Mavzu: Magnezial bog‘lovchi moddalar. Reja: 1 Magnezial bog‘lovchilar. Eruvchan shisha
Download 77.61 Kb.
|
Mavzu1.docx2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislotaga chidamli sement.
Ishlatilishi.
Eruvchan shisha kislotaga chidamli qorishma va beton buyumlar tayyorlashda toshlarni suvdan va emirilishdan saklash uchun buyash maqsadida, betonning zichligini, utga chidamliligini oshirishda, silikat buyoklar, zamaskalar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Bizning respublikamizda eruvchan shishaning bog‘lovchi modda sifatidagi axamiyati juda ortib borayapti. U asosida pishirmasdan olingan gisht va sun’iy toʻldirgichlar tayyorlash, sifatsiz shlaklar asosida olingan qorishma va beton uchun bog‘lovchi modda sifatida ishlatish mumkin. «Silikat bo‘lak»ni ochik havoda toza xolatda saklash mumkin. Erigan shisha chinni idishlarda, tunuka bochkalarda saklanadi. Uni yozda issikdan, kishda esa muzlashdan saklash kerak. Kislotaga chidamli sement. Juda mayda kilib tuyilgan kislotaga chidamli toʻldirgichlar (kvars, diabaz, andezit boshqalar) bilan kotirishini tezlashtiruvchi – kremniftorli natriyni aralashmasidan tayyorlanadi. Uni kotirish uchun eruvchan shishaning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Kislotaga chidamli sement xamma kislotalarni ta’siriga chidamlidir. (kremniyftorvodorodli va fosforlidan tashkari). Qotishini boshlanishi 20 daqiqadan sung, tugashi – 8 soatdan sung. Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasi 30...40 Mpa va undan ortiq bo‘ladi. Kislotaga chidamli sementlardan kislotaga chidamli zamazkalar, qorishma va betonlar olishda ishlatiladi. A.V.Voljenskiy, R.V.Ivannikov va boshqalar tavsiya etgan gips sement - putssolan bog‘lovchi moddalarni qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. U atrof-muhitning juda ham namgarchiligiga chidamli bo‘ladi. Tarkibi asosan 50-70% qurilish gipsdan 15-25% portlandsementdan, 10-25% putssolan gidravlik qo‘shimchalardan iborat. Bog‘lovchi tarkibidagi putssolan qo‘shimchani roli shundan iborat: suvli muhitda Sa(ON)2 ning konsentratsiyasini pasaytiradi va yuqori asosli kalsiy gidroalyuminatlarni mustahkam past asosli gidroalyuminatlarga o‘tishiga sharoit yaratadi. Portlandsementdagi kalsiy silikatlar va suv bilan reaksiya kirishib SSN(V) tipidagi gidrosilikatlar hosil qiladilar va bog‘lovchini suvga chidamliligini oshiradi. Putssolan qo‘shimcha sifatida trepel, opoka, diatomit, faol vulqon jinslar, gillar, kullardan foydalanish mumkin. Bu bog‘lovchidan kam qavatli yashash binolar, vanna xonalar uchun devorlar, ventilatsiya kanallar uchun bloklar tayyorlash uchun ishlatiladilar. Bog‘lovchi asosida tayyorlangan beton va buyumlar 20 – 50 S sovuqqa chidamligi bilan ajraladi. Download 77.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling