerika markazi (koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani). Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan) Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari borligini koʻrsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va boshqa yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari boʻlgan, deb hisoblangan boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda paydo boʻlganligini koʻrsatib berdi. Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham bogʻlikdir. Hindiston markazi qad. Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega boʻlgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi oʻsimliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol oʻynagan. N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy oʻsimlik genofondlari (qarang Genetik fond) boʻyicha dunyo miqyosida toʻplangan juda katta maʼlumotlarni tahlil qilish asosida madaniy oʻsimliklar kelib chiqqan va yangi shakllar paydo boʻlgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (haritaga q.). Bulardan tashqari, madaniy oʻsimliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida boʻlib) qolishi tufayli paydo boʻlgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi taʼlimotning asosiy nazariy mohiyati madaniy oʻsimliklarda tur hosil boʻlish jarayonining muayyan geografik joyga bogʻliqligini koʻrsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy oʻzgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega boʻlib, amaliy seleksiyada qimmatli boshlangʻich material boʻla oladigan, muhim xoʻjalik belgilarining nodir genlariga ega oʻsimliklarning yangi shakllarini yaratishiga imkon beradi. Madaniy ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri ekiladi. Oʻsimliklar madaniylashtirilgan sari oʻz markazidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sunʼiy va tabiiy tanlanish natijasida oʻsimliklarning genotiplari, morfologik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip oʻzi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Mas, makkajuxori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik oʻsimligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55° shim. kenglikda ekiladi; soya issiqsevar oʻsimlik, 3500—4000° foydali harorat yigʻindisini talab etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750—1800° da pishadi. N. I. Vavilov va boshqa olimlarning mehnati tufayli [mas., Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida gʻoʻzaning kelib chiqishi markazlariga akademik A. Abdullayev boshchiligida Meksika (1975), Peru (1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989—90), Avstraliya (1997)ga ek-speditsiyalar uyushtirilgan] Yer sharining turli mamlakatlariga oʻtkazilgan juda koʻp botanik ekspeditsiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy boʻlgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy oʻsimliklar hamda ularning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari yaratilgan. Dunyo kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida turli qishloq xoʻjaligi ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish megamarkazlari (P. M. Jukovskiy)I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-shok bugʻdoy, tariq, qoʻnoq, marjumak va boshqa vatani). II. Indoneziya-Hindixitoy(suli, shakarqamish, banan, murch, sabzavot ekinlari). III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, avstraliya gʻoʻzalari, sebarga turlari, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar turlari). IV. Hindiston (sholi, hind bugʻdoyi, shakarqamish, osiyo gʻoʻza turlari, baqlajon, bodring, mango). V. Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Gʻarbiy Tyanshan togʻlari; koʻk noʻxat, xashaki dukkaklilar, noʻxat, mosh, afgʻon javdari, maxsar, yasmiq, oʻrik, shaftoli, olma, qovun, gʻoʻza turlari va boshqalar). VI. Gʻarbiy Osiyo (Togʻli Turkmaniston, Eron, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Arabiston ya. o.; bugʻdoy turlari, arpa, javdar, suli, beda, tok, chirmashib oʻsadigan zigʻir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari). VII. Oʻrta dengiz (zaytun, suli, bugʻdoy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zigʻir, karam, lavlagi, sabzi, sholgʻom, turp, piyoz, sarimsoq, koʻknor, oq xantal). VIII. Afrika (joʻxori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, gʻoʻza turlari). IX. Yevropa-Sibir (tolali zigʻir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari). X. Markaziy Amerika (makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, koʻp yillik oʻsimliklar). XI. Janubiy Amerika (madaniy kartoshka, pomidor, tamaki, ananas, koʻp yillik arpa, yer yongʻoq, gurchsimon (chatnaydigan) makkajoʻxori turlari). XII. Shimoliy Amerika (arpa turlari, lyupin turlari, koʻp yillik oʻtsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, rezavor oʻsimliklar). Madaniy o’simliklarning kelib chiqqan joylari to’g'risida fanda ikki xil fikr mavjud bo’lib, bir guruh olimlar A.Gumbolt, De kandol, L.Mechnikov va boshqalar xozir xonakilashtirilgan o’simliklarning vataninin tekisliklaridagi daryo vodiylari va vohalari bo’lishi kerak desalar A.Dorsheyd, A.Fechel, N.Vavilov va boshqalar qadimdan dexqonchilik rivojlangan har xil tog' vodiylari bo’lishi kerak deydilar. N.Vavilovlarning bu fikrlarini so’ngi voqiylarda olib borilgan tarixiy arxeologik paleobotanik, botanik- geografik dalillar ham tasdiqlaydilar. Bu xulosaga N.Vavilov va uning shogirdlari jahonning 65 ta mamlakatlariga 19 231940 yillarida uyushtirgan ekspeditsiyalarida yiqqan materiallariga asoslanib aytganlar. Akademik N.I.Vavilov dunyo miqiyosida madaniy o’simliklarning paydo bo’lgan 8 ta asosiy markazi va tarqalish joylarini aniqladi: 1.Xitoy 2.Indomalay-bu markaz 2 viloyatga bo’linadi a) Xindiston b)Indomalay- Xind okeanida joylashgan Malayziya va boshqa orollar. 3. O’rta Osiyo 4. Old Osiyo 5. O’rta dengiz atroflari 6. Abissi yoki Efiopiya 7. Markaziy Amerika va Janubiy Meksika 8. Janubiy Amerika- bu markaz 3 ta mustaqil viloyatga bo’linadi a) Peru-Ekvador-Boliviya b) CHilou. Tinch okeanida joylashshgan. v) Braziliya - Paragvay Keyingi yillarda, mayda va yovvoyi o’simliklarga tegishli dunyo bo’yicha to’plangan ilmiy materiallarni har tomonlama taxlil qilgan akademik P.M.Jukovskiy (1971) madaniy o’simliklar bunyod bo’lgan 12 ta markazni aniqlab berdi (rasm 2). Bu xozir eng mukmmal zamonaviy sxemalardan biri bo’lib, u o’z doirasiga qo’shimcha 102 ta kichik, ma'lum bu joyga xar xil o’simliklarga boy mikrogentsentrini oladi. Masalan bug'doyning dunyo bo’yicha 10 tadan ortiq mikvo gentsentrlari aniqlangan. 1.Xitoy-YApon gentsentr Bu madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazi o’z doirasiga SHarqiy Xitoy, Koreya yarim oroli. YAponiyani oladi. Bunday Xitoy birlamchi markaz 2.Koreya bilan YAponiya- ikkilamchi markaz hisoblanadi. Bu gentsentrda sholining YApon turi, tariq, qo’noq, piyoz, ochiq urug'li soya, yame, turp, xitoy karami, sholg'om, xitoy sarimsog'i, xitoy-yapon mayda qovuni, yapon bexisi, o’riksimon olxo’ri, o’rik, shaftoli, olcha, unabi, yovvoyi xuromo, xitoy shakar qamish, manchjur yong'og'i, xitoy choyi va paxtasi, apelsin, yovvoyi va madaniy 10 oshiq olma turlari, nok kabi jami 90 yaqin madaniy va yov voyi o’simliklar vatanidir. 3.Indoneziya-indixitoy gentsentri. Bunga Tayland, Kambuchiya, Laos, Malaziya, Birmaning bir qismi, vetnam va Bangldadeshning shimoliy qismla rikiradi. Indoneziya va Malay arxeopelagi kiradi. Bu erlarga limon, banan, achchiq apelsin, mango va o’rmon meva daraxtlari, madaniy sholining yavan va 3 ta yovvoyi turi, non daraxti, kakos, sachava, qand paltasi, qand qamishi, osiyo paxtasi kabi 40 ortiq turlarning markazidir. 4.Xindiston gentsentri. Bu markaz asosan Xindiston yarim orolida joylashgan. Xindiston Va Pokiston xududdlarini o’z ichiga oladi. Bu erlar dumaloq mevali xind bug'doyi, uzun donli Xindiston sholisi, mosh, sholisimon soya, no’xot, baqlajon, bodring, xind trupi, xind paxtasi, jut kabi o’simliklarning markazi. Bulardan tashqari shakar qamish, oq jo’xorilarning ikkilamchi keng tarqalgan makonidir. Bu erda ko’p dorivor o’simliklarning va ziravorlardan q ora murch, qalampirpumnchoq, dolchin, imbir, siam, nepal kardomini kabi noyob o’simliklarning birlamchi markazi. 5. Avstraliya gentsentri. Bu qita paxtaning yovvoyi 9 ta turi, evkalip va zarang daraxtlarinigg bir qancha turlari, madaniy sholi,, tamakilarning bir qan cha yovvoyi turlarining markazi. 6. O’rta Osiyo gentsentri. Bu tsentr markaziy Avg'oniston, Tojikiston, O’zbekiston, G'arbiy Tyan-SHan tog' tizmalari, janubiy Qozog'iston va Qirg'izistonni o’z ichiga oladi. Bu tsentrning ko’p qismida baland Pomir Oloy, Xuroson va Tyan-SHan tog' tizmalari joylashgan. Bu erda qadimgi oqsus (Amudaryo) va YAksart (Sirdaryo) daryolari oqadi. Bu tsentr myumshoq don li, qayroqli va pakana bo’yli bug'doy, ikki qirrali arpa, mosh, mayda donli yas miq, afg'on va shug'non javdarlari, burchoq, no’xot, achchiq moyli zig'ir, piyoz, sarimsoq, sariq sabzi, farg'ona sholg'omi, olmaning ba'zi turlari, qovun, xandalak, nok, bodom, yong'oq, olcha, olxo’ri, qisman anor, anjir, o’rik, xurmo, pista, uzum, jambil, rayxon, zira, kashnich, alqar, belda va boshqa ba'zi em-xashak o’simliklarning markazidir. 7.Old Osiyo gentsentri. Bu gentsentr xududiga Turkmanistoning tog'li tumanlari, Eron, Iroq, Suriya, Turkiya, Iordaniya, Isroil, Livan, Arabiston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston kiradi. Bu gentsentrda 15 ga yaqin bug'doy turi, 2 ta ko’p yillik va 3 ta bir yillik javdari, bir va ko’p qirrali yovvoyi arpa, yasmiq, zig'ir, behi, gilos, anjir, kashtan, o’rmon yogg'og'i, arab yovvoyi paxtasi, bedalarning ba'zi turlari, gulli zira o’t (espartset) olma, nok, olcha, olxo’ri, anor, uzum, qizil sabzi, karam, qizil atrigul kabi 100 ga yaqin yovvoyi va madaniy o’simliklar markazi. Bu tsentrning Kavkaz regioni ko’pgina bug'doy turlari, arpa, no’xat, javdar, kolxida zig'iri, behi, qizil olma, gislos, gurji bodomi, arman olmasi, kolxida o’rmon yong'og'i, nok, uzum kabi o’simliklarning markazi. 8.O’rta er dengiz gentsentri. Bu markaz 17 ta kichik davlatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan janubiy Ispaniya, Janubiy Partugaliya, Italiya, Janubiy Gretsiya, Albaniyaning dengiz qirg'oqlari, Marokash, Tunis, Jazoir va O’rta dengiz orollarini o’z ichiga oladi. Bu markaz qayroqi bug'doy navlari, vizantiya su lisi, zig'ir, malina, ispan va dengiz piyozlari, qizil sabzi, ukrop, kashnich, karam lavlagi, no’xatlarning ba'zi turlari. Artishok, lavr, xina, puk beruvchi dub daraxti, qisman limon, apelsin, uzum, olxo’ri, oq sebarga, suli kabi o’simliklarning markazi. 9.Afrika gentsentri. P.M.Jukovskiy bu markazni 3 qismga ajratgan: Tropik Afrika, Janubiy Afrika hamda Efiopiya. Bu markazda arab kofesi, non teffasi, Xabashiston banani, karam, zig'ir, suli kunjut, oq jo’xori, kanakunjut, xurmo finik palmasi, tarvuz, afrika javdari va ko’nog'i, qovoq, afrika lavlagichi, er yong'oq, ba'zi sholi turlari, moy beruvchi xurmo, aloening bir qancha turlari kabi o’simliklarning vatani 10. Evropa - sibir gentsentri. Bu markaz lavlagi,karam, uzun tolali zig'ir, o’rmon olmasi, noki, dasht olchasi,malina, smorodina, qulupnay, zemlyanika, qulmoq (xemel), kendr, chakanda, o’rmon uzumi, amur uzumi, dasht bodomi, oq sebarga, madaniy olma. Gilos, knop, krijovnik, xren kabi 30 dan ortiq madaniy o’simliklar vatani. 11.O’rta Amerika gentsentri. Bu markaz Meksika, CHvatemala, Nikaragua, kosta-Rika, Gonduras, Panama va Atlantik okeanda joylashgan orollarni (Kuba, YAmayka va boshqalar) o’z ichiga oladi. Bu markaz xozir ekilayotgan makkajo’xori 10 ga yaqin turi, yovvoyi kartoshka, burchoq, loviy a, mayda donli lima, to’pgulli yovvoyi loviya, texas qovog'i, choy o’ti (meksika bodringi), batat (shirin kartoshka), meksika paxtasi, opunsiya, kakao, vanil daraxti, 3 tur tamaki, moxorka, qalampir, agava, meksika yong'og'i kabi 60 dan ortiq o’simliklar markazidir. 12.Janubiy Amerika gentsentri. Bu qit'a tabiati bilan keskin farq qiladigan 3 ta dehqonchilikning birinchi paydo bo’lgan erlariga bo’linadi. a.And tog'larining sharqi yon bag'irlari bilan Amazonka daryosi xavzasidagi tropik o’rmonlar bo’lib, bu erda eryonhoq, mankok, guyava, lima loviyasi kabi o’simliklar markazi. b.And tog'larining yuqorigi yassi tepaliklarida joylashgan bo’lib, bu erda yovvoyi kartoshka, tugunakli kartoshkasimon oka va ullyuka o’sadi. c.And tog'larining g'arbi etaklari va Peruning okeanga yaqin joylashgan qirg'oqlari hisoblanadi. Janubiy Amerika kraxmalga boy makkajo’xori, tugunakli kartoshka, nasturtsiya, Lima loviyasi, er yong'oq, ananas, kakao, tamaki, maniok, braziliya yong'og'i, xinin daraxti, rezina beruvchi xeveya, pomidor, peru paxtasi, maxorka, lyupin, tomat daraxti, qalampir, bolg'ar garimdorisi, kungabyuoqar, chili zelyanikasi, qovun, xidli nok, qovun daraxti va boshqa o’simliklarning vatani. 13.SHimoliy Amerika gentsentri. Bu markaz AQSH, Kanada, Alyaskani o’z ichiga oladi. Bu markaz uzum, kungaboqar, olxo’ri, maymunjon, parmanchak, kanada sholisi va boshqa o’simliklarning markazi. Bulardan tashqari dumaloq muskadon, uzumli, qora olxo’ri, maymunjon, krijovnik, smorodina, tapinambur, kaliforniya yong'og'i va boshqa o’simliklarning ham kelib chiqish markazi bo’lib, xisoblanadi. YUqoridagi ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki ba'zi madaniy o’simliklarning nomlari (kelib chiqish jixatidan) bir necha markazlarda qaytarilgan. Buning sababi shundaki bunday o’simliklar keng madaniylashtirilgan, ya'ni kultigen o’simliklar bo’lib, ular turli markazlarda va bir- birlaridan uzoq bo’lgan bir turkumga oid har xil turlardan paydo bo’lgan. Bu xil o’simliklarning kelib chiqish manbalari xar xil erda bo’lgani uchun ko’p tomirli o’simliklar deyiladi. Bunday o’simliklarga bug'doy, paxta, arpa, sholi, qovun, loviya, nok, olma, madaniy beda va boshqalar kiradi. Masalan oddiy madaniy olmaning ba'zi turlari Kavkazda yovvoyi xolda o’sadigan sharq olmasidan, boshqa turlari Evropa o’rmonlarida o’sadigan mayda mevali olmadan, uchinchisi O’rta Osiyoda yovvoyi holda o’sadigan olmalardan vujudga kelgan. Madaniy o’simliklarning ikkinchi bir guruhi shu jumladan makkajo’xori, ikki qiirrali arpa, no’xat, zig'ir, bodring, baqlajon, tarvuz, anor va boshqalar har biri bir joyda o’sgan yovvoyi turlaridan tarqalgan. Lekin bu o’simliklarning yovvoyi turlari yo’qolib ktegan. Bunday o’simliklarni monori antik, ya'ni bir tomirdan paydo bo’lgan madaniy o’simliklar deyiladi. SHunday qilib madaniy o’simliklarning kelib chiqish masalalarini to’g'ri xal qilish uchun, ularning yovvoyi ajdotlarini birlamchi tarqalgan joyini yoki xozir ham yovvoyi holda o’sayotgan joylariga xos kontservatiq belgilarini nazarda tutish kerak. Ba'zi bir madaniy o’simliklarning xo’jalikdagi ahamiyati. Donli ekinlar. Er yuzida mavjud bo’lgan 240 000 yaqin yuksak o’simlikdan faqat 30 000 ko’prog'ini inson o’z extiyoji uchun foydalanadi. SHundan 640 turi inson xayoti uchun eng zarur o’simlik xisoblanadi. G'alladoshlar (bug'doydoshlar) oilasini dunyo bo’yicha 600 dan ortitg'roq turkum 10000 ga yaqin turdan iborat. Bug'doy. Bug'doy g'alladoshlar oilasiga mansub. Dunyo bo’yicha bug'doyning 22 ta turi,250 dan ortiqroq turchasi bor. SHundan 2 turi (qattiq va yumshoq) katta maydonlarda ekiladi. Respublikamizda qizil bug'do, suxon-5688, qizil sharq, qizil yulduz, eritrospermum-841, psevdomerdionale 122, qiltiqsiz-1 kabi navlari keng tarqalgan. Xulosa Ko'pchilik o'simliklar juda qadim tarixga ega, ayrimlari esa yaqinda madaniylashtirilgan. Bug'doy miloddan avvalgi yetti minginchi yildan, qand lavlagi esa 19-asr bashlaridan ekila bashlangan. Yovvoyi ajdadlari daraxtsiman yaki buta shaklida bo'lgan ko'p yillik yavvayi g'o'za hozir Braziliya, Peru, Sudan, Meksika kabi tropik va subtropik mamlakatlardagina saqlanib qolgan. Evalyutsiya jarayonida tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash ta'sirida g'o'zaning hayat sikli o'zgarib, bir yillik o'simlikka aylangan. Keyingi tadqiqotlar natijasida g'o'zaning qimmatli xa'jolik belgilari hosildorligi, to’la uzunligi, urug' sifati va boshqalar o'zgardi, natijada u muhim qishloq xo'jaligi ekini bo'lib qoldi. Ko'pchilik madaniy o'simliklarning o'z kelib chiqish markazlari bor, ya'ni ko'pchilik madaniy o'simliklar qadimdan dehqanchilik rivojlangan joylarda, ayniqsa, subtropik va qisman tropik mintaqalarda vujudga kelgan. Masalan, tariq, sholi, grechixa, piyozning, shuningdek, olma, nok, o'rik, shoftoli, olcha, olxo'ri, choyning ba'zi turlari va boshqa ko'pgina madaniy o'simliklarning vatani -Xitoy; dukkakli don ekinlari (jumladan, no’xat,yasmiq), sabzi, sarimsoq, tok va boshqalar O’rta Osiyodan, bug’doyning qimmatli turlari – Efiopiyadan, tarvuz – Janubiy Afrikadan, makkajo’xori, g’o’za, loviуа, qovoq Markaziy Amerikadan, kartoshka, pomidor, yeryong'oq, ananas Janubiy Amerikadan tarqalgan. 0'sirnliklarni tanlash va ularning tarqalishi uzoa vaqtgacha {urushlar, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida) tabiiy yuz bergan. Shuning uchun u yoki bu madaniy о'simlikning kelib chiqish joyini aniqlash ancha murakkab. Jamiyat taraqqiyoti, agronomik bilimlaming to'planishi, keyinchalik seleksiyaning rivojlanishi tufayli odamning о'simlikka bo'lgan ta'siri yanada ortdi. Natijada ba'zi madaniy o'simliklar shu qadar о'zgardiki, hatto ular yovvoyi ajdodlaridan nafaqat hosildorligi, balki fiziologik-morfologik belgilari bilan ham farq qiladigan bo'lib qoldi. Madaniy о'simliklarning yovvoyi ajdodlaridan seleksiya ishlarida foydalanib serhosil navlar, shuningdek, ham serhosil, ham kasallik va zararkunandalarga chidamli duragaylar yaratish mumkin. Masalan, о'zbek olimi Sodiq Mirahmedov о'rta tolali g'о'za turini yovvoyi meksika 9'о'zasi bilan chatishtirib, viltga chidamli yangi g'о'za navi (Toshkent-1)ni yaratdi. Shunday qilib, madaniy о'simliklar tamomila inson qo'li va zakovatining ijodi, mahsuli hisoblanadi. Hozirgi davrda Yer yuzida insoniyat hayoti, turmushning to'kinligi ko'р jihatdan madaniy о'simliklardan olinadigan hosilga bog'liq. Download 38.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling