Mavzu: Magnezial bog‘lovchi moddalar. Reja: 1 Magnezial bog‘lovchilar. Eruvchan shisha


Kaustik magnezial bog‘lovchi moddaning xossalari


Download 77.61 Kb.
bet5/6
Sana03.12.2023
Hajmi77.61 Kb.
#1799893
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu1.docx2

Kaustik magnezial bog‘lovchi moddaning xossalari.
Kaustik magnezit havodan namlikni va karbonat kislotani yutish xossasiga ega.
Hajmiy og‘irligi – sochiluvchan holatda 700-850 kg/m3 va bog‘lovchini maydaligi
oshgan sari kamayadi. Tutib qolish muddatlari asosan kuydirish haroratiga va
maydaligiga bog‘liq. Odatda boshlanishi 20 min, oldin emas, oxiri esa 6 soatdan kech
emas.
Mustahkamligi bir sutkadan so‘ng 35-50%, 7-sutkada 60-90% ga yetadi.
Magnezial bog‘lovchi moddalarning qo‘llanilish sohasi.
Ksilolit, fibrolit, termoizolyatsion moddalar, suvoq qorishmalar, sun’iy marmar
ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ksilolit mayda organiq to‘ldiruvchilar va tuzli
qoritkichli magnezial bog‘lovchi qorishmalardan iborat. Bundan tashqari asbest, talk,
trepel, kvars qumi va rangli bo‘yoqlar qo‘shiladi. Choksiz, presslangan, devor pollar
va devor plitkalariga ishlatiladi. Fibrolit - daraxt tolalari, kanop o‘zaklari va boshqa
organiq tolali moddalarni magnezial bilan bog‘langan presslangan plitkalardan iborat.
Magnezial bog‘lovchilardan penomagnezit, gazomagnezit va boshqa issiqlik
saqlovchi (teploizolyatsion) moddalar tayyorlanadi.


Kaustik dolomit.
Bu bog‘lovchi – MgO va SaSO3 iborat bo‘lgan kukunsimon modda. Uni tabiiy
dolomit – MgCO3∙CaCO3 ni 600-7000S kuydirib, tuyib olinadi.
Dolomitni har hil haroratda kuydirib quyidagi moddalar olish mumkin:
Kaustik dolomit – tarkibi MgO, CaCO3 dan iborat va 650-7500S kuydirib
maydalab olinadi.
Dolomitli sement – tarkibi MgO, CaO, CaCO3 dan iborat, 750-8500S
kuydiriladi, maydalanadi.
Dolomitli ohak – SaO, MgO li kukunsimon modda 900-9500S kuydiriladi.
Dolomit – 1400-15000S haroratda xom-ashyo kuydiriladi va u bog‘lovchi
xossaga ega emas, chunki suv bilan reaksiya kirishmaydi va u olovga bardoshli g‘isht
sifatida ishlatiladi.
Xossalari: zichligi – 2,78-2,85 g/sm3 oraliqda tebranadi. Hajmiy og‘irligi –
1050-1100 kg/m3 ga teng. Tutib qolish muddatlari: boshlanishi-3-10 g, oxiri-8-20g.
Mustahkamligi: siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 15-20 MPa



Download 77.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling