Mavzu: Magnezial bog‘lovchi moddalar. Reja: 1 Magnezial bog‘lovchilar. Eruvchan shisha
Magnezial bog‘lovchi moddalarning xossalari
Download 77.61 Kb.
|
Mavzu1.docx2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnezial bog‘lovchi moddalarni qotish nazariyasi.
Magnezial bog‘lovchi moddalarning xossalari.
Magnezial bog‘lovchi moddalarga kaustik magnezit, kaustik dolomit kiradi. Kaustik magnezit – tabiiy magnezitdan MgSO4, kaustik dolomit tabiiy dolomitdan CaSO4∙MgSO4 dan tayyorlanadi. MgO 47,84% SO2 52,17% dan iborat. Magnezit tabiatda kristall va amorf holatda uchraydi, juda kam tarqalgan jins. Dolomit Sa va Mg ning qo‘shaloq karbonatli tuzidan, ya’ni MgSO3, SaSO3 dan iborat. Dolomitning nazariy tarkibi SaSO3 -54,2% MgSO3 – 45,73% dan iborat va tabiatda tez-tez uchrab turadi. Kaustik magnezit va kaustik dolomit ishlab chiqarish jarayonlari asosan xom ashyoni kuydirish va kuydirilgan mahsulotni tuyishdan iborat. Magnezit kuydirilganda dekarbonlanadi va MgO ga aylanadi. MgSO3 ning parchalanishi taxminan 4000S dan boshlanadi, 600-6500S da juda tez boradi. Magnezitning amalda kuydirilish harorati zavod pechlarida 800-8500S dan yuqori. Magnezitning MgSO2 ga ajralish reaksiyasi qaytar reaksiyadir va uni to‘g‘ri yo‘nalishda borishi uchun mo‘ri orqali reaksiya mahsulotlaridan biri SO2 ni yo‘qotiladi, natijada kuydirish harorati ko‘tariladi. Kuydirish harorati qancha past bo‘lsa, kaustik magnezitni sifati shuncha baland bo‘ladi. Kaustik magnezit shaxta va aylanma pechlarida kuydiriladi. Aylanma pechlarning chang tutgich qurilmalarda chang ko‘p o‘tiradi, ularni kalsiylangan kaustik magnezit deb yuritiladi. Magnezit kuydirilgandan keyin zo‘ldirli tegirmonlarda tuyiladi, agarda kuydirilgan mahsulot bo‘laklari bo‘lak bo‘lsa, ularni tuyilishdan oldin maydalanadi. Kaustik dolomitning kuydirilish harorati 650-7500S dan iborat. Hosil qilingan mahsulotda Mg bilan bir qatorda SaSO3 qo‘shimchalar hamda oz miqdor ohak bo‘ladi. Shaxta pechlarda ko‘tarma o‘txonalarda kuydiriladi. Magnezial bog‘lovchi moddalarni qotish nazariyasi. Kustik magnezit oddiy suvda qotmadi. Uni xlorli magniy (MgCl2 6H2O) eritmasi bilan qorishtirilganda Mg(OH)2 va hosil bo‘lib, u asta-sekin qota boshlaydi. Akademik A.A.Baykov nazariyasiga ko‘ra, avval yuqoridagi brikmalardan to‘yingan eritmaga aylanib undagi mahsulot reaksiya natijasida gel kabi tallanishi hisobiga qorishma zichlana boshlaydi va qotgandan so‘ng u mustahkam kristall holatga aylanadi. Kaustik magnezit qorishmasi quruqlikda tez qotadi. Tishlashishning boshlanishi 40 min.dan so‘ng, tugallanishi esa 8 soatgacha davom etadi. Bir qism magnezit, uch qism qarag‘ay qirindisidan tayyorlangan namunaning o‘lchami 10x10x10 sm3, uning siqilishdagi mustahkamligi 40...60MPa. Kaustik dolomit (CaCO3 MgCO3) ni 90000S temperaturada qizdirilsa, undagi MgCO3 magniy oksid (MgO) va karbonat angidrid (CO2) gazlariga ajraladi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, dissotsiatsiyalanadi. Ammo undagi kalsiy karbonat (CaCO3) o‘zgarmasdan qum yoki shag‘al ko‘rinishida qoladi. Hosil bo‘lgan mahsulot sovitilganidan so‘ng tuyilib, tunuka bochkalarga joylanadi. Kaustik dolomitning magnezitga nisbatan aktivligi kam. A.A.Baykov bo‘yicha kaustik magnezitning qotish jarayoni magniy oksidini gidratlashdan iborat va quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi: MgO=H2OMg(OH)2 Hozirgi vaqtda MgO ni hosil bo‘lishidan tashqari Mg ning xlorli oksidi va MgO MgSl2∙N2O hosil bo‘lishi aniqlanadi. Kaustik magnezit MgSl2 eritmasi bilan qorilganda MgO ning bir qismi MgO ga nisbatan to‘yinganga qadar hamda Mg (ON)2 eritmasiga nisbatan ham to‘yingan bo‘lib, magniy gidrooksid kaustik magnezit zarrachalar yuzasida gel massa hosil qilib ularni bog‘laydi. Hosil bo‘lgan gel mahsulotlarni qotayotgan massani zichligini oshirib va kristallanish markazini hosil qiladi. Dolomitni kuydirishda qisman ohak hosil qilib, ohakni karbonlaydi. Yana Mg oksidi SaSO3, suv bilan o‘zaro ta’sir etib kompleks birikmalar hosil qiladi. Magnezial bog‘lovchi moddalar suv bilan qorilmay balki xlorli va sulfatli tuzlar eritmalari qorishtirgich bo‘lib xizmat qiladi. Eng ko‘p tarqalgan MgSl2∙6H2O, HgCl2∙7H2O dir. Kaustik magnezit va MgCl2 nisbati MgO 62-67%, MgCl2∙6H2O – 38-33% da olinadi. Kamaytirish va suvga chidamliligini oshirish uchun 5-15% konsentratsiyali FeSO4 ishlatiladi. Download 77.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling