Mavzu: Madanyatshunoslik fanining predmeti maqsad va vazifalari


Download 19.04 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1102137
Bog'liq
Madanyatshunoslik fanining predmeti maqsad va


Mavzu: Madanyatshunoslik fanining predmeti maqsad va
vazifalari
Reja:


1.Madaniyatshunoslik fanining predmeti
2. Madaniyat falsafasi
insoniyat bunyot etgan “ikkinchi olam”, ya`ni 
madaniyat, uning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari hamda ijtimoiy 
vazifalaridir. Binobarin, madaniyatshunoslik fanining asosiy manbai – insoniyat yaratgan barcha 
madaniy boyliklar, moddiy va ma`naviy qadriyatlardir. 
Madaniyatshunoslikning fan sifatidagi asosiy vazifasi – insonning tabiat, jamiyat bilan 
birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning moddiy va ma`naviy turmushiga oid barcha madaniy 
jarayonlarni tadqiq etishdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, madaniyatshunoslik o`rganadigan asosiy sohalarni va 
uning tadkiqot ob`ektini quyidagicha belgilash mumkin:
Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib, insoniyat hayotining turli tomonlari bilan 
bog`lik madaniy tushunchalarni yaxlit holda bir tizim sifatida o`rganadi.
Madaniyat – ramzlar, inonch–e`tiqodlar, qadriyatlar, mezonlar, artefaktlar yig`indisidir. 
Madaniyatda mazkur jamiyat, millat, guruhlarning xarakterli xususiyatlari ham o`z ifodasini topadi. 
Jamiyat, millat, guruhlar aynan o`z madaniyati bilan farqlanadi. Xalq madaniyati – uning hayot 
tarzi, kiyimlari, yashash maskani, oshxonasi, xalq og`zaki ijodi, diniy tasavvurlari, inonch–
e`tiqodlari va boshqalardir. 
Madaniyatga ijtimoiy–maishiy asbob–uskunalar, jamiyatda qabul qilingan xushmuomalalik 
imo–ishoralari va salomlashuv, yurish tarzi, muomala etiketi, gigiena odatlari va hokazolar ham 
kiradi. Aksariyat madaniy tushunchalar va qarashlar avloddan–avlodga o`tib boraveradi
Madaniyatshunoslik fanining asosiy tarkibiy tuzilishi quyidagicha: 
 Madaniyat falsafasi
madaniyatdagi murakkab va ko`p maqsadli jarayonlarni taxlil 
qilishda yondashuvning eng umumiy tamoyillarini namoyon qilib, qiyosiy taxlil, tasniflashga 
asoslanadi. Madaniyatni falsafiy nuqtai nazardan anglash, madaniy tushunchalarni falsafiy jihatdan 
asoslash bilan bog`liq qarashlar mavjud. Insoniyat yashaydigan tabiiy va ijtimoiy guruhlar 
(sotsium) olamida uning jismoniy, ma`naviy va ruhiy hayot faoliyati shakllanadi. Insonning asha 
shu hayot faoliyati rivojlanishini nazariy jihatdan tushuntirish va o`ziga xos tahlil usullari 
madaniyat falsafasi bilan aloqador. 
3. Madaniyat sotsiologiyasi — jamiyatning biron tarixiy davrida mavjud madaniy 
jarayonlarni o`rganish bilan shug`ullanadi; ya`ni har xil sotsiologik axborotlar to`planib qayta 
ishlanadi va tahlil qilinadi. Xullas, ana shunday jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan madaniy jarayonni 
empirik tadqiq qiladi. Ma`lum madaniy sharoitda kishilarning o`zaro munosabatlari va boshqa 
ijtimoiy–madaniy hodisalar ham shu sohaning ob`ektidir . 
4. Madaniyat tarixi — har bir madaniyatni noyob va betakror hodisa sifatida o`rganadi; 
shuningdek, turli madaniy jarayonlarni o`zaro taqqoslaydi, ularning o`zaro munosabati va o`zaro 
ta`sirini, zamon va makondagi farqlarini, madaniy taraqqiyotidagi o`ziga xos va umumiy jihatlarini 
tadqiq etadi. Areologlar, antropologlarning XX asrda olib borgan bir qator tadqiqotlari “madaniyat” 
terminiga yangi ma`no yukladi. Antropologlarning kuzatishlariga ko`ra, Avstaraliyaning tub 
xalqlari yoki Afrika bushmenlari orasida ibtidoiy qonunlar bo`yicha yashaydigan qabilalar bor. 
Ularda opera teatrri ham, suratlar ko`rgazmasi ham yo`q. Lekni bu qabilalarni dunyoning 
tsivilizatsiyalashgan xalqlari bilan bog`lab turadigan mezonlar va qadriyatlar tizimi bor. O`sha 
mezon va qadriyatlar ularning tili, qo`shiqlari, raqslari, urf–odatlari, an`ana va xulq–atvor tarzidir. 
Shular yordamida hayotiy tajriba tartibga solinadi, odamlar o`rtasidagi munosabat yaxshi tomonga 
o`zgaradi. Har ikkala jarayon yo butun jamiyatning yoki jamiyatning ma`lum qismi hayot tarzini 
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling