Mavzu: Mahalliy byudjet ijrosi hisobotini tuzish va ularning axborot imkoniyatlari
Reja:
KIRISH.
1. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
2. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti xarajatlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
3. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti va yuqori turuvchi byudjet o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni o‘rganish
4. Mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini o‘rganish
5. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
6. Elektron savdolar asosida amalga oshiriladigan davlat xaridlarini viloyat (tuman, shahar) byudjetidan moliyalashtirish tartibini o‘rganish
7. Eng yaxshi taklifni tanlash va tender savdolari asosida amalga oshiriladigan davlat xaridlarini viloyat (tuman, shahar) byudjetidan moliyalashtirish tartibini o‘rganish
8. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida davlat xaridlarini moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
9. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni tayyorlash
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko’nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo’yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;
sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
amaliyot o’tashda zaruriy materiallarni to’plab ulardan unumli foydalandim va tizimlashtirdim;
amaliyot o’tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bo’g’liqlikda xulosalar yozdim;
amaliyot o’tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab unda aks etgan materiallarning mazmun mohiyatini yoritdim;
moliya obyektlarini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari;
korxonalar , xonadonlar , davlat idoralari, va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining sub’ektlari- ishtirokchilari ;
moliya mexanizmi, ya’ni moliya munosabatlarida qo’llanadigan va pul bilan bog’liq vositalar ;
moliya siyosiy-iqtisodiy sub’yektlarining moliyaga oid yo’l-yo’riqlari va xatti-harakatilar haqida bilib oldim.
Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyotini o’tash davrida Moliya boshqarmasining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |